|
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti
|
bet | 11/12 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 0,9 Mb. | | #135879 |
Bog'liq Asror Yo\'ldoshev Kurs ishiUyga vazifa: a)mavzuni o’qib o’rganish;
d) mavzu oxiridagi savollarga javob topish;
Xulosa.
Xulosa qilib aytganda, fizika fani yuqori sinf (kurs) larga o`tgan sari hodisalar, qonuniyatlar murakkablashib, dars materialining hajmi esa ortib boradi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida darslarni innovatsion ta’lim texnologiyalar asosida tashkil etish birinchi navbatda o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro hamkorligini ta’minlaydi, shu bilan birgalikda ta’lim sifatini oshirishga va darsni yanada qiziqarli o’tishiga xizmat qiladi. Kelajakda yosh-avlodlarimizning kim bo’lib yetishishi va qanday darajadagi inson bo’lishi, umumiy o’rta ta’lim muassasalarini bitirib chiqayotgan o’quvchi yoshlarimizning bilim saviyasi, shu bilan birga uning pedagogik mahorati bilan o’zaro bog’liqdir. Shu sababli fizikani o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Darsni ITT dan foydalangan holda tashkil etish o’qitish jarayonlarini texnologiyalashtirish pedagogika va boshqa fan yutuqlari bilan bog’liq xususiy nazariyaga ega, u birinchi galda, o’quv jarayonini ilmiy asosda qurishga yo’naltirilgan bo’lib, o’qitishning axborotli vositalaridan, didaktik materiallar va faol metodlardan keng foydalanishga asoslangan o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyatiga zamin yaratadi. Shu bilan bir qatorda, ta’lim oluvchilarda kasbiy shaxs sifatlarining tarkib topishiga, Umumiy o’rta ta’lim maktablarida fizika va astronomiya o’qituvchilari faoliyatini yangi pedagogik texnologiyalar bilan qurollantirishga, bir so’z bilan aytganda,
ta’lim jarayonining takomillashuviga xizmat qiladi.
Ushbu kurs ishini yozish davomida qo’yilgan quyidagi vazifalar
bajarildi.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 11- sinf o’qitiladigan fizika
fanidan DTS va o’quv dasturlari hamda ishchi o’quv rejalari o’rganildi;
11-sinf o’quvchilarini yosh psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda dars jarayonida foydalanish uchun maqbul interfaol o’yinlar va usullarni tashlik etish yo’llari o’rganildi;
Tanlangan mavzu bo’yicha yangi mavzuni tashkil qilishda va labaratoriya ishlarini bajarishni tashkil etishda naan’anaviy usullardan foydalanish bo’yicha tavsiyalar tayyorlandi;
“ Aktiv qarshilik, induktiv g’altak va kondensator ketma-ket ulangan o’zgaruvchan tok zanjiri uchun Om qonuni “ mavzusini o’qitishda interfaol metodlardan foydalanishga doir manbalarni nazariy tadqiq etildi;
Aktiv qarshilik, induktiv g’altak va kondensator ketma-ket ulangan o’zgaruvchan tok zanjiri uchun Om qonuni mavzusini o’qitishda metodlardan foydalanish jarayonida tinglovchilarning interfaol metodlar va ularning didaktik imkoniyatlaridan xabardor qilindi;
“ Aktiv qarshilik, induktiv g’altak va kondensator ketma-ket ulangan o’zgaruvchan tok zanjiri uchun Om qonuni “mavzusini o’qitishda inerfaol metodlardan foydalanish xorijiy mamlakatlarning innovatsion texnologiyalari va interfaol metodlar borasidagi tajribalarni o’raganish va ulardan amaliyotda foydalanildi;
Aktiv qarshilik, induktiv g’altak va kondensator ketma-ket ulangan o’zgaruvchan tok zanjiri uchun Om qonuni mavzusini o’qitishda interfaol metodlardan foydalanishning samaradorligini ta’minlovhi didaktik ta’minotni shakillantirildi;
Fizika bo’limlarining muayyan mavzulari uchun yamgi pedagogik texnologiyalar qo’llanilgan dars loyihalari islab chiqildi;
Loyihalarni dar jarayonida sinab ko’rish uchun tadqiqot ishlari o’tkazildi.
Kurs ishining asosiy qismi “Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 11- sinf fizika fanini o’qitishning mazmuni” sa DTS va “ Fizka” fanidan o’quv dasturining mazmuni , ishchi o’quv dasturi hamda fizika darslarida qo’llanilayotgan zamonaviy pedagogik texnologiyalar , Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 11- sinf fizika fanidan Aktiv qarshilik, induktiv
g’altak va kondensator ketma-ket ulangan o’zgaruvchan tok zanjiri uchun Om qonuni mavzusini o’qitish metodikasi haqida ma’lumotlar berilgan.
“ Aktiv qarshilik, induktiv g’altak va kondensator ketma-ket ulangan o’zgaruvchan tok zanjiri uchun Om qonuni “ mavzusini o’quvchilarga tushintirish maqsadida “Blits- so’rov”, metodi, “Insert” jadvali , va kichik guruhlarda ishlash ,va 2 ta plakatlardan va ko’rgazmalardan, slaydlardan foydalanildi.
|
| |