• Kurs ishining asosiy vazifasi
  • Kurs ishi mavzusining dolzarbligi




    Download 0,9 Mb.
    bet2/12
    Sana12.01.2024
    Hajmi0,9 Mb.
    #135879
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Asror Yo\'ldoshev Kurs ishi

    Kurs ishi mavzusining dolzarbligi.


    Ilm-fan taraqqiy etayotgan zamonaviy jamiyatda rivojlangan axborot- kommunikatsiya tizimlari vositasida turli fan sohalarida erishilgan yutuqlarning tez yangilanib borishi fizika fanini o’qitishda pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish, o’quv jarayoniga kompyuterli o’qitish va nazorat qilish texnologiyalarini ishlab chiqish va qo’llash vazifasini qo’yadi. Shuning uchun fizikani o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash metodikasi zarur bo’ladi.
    Pedagogik va axborot ta’lim jarayonida hozirgacha bo’lgan davrdagi fizika fani bo’yicha yaratilgan elektron qo’llanmalarni tahlil qilgan holda o’quvchilar uchun qulay bo’lgan, ham nazariy bilim beradigan, ham amaliy ko’nikmalarni hosil qiladigan, fizik hodisalar, jarayonlar haqida tasavvurlarni boyitadigan, o’z-o’zini sinab ko’rish imkoniga ega bo’lgan elektron qo’llanmalarni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
    Zamonaviy pedagogik metodlar yordamida 11-sinflarda Aktiv qarshilik, induktiv g’altak va kondensator ketma-ket ulangan o’zgaruvchan tok zanjiri uchun Om qonuni mavzusini o’qitishda o’quvchilarga ko’rgazmalilikni oshirish, kuzatib borish va mulohaza yuritish, o’zaro fikr almashishdek foydali imkoniyatlar yaratish va bu orqali ushbu mavzuni yetarlicha yoritib berish va o’quvchilar +.3ga yetkazishdan iboratdir.

    Kurs ishining asosiy vazifasi:


    - Umumiy o’rta ta’lim maktablarida fizika o’qitishning meyoriy hujjatlari tahlil qilish;

    • Fizika o’qitish samaradorligini oshirish uchun qo’llanilayotgan zamonaviy pedagogik metodlarini o’rganish;

    • Zamonaviy pedagogik metodlarni dars jarayonida qo’llash va ular bo’yicha uslubiy tavsiyalar tayyorlash;

    • Tanlangan mavzu bo’yicha dars ishlanmalari va uslubiy tavsiyalar tayyorlash.

    Kurs ishining amaliy ahamiyati. Kurs ishining amaliy ahamiyati shundan iboratki, har bir umumiy o’rta ta’limmaktablarida fizika fanini o’qitish jarayonida
    pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanganda o’quvchilarning bilim olish darajasi yanada oshadi, shuningdek, bu texologiyalar yordamida o’quvchi hamda o’qituvchi o’zi mustaqil ravishda kerakli yo’nalish bo’yicha mustaqil tayyorlanishiga imkoniyat yaratiladi. Bunda o’qituvchi va o’quvchining o’zidagi ijobiy yoki salbiy o’zgarishlarni kuzatish va shunga qarab navbatdagi rejalarini tuzishi ko’zda tutiladi. Ular o’zini mashqlar, testlar asosida sinab ko’radi va fizika fani to’g’risida animatsiyalar, mul’timedialar yordamida yaqqol tasavvurlar hosil
    bo’ladi.

    Download 0,9 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 0,9 Mb.