|
Niyazova n. A, Ximmataliyev
|
bet | 7/78 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 2,91 Mb. | | #157845 |
Bog'liq DZwWQ1RQ5RjXoFIzijQp7faOQzd17hCLJY0v7gEQKatta kompyuterlar-fan va texnikaning turli sohalariga oid masalalarni yechishga mo`ljallangan. Ularning amal bajarish tezligi va xotira hajmi super kompyuterlarnikiga qaraganda bir–ikki pog`ona past.
Mini kompyuterlar-hajmi va bajaradigan amallar tezligi jihatidan katta kompyuterlardan kamida bir pog`ona pastdir. Shuni aytish joizki, ularning o`lchamlari tobora ixchamlashib, hatto shaxsiy kompyuterdek kichik joyni egallaydiganlari yaratilmoqda. Bu kompyuterlar avvallari asosan harbiy maqsadlar uchun ishlatilgan va maxfiy hisoblangan.
Shaxsiy kompyuterlar-hozirda korxonalar, muassasalar, oily o`quv yurtlarida keng tarqalgan bo`lib, ularning aksariyati IBM rusumiga mos kompyuterlardir.
IBM rusumiga mos kompyuterlar deganda, ularning turli kompaniyalar ishlab chiqarishiga qaramay, ham texnik, ham dasturiy ta’minoti mosligi, ya’ni bir–biriga to`g`ri kelishi nazarda tutiladi.
Noutbuklar-bu miniatyurali kompyuterlar ularning parametrlari ish stoli parametrlaridan kam emas, lekin o'lchamlari bo'yicha ular kichik sumka yoki xaltada masalan, foydalanuvchining tizzasiga osib qo'yiladi. Ular orasida eng mashhurlari noutbuklar bo'lib, ular odatda o'xshash xususiyatlarga ega ish stoli kompyuterlariga qaraganda bir necha baravar qimmat turadi.
Shaxsiy kompyuterning asosiy tarkibiy qismlari.
Birinchi shaxsiy kompyuterlar o`tgan asrning 70-yillarining o`rtalarida paydo bo`lgan. Bular “Altair 8800”, “TRS-80 PC”, “PET PC” va “Apple” lardir. Mashhur Microsoft firmasining yaratuvchisi va boshlig`i bo`lgan Bill Geyts “Altair” shaxsiy kompyuter (ShK) uchun birinchi bo`lib BASIC tilining interpretatorini yaratdi. Natijada bu kompyuterlar, avval faqat o`yinlar uchun mo`ljallangan edi. Shu bilan birga foydalanuvchilar tomonidan biznesda va murakkab bo`lmagan muhandislik hisob–kitoblarida ham ishlatib kelingan. 1981 yilda IBM firmasi o`ziga xos ShK variantini yaratdi va u IBM PC deb nom oldi.
Bu kompyuter juda ko`p ishlab chiqarila boshladi va jahonda ShK larning standartiga aylandi.
Shaxsiy kompyuterlar quyidagi qurilmalardan tashkil topgan:
sistema bloki;
monitor;
klaviatura;
«sichqoncha»;
tashqi qurilmalar.
Sistema bloki–ShK asosiy qismi hisoblanadi. U kompyuterning asosiy tarkibiy qismlari joylashgan holatdan iborat. U bilan klaviatura, sichqoncha va monitor ulangan. Tizim bloki ichida kompyuter tizimining asosiy tarkibiy qismlari: protsessor, operativ xotira, ona
plata, kengaytirish kartalari, saqlash moslamalari mavjud.
1.2-rasm
|
| |