|
Ma’lumotlar bazasi tushunchasi
|
bet | 30/78 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 2,91 Mb. | | #157845 |
Bog'liq DZwWQ1RQ5RjXoFIzijQp7faOQzd17hCLJY0v7gEQ Ma’lumotlar bazasi tushunchasi.
Baza bu–ishlov berilmagan elementlar bo`lib, ularning ichiga matn, son, tasvir, audio va videolar kirishi mumkin. Masalan, matn klaviaturada kiritiladi,
ovoz kompyuter mikrofoni orqali, fototasvirlar, raqamli kamera, video va uning ovozi esa raqamli videokamera orqali yoziladi hamda komp’yuterning xotirasiga saqlanadi.
Axborot–bu ishlov berilgan ma’lumotdir. Aniqrog’i tashkiliy, aniq, sifatli va foydali ma’lumotlardir. Undan tashqari axborot hujjatlari audio ko`rinishida, tasvir va video ko`rinishda bo`lishi mumkin. Masalan, muloqot aloqasi (ya’ni yozilgan ovoz) elektron xat shaklida, do`stga, oila a’zolariga ularni eshitish uchun yuborilgan bo`lishi mumkin. Yana bir misol, do`stlar raqamli kamerada olingan fotorasmni veb sahifa ko`rishida bo’lishi mumkin. Veb kamerada real vaqt rejimida video konferensiya shaklida ko`rib, gaplashish mumkin bo`ladi.
Kompyuterlar axborotlarni ma’lumotlar bazasi asosida ishlov beradi. Masalan, institutning ma’lumotlar bazasi deganda, o`quv xonalari, o`quv fanlari, o`quv soatlari, o`qituvchilar va talabalar haqidagi ma’lumotlarni o`z ichiga oluvchi baza tushuniladi. Talaba darsga kelganda, bazani boshqaruvchi maxsus xodim komp’yuterga bir nechta elementlar kiritib, uni darsga kirishiga ruxsat beradi. Maxsus xodim undan tashqari talabaning fototasvirini kompyuterga kiritish uchun raqamli kameradan ham foydalanadi. Bu talaba haqidagi rasm va boshqa ma’lumotlar komp’yuterning asosiy xotira qurimasi qattiq disk (HHD) da saqlanadi. Keyin esa komp’yuter yangi ishlov berilgan talaba haqidagi ma’lumotni chop etish uchun printerga yuboradi. Talabaning ID raqami shaxsini tasdiqlovchi
hujjati yakunlangandan keyin ma’lumotlar bazasini boshqarish dasturiy ta’minoti yordamida diskning magnit yo`lagida kodirovka qilinadi. Ushbu dastur ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) deyiladi. Ushbu dasturda ma’lumotlarni qo`shish, modifikatsiya qilish, bazadan ularni o`chirish, ma’lumotlar bazasi bo`yicha shakl (forma) va hisobot (otchet) tayyorlash mumkin bo`ladi. Bu dasturning yangi versiyalari va ularning afzallik jihatlarini quyida keltirib o`tilgan.
Hech bir inson inkor qilolmaydiki, biz hozirgi kunda axborot texnologiyalari asrida yashayotganligimizni. Vaholanki, o`zimizga yoki ish faoliyatimizga tegishli bo’lgan ko`pgina axborotlarni elektron tarzda olib yuramiz. Qolaversa, dunyo aholisining kattagina qismi kundalik hayotda ulkan hajmdagi axborotlar majmui bo`lgan internet tarmog’idan foydalanadi. Biz foydalanadigan axborot hajmi kattalashib borgan sari uni boshqarish murakkablashib boraveradi.
Savol kelib chiqishi tabiiyki, qanday qilib internet tarmog’idagi qidiruv saytlari biz qidirgan axborotni sekundlar ichida minglab muqobillari bilan birga beradi? Qanday qilib normativ-huquqiy hujjatlar to`plamidan iborat elektron axborot tizimlari bizning so`rovga mos hujjatlarni bir lahzada topib beradi? Javob oddiy, bularning hammasi berilganlar bazasini boshqarish tizimlari (keyingi o`rinlarda MBBT) orqali amalga oshiriladi. MBBT uchun ko`p dasturiy ta’minotlar ishlab chiqilgan, misol uchun SQL Server, Oracle, MySQL, MS Access va h.k.
|
| |