|
Ma’lumotlar bazasining modellari turlari
|
bet | 31/78 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 2,91 Mb. | | #157845 |
Bog'liq DZwWQ1RQ5RjXoFIzijQp7faOQzd17hCLJY0v7gEQ Ma’lumotlar bazasining modellari turlari.
MB bitta yoki bir necha modellarga asoslangan bo’lishi mumkin. Har qanday modelga o’zining xossalari (parametrlari) bilan tavsiflanuvchi ob’ekt sifatida qarash mumkin. Shunday ob’ekt ustida biror amal (ish) bajarsa bo’ladi. MB modellarining uchta asosiy turlari mavjud:
Relyasion, ierarxik va semantik tarmoq.
Relyasion (lotin tilidagi relatio-munosabat so`zidan olingan) modelda ma’lumotlarni saqlash uni tashkil etuvchi qismlari orasidagi munosabatlarga asoslangan eng sodda xolda u ikki o’lchovli massiv yoki jadvaldan iborat bo’ladi.
Murakkab axborot modellari ana shunday jadvallarning o`zaro bog’langan to`plamidan iborat.
MB ning ierarxik modeli pastki pogonadagi yuqori pogonadagiga bo’ysunish tartibida joylashgan elementlar to’plamidan iborat bo’ladi va ag’darilgan daraxt (graf) ni tashkil etadi. Ushbu model satx, tugun, bog’lanish kabi parametrlar bilan tavsiflanadi. Uning ishlash tamoyili shundayki, quyi satxdagi bir necha tugunlar boglanish yordamida yuqoriroq satxdagi bitta tugun bilan boglangan bo’ladi. Tugun-bu ierarxiyaning berilgan satxida joylashgan elementning axborot modelidir.
MB ning semantik tarmoq modeli ierarxik modelga o’xshashdir. U xam tugun, satx, bog’lanish kabi asosiy parametrlarga ega. Lekin semantik tarmoq modeli daturli satxdagi elementlar orqali «erkin», ya’ni «har biri hamma bilan» ma’noli bog’lanish qabul qilingan.
Ko`pchilik MB lar jadval tuzilmasiga ega. Unda ma’lumotlar adresi satr va ustunlar kesishmasi bilan aniqlanadi. MB da ustunlar-maydonlar, satrlar esa yozuvlar deb ataladi. Maydonlar MB ning tuzilmasini, yozuvlar esa, unda joylashgan ma’lumotlarni tashkil etadi.
Maydonlar-MB tuzilmasining asosiy elementlaridir. Ular ma’lum xususiyatlarga ega bo’ladilar. Har qanday maydonning asosiy xususiyati uning uzunligidir. Maydon uzunligi undagi belgilar soni bilan ifodalanadi. Maydonning yana bir xususiyati, uning nomidir. Maydonda uning nomidan tashqari yana imzo xususiyati ham mavjud. Imzo-ustunning sarlavxasida aks ettiriladigan axborotdir. Uni maydon nomi bilan aralashtirib yubormaslik lozim. Agar imzo berilmagan bo`lsa sarlavxada maydon nomi yozib qo’yiladi. Turli tipdagi maydonlar turli maqsadlarda ishlatiladi va turli xossalarga ega bo`ladi.
Maydonlarning xususiyati bilan tanishib chiqamiz:
|
| |