• Sana va vaqt maydoni.
  • Mantiqiy amal natijasini saqlovchi maydon
  • Giperssilka maydoni.
  • Niyazova n. A, Ximmataliyev




    Download 2,91 Mb.
    bet32/78
    Sana16.02.2024
    Hajmi2,91 Mb.
    #157845
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   78
    Bog'liq
    DZwWQ1RQ5RjXoFIzijQp7faOQzd17hCLJY0v7gEQ

    Oddiy matn maydoni. Belgilar soni 255 dan oshmasligi kerak.

  • MEMO-katta o’lchamli matn maydoni. Belgilar soni 65535 dan oshmasligi shart. Oddiy matn va MEMO maydonida hisob ishlarini bajarib bo`lmaydi.

  • Sonli maydon. Sonli ma’lumotlarni kiritishga xizmat qiladi va xisob ishlarini bajarishda foydalaniladi. Bu maydon 1,2,4,8 va 16 baytli bo`lishi mumkin.

  • Sana va vaqt maydoni. Bu maydon sana va vaqtni bichimlangan holda saqlab qo`yish imkonini beradi (01.06.01 20:29:59). 8 bayt o’lchamga ega.

  • «Pul birligi» nomi bilan ataluvchi maydon. Bu maydondan xisob kitob ishlarini yuritishda foydalaniladi.

  • Hisoblagich maydoni. Bu maydon 4 bayt uzunlikka va avtomatik ravishda ma’lum songa oshib borish xususiyatiga ega. Ushbu maydondan yozuvlarni nomerlashda foydalanish qulaydir.

  • Mantiqiy amal natijasini saqlovchi maydon. Bu maydon «rost» (true) yoki

    «yolg’on» (false) qiymatni saqlaydi. Maydon o`lchami 1 bayt.

    1. OLE-nomi bilan yurituvchi maydon. Bu maydon Excel jadvalini, Word xujjatini, rasm, ovoz va boshqa shu kabi ma’lumotlarni ikkilik sanoq sistemasida saqlaydi. Maydon o`lchami 1 Gbayt gacha.

    2. Giperssilka maydoni. Bu maydon belgi va sonlardan iborat bo`lib, biror fayl yoki saytga yo’l ko’rsatadi.

    3. Qiymatlar ro’yxatidan iborat bo’lgan maydon. Bu maydon bir qancha qiymatlardan iborat bo`lgan ro’yxatdan tanlangan aniq bir qiymatni saqlaydi. Jadvallar orasidagi munosabatlar ishonchli ishlashi va bir jadvaldagi yozuv orqali ikkinchi jadvaldagi yozuvni topish uchun jadvalda alohida maydon-unikal maydon bo’lishini ta’minlash kerak.

    Unikal maydon-bu qiymatlari takrorlanmaydigan maydondir. Misol sifatida talabalar xaqidagi ma’lumotlarni saqlovchi ma’lumotlar omborining bir qismini keltiramiz.



    2.3-rasm.

    Download 2,91 Mb.
  • 1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   78




    Download 2,91 Mb.