|
Niyazova n. A, Ximmataliyev
|
bet | 34/78 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 2,91 Mb. | | #157845 |
Bog'liq DZwWQ1RQ5RjXoFIzijQp7faOQzd17hCLJY0v7gEQ Jadval tuzish.
Jadval tuzish-bu ma`lumotlarning o’ziga xos xususiyatlarini e`tiborga olgan holda uning maydonlarini ifodalash. Bu jarayon MB darchasida «Создать» tugmasini bosish bilan boshlanadi va ekranda quyidagi muloqot darchasi paydo bo’ladi (2.7-rasm).
2.7-rasm.
Bunda jadval tuzishning bir qator usullari taklif qilinadi:
«Режим таблицы» (Jadval holatida)
Bunda jadval tuzish oddiy mеxanik usulda yaratiladi va ekranda formal nomlarda jadval maydonlari paydo bo’ladi. Maydon1, Maydon2, Maydon3, . . . va standart matnli maydon turi akslanadi (2.8-rasm).
2.8-rasm.
«Конструктор» holatida jadval yaratish
Konstruktor holatini tanlasak, u holda maydonlar nomi ularning turi va xossalari kabi paramеtrlarni kiritish mumkin bo’lgan muloqot darchasi paydo bo’ladi. Ushbu muloqot darchasida bu paramеtrlar barchasi klaviatura yordamida qo’lda kiritiladi yoki kеraksiz maydonlar olib tashlanadi, yoxud ba`zi maydonlarning turini o’zgartirish kabi amallarni bajarish mumkin bo’ladi.
2.9-rasm.
«Мастер таблиц» (jadval ustasi) bilan jadval tuzish
Jadval ustasi bilan ish yuritganda ekranda hosil bo’lgan muloqot darchasida namunaviy jadvallar ro’yhati va bu jadvallarga mos bo’lgan namunaviy jadval maydonlari foydalanuvchiga taklif etiladi. Foydalanuvchi bu muloqot darchasida mavjud bo’lgan ixtiyoriy jadval va uning maydonlarini tanlab olib (maydonlarning
nomini o’zgartirishi mumkin) yangi jadval tuzishi mumkin. Bunda maydonlarning turi ham avtomatik ravishda maydon nomiga mos holda tanlanadi (2.10-rasm).
2.10-rasm.
Xullas, maydon turini o’zgartirish zarur bo’lsa, konstruktor holatidan foydalanib o’zgartirish mumkin.
«Импорт» (Boshqa ma`lumotlar bazasi) dan jadvalni tanlash
Bunda import qilinuvchi jadvalni tanlash uchun muloqot darchasida import qilinuvchi MB tanlab olinadi va undan foydalanuvchiga kеrak bo’lgan maydon bo’yicha ma`lumotlar ajratib olinishi mumkin.
2.11rasm.
|
| |