Fanning vazifasi – talabalarga o’quv jarayoni va o’quv uslubiy faoliyatni
modernizatsiyalash hamda innovatsion ta`lim texnologiyalarini joriy etish asosida ta`lim jarayoniga ilg`or pedagogik innavatsion texnologiyalarini joriy etish yo’llarini o’rgatishdan iborat bo’lib quyidagi vazifalarni o’z ichiga oladi;
-o’quv fani bo’yicha ta`lim texnologiyalarini loyihalashtirish va rejalashtirishga ;
-o’quv fani bo’yicha talabaning o’quv uslubiy majmuani ishlab chiqishga;
-ma`ruzalarda interaktiv ta`lim texnologiyalarini qo’llay olishga;
-seminar va amaliy mashg`ulotlarda interaktiv ta`lim texnologiyalarini qo’llay olishga;
-ta`limning keys-texnologiyasini yarata olishga;
-loyihaviy ta`lim texnologiyasini o’quv jarayoniga joriy qila olishga;
-maqsadni belgilashni va uch darajali testlarni ishlab chiqishga;
-ta`limning optimal usul, shakl va vositalarini tanlash va ulardan ta`lim texnologiyalarini loyihalashtirish, rejalashtirish va amalga oshirish jarayonida samarali foydalana olishga;
-grafik organayzerlarni, o’quv vazifalarni va slayd taqdimotlarni ishlab chiqa olish yo’llarini o’rgatishdan iborat.
|