FK – fanga oid kompetensiyalar
FK1 – fizik jarayon va hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi.
FK2 – Tajribalar o‘tkazish, fizik kattaliklarni o‘lchash va xulosalar chiqarish kompetensiyasi.
FK3 – fizik bilimlar va asboblardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi.
Fizika fanidan kompetensiyaviy yondashuv va o’quv dasturi asosida tuzilgan 11-sinflar uchun quyidagi taqvim-mavzu rejasi tuzishimiz mumkin.
11-sinf
bilan tanishib chiqishimiz kerak.
Umumiy o’ra ta’lim maktablarning fizika darslarida qo’llaniladigan zamonaviy pedagogik texnologiyalar haqida
ma’lumotlar.
Mamlakatimizdagi mavjud oliy o‘quv yurtlari, umumiy o‘rta ta‘lim maktab va kasb-hunar kollejlarida fanlarni innovatsion texnologiyalar yordamida olib borilishi o‘qitishni o‘quvchi-o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini
shakllantirish, ularning ilmiy-amaliy salohiyatini oshirish va tafakkurin Umumiy o’rta ta’lim maktablarida qo’llash mumkin bo’lgan pedagogik texnologiyalar.
i o‘stirishda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan ta‘lim jarayonida interfaol usullar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llash, ta‘lim-tarbiya berishning samarali usullarini topish, ularni amalga keng joriy etish, oliy o‘quv yurtlari, umumiy o‘rta ta‘lim maktab va kasbhunar kollejlari hamda umumiy o‘rta ta‘lim maktabda pedagog-o‘qituvchilar zimmasiga katta mas‘uliyat yuklaydi.
Tajriba sinov jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish, treninglar, ochiq munozaralar, yakka holda, kichik guruhlar va jamoada ishlashni tashkil qilish va o‘tkazish hamda o‘quvchilarni pedagogik jarayonga tayyorlash masalalari diqqat markazida bo‘ldi. Munozaraviy hisoblansada ba‘zi mulohazalar ustida to‘xtalib o‘tamiz.
INNOVATSIYA (inglizcha innovation) – yangilik kiritish, yangilik, degan ma‘noni anglatadi. Innovatsiya pedagogik jarayonni ifodalab, nafaqat uning didaktik qurimasiga, balki o‘qituvchining ijtimoiy mohiyatli natijalari va ruhiy qiyofasiga ham ta‘luqli bo‘lib, ochiqlikni, boshqalar fikrini tan olishni bildiradi.
Texnologiyalashtirish - fan texnikaning ulkan rivoji taqozosi sifatida nafaqat ishlab chiqarish sohalariga ayni paytda, madaniyat, ma‘naviyat hamda ta‘lim tizimiga ham qat‘iy ravishda kirib keldi.
«Texnologiya» tushunchasi tarixan texnik taraqqiyot bilan bog‘liq ravishda paydo bo‘ldi hamda san‘at, hunar hamda fan haqidagi ta‘limot tushinchasiga mos keladi.
Texnologiya grekcha so‘z bo‘lib, texnos - san‘at, mahorat, logosg` ta‘limot degan ma‘nolarni bildiradi.
O‘qitish texnologiyasi esa, o‘quv faoliyatini pedagogik boshqaruv hamda ta‘lim maqsadlari va o‘quvchilarni rivojlantirish maqsadlariga muvofiq pedagogik tizimning vazifasini ta‘minlovchi nazariy loihadir.
Ta’lim texnologiyasi deganda ta‘limning belgilangan maqsadi va o‘quvchining bilim darajasiga ko‘ra o‘quv faoliyatini boshqarishning nazariy loyihasi va pedagogik tizimning amalga bo‘lishini ta‘minlovchi zarur vositalar tizimi tushuniladi.
