|
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti
|
bet | 3/12 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 0,9 Mb. | | #135879 |
Bog'liq Asror Yo\'ldoshev Kurs ishiKurs ishining predmeti: “ Aktiv qarshilik, induktiv g’altak va kondensator ketma-ket ulangan o’zgaruvchan tok zanjiri uchun Om qonuni” mavzusini o’qitishda zamonaviy pedagogik metodlarni qo’llash metodikasidan foydalanishning nazariy g’oyalari , ustuvor tamoyilarini belgilab berish.
Kurs ishining ob’yekti: “Aktiv qarshilik, induktiv g’altak va kondensator ketma-ket ulangan o’zgaruvchan tok zanjiri uchun Om qonuni”
Mavzusini o’qitishda interfaol metodlardan foydalanish jarayoni .
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida 11- sinfi uchun fizika fanidan o’quv me’yoriy hujjatlari tahlili.
O’qituvchi yosh avlodning madaniy va ma’naviy dunyosi memori, jamiyatning ishonchli kishisidir. Jamiyat o’qituvchiga eng qimmatli bo’lmish bolalarni, o’z umidini, o’z kelajagini ishonib topshirgan. O’z umrini shu kasbga bag’ishlagan insondan jamiyat doimiy ijodkorlikni , tinimsiz fikrlashni, zo’’r qalb sahovatni , balalarg amehr muhabbatni, ishga astoydil sadoqatni talab qialdi.
O’qituvchilar doimiy ravishda izlanishi , o’z ustida muntazam ishlashi, bilimini to’ldirib borishi lozim.
Maktabda fizika ta’limining ahamiyati uning fan-texnika va texnologiya taraqqiyotida, ishlab chiqarish sohalari va kundalik hayotda tutgan o‘rni bilan belgilanadi. O‘rta ta’lim maktablarida fizika fanini o‘qitish o‘quvchilarning hayotiy tasavvurlari bilan amaliy faoliyatlarini umumlashtirish orqali fizik bilimlarni amalda qo‘llay olish salohiyatini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.
O‘rta ta’limi muassasalarida fizika fanini o‘qitishning asosiy maqsadi – fizika ta’limining fan-texnika taraqqiyotida, ishlab chiqarish sohalari va hayotda tutgan o‘rni haqida mantiqiy fikrlay olish qobiliyati, aqliy rivojlanishi, o‘zini o‘zi anglash salohiyatini tarkib toptirish, ularda milliy, umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish hamda ijtimoiy hayoti va ta’lim olishni davom ettirishlari uchun zarur bo‘lgan bilimlarni egallashi, ulardan kundalik hayotlarida foydalanishga o‘rgatish;
o‘quvchilarda tayanch va fizika faniga oid umumiy kompetensiyalarni shakllantirish;
o‘quvchilarning olamning fizik manzarasiga oid dunyoqarashini kengaytirish bilan amaliy faoliyatlarini bog‘lagan holda fizik bilimlarni hayotga tatbiq eta olish salohiyatini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.
|
| |