• Ilovalar KIRISH Mavzuning dolzarbligi.
  • Zamonaviy axborot texnologiyalari




    Download 1,1 Mb.
    bet4/54
    Sana15.03.2017
    Hajmi1,1 Mb.
    #115
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
    Umumiy xulosa…………………………………………………………....89

    Tavsiyalar………………………………………………………..………...91

    Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…….……………………….……….93

    Ilovalar

    KIRISH
    Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda yoshlarni yuksak ma'naviyatli, ijtimoiy-siyosiy hayotda doimo o‘z mustaqil fikriga ega, kasb-hunar mahoratini egallagan shaxs sifatida shakllantirish eng dolzarb, yurtimizning bugungi va ertangi hayotini belgilab beruvchi muhim masala hisoblanadi. Shaxsni shakllantirish keng qamrovli tushuncha hisoblanib, unda bevosita ta'lim va tarbiya masalalari ham o‘rin olgan.

    Prezident I.A.Karimov ta’kidlab o’tganidek: “Yoshlarni zamonaviy fan-texnikaning, umuman, ilm-fanning yutuqlaridan bahramand qilmasdan turib, ularga yuqori malakali ixtisos egalari bo‘lib yetishishga sharoit tug‘dirmay turib, biz respublikamiz xalq xo‘jaligini, sanoat ishlab chiqarish sohalarni tubdan o‘zgartira olmaymiz.”1.

    Respublikamizda yetuk malakali mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirilgan ta'lim tizimi ana shunday barkamol shaxsni tarbiyalashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Ta'lim to‘g‘risida”gi qonun ta'limda olib borilayotgan ishlarning bosh mezoni hisoblanadi. Bu mezon asosida takomillashtirilgan, zamon talablariga javob bera oladigan dasturlar, o‘quv darsliklari yaratilmoqda. Ta'lim muassasalari, xususan, maktablar qayta rekonstruksiya qilinib, zamonaviy andozalar darajasiga tenglashtirilmoqda. Ana shu asosda ta'lim jarayoni ham bevosita shakllantirilib uning samaradorligini oshirishga ahamiyat berilmoqda.

    Fan va texnika jadal sur'atlar bilan rivojlanayotgan, axborot oqimlari kengayib borayotgan bu davrda ta'lim tizimida sinf–dars tizimini qayta ko‘rib chiqish va unga qayta ishlov berishga ehtiyoj tug‘ilmoqda. Xususan, darslarda axborot-kommunikasiya vositalarini qo‘llash va shu orqali ularning natijalarini kafolatlash lozimligi yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta'lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida” 2005-yil 28-sentyabrdagi PQ-191-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2002-yil 6-iyundagi 200-sonli, “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2006-yil 16 fevraldagi-25-sonli qarorlarning qabul qilinishi, 2012-yil 23-24 aprel kunlari Xalq ta’limi Vazirligining ta’lim-tarbiya jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo’limi tomonidan o’tqazilgan trener mashg’ulotlari ta'lim jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida e'tibor qaratilayotganidan dalolatdir.

    Barchamizga ma'lumki, ta'limda olib borilayotgan ishlarning samarasi bir qancha omillarga: darslarni to‘g‘ri tashkil eta olish, dars jarayonida axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan to‘g‘ri va unumli foydalana olishga bog’liq. Bu borada hali ko‘pgina muammolar haligacha o‘z yechimini topmagan. Bunday muammolarni darslarda axborot-kommunikasiya vositalarini qo‘llash yuzasidan ko‘pgina o‘qituvchilarda hali ham ko‘nikmalarning shakllanmaganligida, ba'zi holatlarda esa, to‘g‘ri foydalana olmaganligida, o‘quvchilarning ana shunday darslarga yetarlicha tayyor emasligi, bunday darslarni bir qator muammolarning yechimi (o‘quvchilarni ijodiy fikrlash, mustaqil fikrlashi, ularning faolligini oshirish masalalari) sifatida ko‘ra olmasliklarini aytib o‘tishimiz mumkin.

    Ana shu masalalar bilan yaqindan tanishish va ularning yechimlarini izlab topishga qaratilgan ushbu magistrlik dissertasiyamizni “Axborot-kommunikasiya texnologiyalari vositasida o‘quv–biluv motivlarini shakllantirish ” deb nomladik.


    Download 1,1 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




    Download 1,1 Mb.