“Innovatsion ta‟lim texnologiyalari” modulining maqsadi: pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish kurs tinglovchilarini innovatsion ta‘lim texnologiyalari, o’qitishning innovatsion shakl, metod va vositalari, pedagogik kompetentlik sifatlari hamda ta‘lim jarayonini tashkil etishga kreativ yondashishga doir bilimlarini takomillashtirish asosida ular tomonidan innovatsion yondashuv, pedagogik kompetentlik sifatlari va kreativ qobiliyatning samarali o’zlashtirilishi uchun zarur shart-sharoitni yaratish. “Innovatsion ta‟lim texnologiyalari” modulining vazifalari: innovatsion ta‘lim texnologiyalarining o’ziga xosliklari va qo’llanilish sohalarini aniqlashtirish; tinglovchilarda innovatsion xarakterga ega pedagogik faoliyatni tashkil etish; ularda pedagogik jarayonni samarali tashkil etishda turli innovatsion ta‘lim texnologiyalari: amaliy o’yinlar, muammoli o’qitish, interfaol ta‘lim, modullikredit tizimi, blended learning (aralash o’qitish), case study (keys stadi), masofali o’qitish, mahorat darslari, vebinar va assesment texnologilaridan o’rinli, maqsadli foydalanish ko’nikma-malakalarini rivojlantirish; tinglovchilarning o’quv loyihalarini ishlab chiqish, portfoliolarni shakllantirish va amaliyotga tatbiq etish malakalarini takomillashtirish; tinglovchilarda pedagogik kompetentlik sifatlarini yanada
rivojlantirish; OTM pedagoglarida o’quv mashg’ulotlari, ma‘naviy-ma‘rifiy tadbirlarni tashkil etishga kreativ yondashish ko’nikma-malakalarini takomillashtirish.
Modulning oliy ta‟limdagi o’rni: Modulni o’zlashtirish orqali tinglovchilar innovatsion ta‘lim texnologiyalarini o’zlashtirish, joriy etish va amaliyotda qo’llash malakalari, pedagogik kompetentlik sifatlari va kreativ qobiliyatga ega bo’ladi.
Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatiga yangilik, o‘zgartirishlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda interfaol usullardan to‘liq foydalaniladi.
Interfaol usullar–bu jamoaning hamkorlikda faoliyat ko‘rsatishi, muammoli dars o‘tish metodlaridir. Bu metodlarning o‘ziga xosligi shundan iboratki, mashg‘ulotlar faqat pedagog va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati orqali amalga oshiriladi. Pedagogik texnologiyaning asosiy negizi, o‘qituvchi va o‘quvchining belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishdan iborat bo‘lib, buning asosida o‘quvchini mustaqil va mantiqiy fikrlashga, ijodiy ishlashga va izlanishga, xulosa va tahlil qilishga o‘rgatish va yo‘naltirish yotadi.
Ta‘lim jarayoni mazmuni umumiy va aniq maqsadlar, o‘quv materiali mazmunidan iborat bo‘ladi. Pedagogik texnologik jarayon ta‘lim jarayonini tashkil etish, o‘qituvchi faoliyati, o‘quvchi faoliyati, o‘quv jarayonini boshqarish usullari, o‘quv jarayoni diagnostikasini qamrab oladi.
O‘quvchilarga fizikadan ta‘lim tarbiya berish asosida ularni fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, fizik tafakkuri va mantiqiy fikrlashini o‘stirishda yangi pedagogik texnologiyalar katta ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan, yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish dars samaradorligini oshirishda ijobiy natijalar beradi.
Darsning qiziqarli, rangbarang va jonli bo‘lishi oldindan o‘qituvchi tomonidan tuzilgan dars loyihasi yoki texnologik xaritasiga bog‘liq. Bunday
xaritani tuzish, belgilangan maqsad, vazifa va kafolatlangan natija berish bilan birga o‘qituvchini soatlab dars konspektini yozishdan xalos qiladi. Quyida barcha fanlar uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan texnologik xaritaning umumiy ko‘rinishini keltiramiz.
I “INSERT” jadvali
Mustaqil o’qish, ma’ruza tinglash jarayonida olingan ma’lumotlarni, eshitgan ma’ruzalarni, bir tizimga keltirishga imkoniyat yaratadi; olgan ma’lumotni tasdiqlash, aniqlash,chetga chiqish, kuzatish, yangisi bilan o’zaro bog’lash imkonini beradi. Avvalo’zlastirgan ma’lumotlarni bog’lash qobiliyatini shakllantirishga yordam beradi. O’qish jarayonida olingan ma’lumotlarni aloxida o’zlari tizimlashtiradilar – jadval ustunlariga “kiritadilar” matnda belgilangan quyidagi belgilarga muvofiq:
“V”- men bilgan ma’lumotlarga mos; “-“ – men bilgan ma’lumotlarga zid; “+” – men uchun yangi ma’lumot;
“?” – men uchun tushunarsiz yoki ma’lumotni aniqlash, to’dirish talab etiladi. meni o’ylantirib qo’ydi. Menga bu bo’yicha qo’shimcha ma’lumotlar kerak. Belgilarni yumshoq qalam bilan qo’ying.
