• NOVEMBER 2022 ISSN: 2181-3558 JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH
  • November 2022 issn: 2181-3558




    Download 0.81 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/3
    Sana15.06.2023
    Hajmi0.81 Mb.
    #73095
    1   2   3
    Bog'liq
    44 KONUSLI MAYDALAGICH VA UNING ISHLATILISHI
    30711201 – Payvandlovchi (2), Ta\'lim texnologiyasining maqsad va mazmuni. Dildor, loyihalashtirish, Жамоа шартномаси 2022 йил, ^^KLAVIATURA ISHI^^, foydanilgan adabiyot, algebra taqdimot Shamiyeva.D, qo‘qon xonligining tashki, Water pollution Its causes and effects, Механик энергия Очик дарс, Yosh oilalarda munosabatlarining o‘ziga xosligi, Statistika sillabus, 120093 Pedagogni diagnostik faoliyatining asosiy funktsiyalari,Raxmonova 2.2kim2, UzsQDo18hS16jFrNT3S61PJ0IT5m0e9QoYK4lCcm
    NOVEMBER 
    2022
    ISSN: 2181-3558
     
    JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH
    1-rasm . PSJ Konusni Maydalagich: PSG konusning maydalagichi eng ilg'or 
    texnologiya asosida ishlab chiqilgan. PSG metall va metall bo'lmaganlar, tsement, 
    qurilish, qum va tosh metallurgiyasida keng qo'llaniladi. Temir rudalari, rangli 
    metallar rudalari, granit, ohaktosh, bazalt, shag'al uchun qo'llaniladi. va 
    boshqalar. 
    Materiallarni konusli maydalagichlarda maydalash, jag‘li maydalagich 
    kabidir, lekin konusli maydalagichda yuk tushurish uzluksiz amalga oshiriladi. 
    Maydalash zapasini ketma-ket aylanma bo‘ylab bo‘lishi maydalagichni ish 
    unumdorligi yuqori bo‘lishini ta'minlaydi. 
    Bundan tashqari konusli maydalagichlarning ustunliklariga quyidagilar kiradi: 
    • harakatdagi qismlarning yuqori sokinligi; • maydalagichning 
    ishga 
    tushirilishi materiallar to‘lig‘ida ham; 
    • ish vaqtidagi ishonchlik va boshqalar. 
    Konusli maydalagichlar quyidagi xususiyatlarga ega.
    Texnologik jihatdan: 
    1. 
    Yirik maydalovchi maydalagichlar (YMM) yuklash (qabul qilish) 
    qismining kengligi bilan xarakterlidir va o‘lchamining kattaligiga qarab 400 dan 
    1200 mm gacha tog‘ jinslarini qabul qilishi mumkin. Chiqarishni qismining 
    kattaligiga 75 dan 300 mm gacha bo‘lishi mumkin. Ish unumdorligi esa 150 dan 
    2300 m3/soatgacha. 
    2. 
    O‘rta me'yorli maydalagichlar 60 dan 300 mm gacha bo‘lgan 
    bo‘laklarni qayta ishlaydi. Chiqish qismining kattaligi 12 dan 60 mm gacha. Ish 
    unumdorligi 12 dan 580 m3/soat gacha bo‘ladi. 


    NOVEMBER 
    2022
    ISSN: 2181-3558
     
    JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH
    3. 
    Kichik me'yorli maydalagichlar 35 dan 100 mm gacha bo‘lgan 
    bo‘laklarni qayta ishlaydi. Chiqish qismi kattaligi 5 dan 15 mm gacha. Ish 
    unumdorligi esa 12 dan 220 m3/soat bo‘ladi. 
    Konstruksiyasi jihatidan: 
    1. Vali ko‘tarilgan maydalagichlar. 
    2. Inersion maydalagichlar. 
    3. Vali konsol bo‘lagi maydalagichlar. 
    Hisoblash asoslari. Konusli maydalagichda maydalash protsessi jag‘liklik 
    kabidir, lekin undagi jarayon uzluksizdir. Ammo jag‘li maydalagichlar uchun 
    keltirilgan aylanish sonini aniqlash, ish unumdorligi va energiya sarfini aniqlash 
    formulalarini ba'zi bir o‘zgarishlar bilan konusli maydalagichlarga (materiallari o‘z 
    og‘irligi bilan tushuvchilariga uzun konsulli) qo‘llash mumkin.
    Vali konsol joylashgan maydalagichlarni hisoblashda bu formulalar 
    qo‘llanilmaydi. Birikmalarni qamrab olish konusli maydalagichlarda jag‘lilarga 
    nisbatan qulay. Shuning uchun konuslar orasidagi qamrash burchagining chegarasi 
    21 - 23 deb olinishi mumkin. Maydalanishni unumdorli bo‘lishi uchun maydalash 
    kamerasining yuqori qismida (1) tenglik saqlanishi kerak. 
    2 r0 ≥ 0.1 A (1) 
    Bu yerda, 2 r0 - maydalash kamerasi yuqorida konusning harakat uzunligi: 
    A - konusli maydalagich yuklash qismining kengligi: 
    Maydalovchi konusning yuk tushurish qismidagi harakat yo‘li 
    2r=(0.25-0.3) B (2) 
    Bu yerda, V - yuk tushirish qismining kengligi, m 
    Uzun konusli maydalagichlarda maydalovchi konusning aylanish soni jag‘li 
    maydalagichlarning aylantiruvchi vali tezligi kabi aniqlanadi. Ikki holatda ham 
    maydalangan material o‘z og‘irlik kuchi natijasida tushadi. 

    Download 0.81 Mb.
    1   2   3




    Download 0.81 Mb.
    Pdf ko'rish