|
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida 11-sinf
|
bet | 8/12 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 0,9 Mb. | | #135879 |
Bog'liq Asror Yo\'ldoshev Kurs ishiUmumiy o’rta ta’lim maktablarida 11-sinf fizika fanidan “Aktiv qarshilik, induktiv g’altak va kondensator ketma-ket ulangan o’zgaruvchan tok zanjiri uchun Om qonuni” mavzusini
o’qitish metodikasi
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida 11-sinf fizika fani bo’yicha pedagoglari bitiruvchi o’quvchilarga aqliy salohiyat talab etiladigan, bir qadar murakkabroq bo’lgan fanni, fizika fanini qanday o’qitish kerak degan muammoga duch keladi. 11- sinf o’quvchilari aqliy faoliyatlari mukammallashganligi uchun bir qarashda bu mavzularni ularga tushintirush oson tuyiladi, ammo uning fizik mohiyatini o’quvchilarga oson va tushinarli qilib yetkazib berish biroz mushkil vazifa . Bunig sababi o’quvchilarning yosh xususiyatlari, ushbu davrda biroz jizzakilik, fikrlari ushbu paytda tarqoq bo’lishi , biroz bolalikka xos bo’lgan o’yinqaroqlik va hakozolar hisoblanadi. Ho’sh ushbu mavzuni qanday qilib tushuntirish kerak? Fanni o’qitishda , ayni paytda pedagogik texnologiyalarning o’rni beqiyos. Dars davomida bir nechta interfaol ta’lim metodlaridan foydalanishini xam ko’rib chiqamiz. Dastlab o’tilgan mavzusi takrorlash va o’quvchilar bilimini faollashtirish maqsadida “Blist- sorov” metodidan foydalaniladi. Yangi mavzu bayon qilishda modefikatsion ma’ruzadan foydalaniladi. Bunda o’qituvchi yangi mavzu bayon qilayotgan paytda o’quvchilar e’tiborini jalb qilish maqsadida ularga tarqatma materiallar beriladi. Bunday metodlardan foydalanib dars o’tilsa o’quvchilarning O’zgarmas tok zanjiridagi induktiv g’altak haqidagi bilimlari, tasavvurlari ortadi , dunyoqarashlari yanada shillanadi. Yangi mavzuni bayon qilib bo’lgandan so’ng , mavzuni takrorlash uchun “Bum” savollari o’quvchilarni guruhlarga ajratgan xolda beriladi. Demak, darsning umumiy tuzilishini ko’rib chiqamiz.
“O’zgaruvchan tok zanjiridagi induktiv g’altak “ mavzusini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilish metodikasi.
3.1-jadval
MAVZU: O’zgaruvchan tok zanjiridagi induktiv g’altak
Nazariy mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi
|
Mashg’ulot vaqti-1 soat
|
O’quvchilar soni-30 nafar;
|
Mashg’ulot shakli
|
Nazariy-to’liq o’quv mashg’uloti
|
Mashg’ulot rejasi
|
O’zgaruvchan tok zanjiridagi induktiv g’altak.
G’altakdagi kuchlanishning amplituda
qiymatini aniqlash.
|
O’quv mashg’ulotining maqsadi: O’quvchilarga O’zgaruvchan tok zanjiridagi induktiv g’altak mavzusi haqida to’liq tushunchalar berish va
bilimlarini shakillantirish.
|
Pedagogik vazifalar:
O’zgaruvchan tok haqida ma’lumotlarni berish;
Induktiv g’altak haqida tushuncha berish;
Mavzu savollari bo’yicha izohlash va shakllantirish jarayonini tashkil qilish.
|
O’quv faoliyatini natijalari:
Mavzuni maqsadi, vazifalari, o’quv jarayonida tutgan o’rni haqida tushunchaga ega bo’ladilar o’zgaruvchan tok va induktiv g’altak haqida ma’lumotlar oladilar.
Induktiv g’altak haqida ma’lumotlarga ega bo’ladilar;
Mavzu asosida xulosalar
chiqaradilar;
|
O’qitish usullari
|
Tushuntirish, yo’riqnoma berish, Insert jadvali , blist –so’rov
,va “Bum” savollari kabi metodlar.
|
O’qitish vositalari
|
Ma’ruzalar matni, doska,
slaydlar, tarqatma materiallar, chizma va plakatlar.
|
O’qitish shakli
|
Frontal, jamoaviy;
|
O’qitish shart-sharoitlari
|
Texnik vositalardan foydalanishga va kichik guruhlarda
ishlashga mo’ljallangan auditoriya;
|
Qaytar aloqaning usul va vositalari
|
Og’zaki so’rovBlist – so’rov tezkor so’rov, taqdimot;
Yozma so’rov: tarqatma
materiallar asosida;
|
|
| |