Belgilar miqdori cheklanmagan.
Ayniqsa quyidagi belgilar ahamiyatli: (-) va (?). Belgilangan ma’lumotlarni jadvalga kiriting Insert jadvali
Eslatma: Qisqa yozishni o’rganing, o’z fikringizni aniq bayon eting. so’z birikmasi yoki 3 so’zdan ko’p bo’lmagan gap ko’rinishida yozing.
Aqliy hujum
Aqliy hujum− bu o’quvchilar guruhining qisqa muddat ichida murakkab intelektual masalalarni yechish bo’yicha yuqori darajadagi ijodiy fikrlashdir. U jarayonlarning jo’shqinligini, boshlang’ich qarashlar va stereotiplardan uzoqlashishni, qandaydir aniq maqsadga qaratilganlikni ta’minlaydi. Metodning asosiy mohiyati harqanday ishonchli bo’lmagan, hayoliy, mantiqqa mos kelmaydigan javoblarni hech bir tanqidsiz generatsiyalashdan va tahlil, taqqoslash va tanlash asosida eng to’g’ri variantni tanlab olishdan iborat.
“Aqliy hujum ” da intellektual mashq oldindan tayyorlangan savollarga javoblarni izlash va noan’anaviy masalalar yechimini toppish mashqi orqali kuzatilishi mumkin. Mashq jarayonida o’quvchi cheklovchi omillar ta’siridan qutiladi, psixologik to’siqlarni, uyatchanlikni, xato qilishdan qo’rqishni olib tashlashga erishadi, shuningdek, olg’a surilayotgan har qanday hattobema’no takliflarni tanqid qilishdan ham o’zini tiyib turishga o’rgatadi.
Aqliy hujum - g’oyalarni generatsiya qilish usuli. Qatnashchilar birlashgan holda qiyin muammoni yechishga harakat qiladilar: uni yechish uchun shaxsiy g’oyalarini ilgari suradilar (generasiya kiladi). U ishtirokchilarni o’z tasavvurlari va ijodlaridan foydalanishga rag’batlantiradi. «Aqliy hujum»ning vazifasi kichik guruhlar yordamida yangi- yangi g’oyalarni yaratishdir. Bu usul muammoni hal qilayotgan kishilarning ko’proq aql bovar qilmaydigan va hatto fantastik g’oyalarni yaratishga undaydi. G’oyalar qancha ko’p bo’lsa, ularning hech bo’lmaganda bittasi ayni muddao bo’lishi mumkin.
Aqliy hujum usulining texnologik xaritasi.
Ish bosqichlari va
mazmuni
|
Faoliyat
|
O’qituvchi
|
O’quvchi
|
1-Bosqich Tayyorlov
|
Mavzuni aniqlaydi, maqsadni natijalarni, baxolash mezonini shakllantiradi
|
|
2-bosqich Kirish
|
Mavzuning maqsad, natija va baholash mezonini e`lon kiladi. Aqliy hujum usuli maqsadni amalga oshirish usuli ekanligini tushuntiradi.
Berilgan muammoni bayon qilib, boshlash to’g’risida buyruq
beradi.
|
|
3-bosqich G’oyalarni kiritish
|
G’oyalarni magnitafon yoki videolentaga, qogoz varag’iga yoki doskaga yozib olishni taklif
qiladi.
|
Muammoni yechish buyicha g’oya va takliflar haqida mulohaza yuritadilar.
|
4-bosqich Tahlil
|
Taklif qilingan baholash mezonlaridan kelib chiqqan holda ilgari surilgan g’oyalarni tahlil qilishni tashkil etadi.
|
Bildirilgan g’oyalarni, takliflarni guruh bo’lib tahlil kiladilar. Eng qulay va maqsadga muvofiqlarini
aniqlaydilar.
|
5-bosqich Yakun yasash, tahlil va
baholash
|
O’quvchilar tomonidan amalga oshirilgan faoliyatga yakun yasaydi, tahlil qiladi va
baholaydi.
|
O’z-o’ziga baho berishlari mumkin
|
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol usullardan va kompyuter texnologiyalardan foydalanib o’tilgan ma’ruza, amaliy, seminar, labarotoriya mashg’ulotlari o’quvchilarning bilish faoliyatini, ilmiy dunyoqarashini rivojlantirishda yaxshi samara beradi va quyidagilarini ko’rib o’tamiz.
|