|
Noyob va radioaktiv metall rudalarini boyitish
|
bet | 34/90 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 13,14 Mb. | | #228770 |
Bog'liq Noyobvaradioaktivmetallarrudalariniboyitish (1)Turbulent marom
Turbulent maromda xarakatlanayotgan oqimning gidrodinamik xususiyatlari (tezligi, bosimi, qovushqoqligi) o‘zgaruvchan bo‘ladi.
Oqimning chuqurligi bo‘yicha uning o‘rtachalashtirilgan tezligini ifodalovchi nazariy tenglama yo‘k, chunki qiyalikda turbulent maromda suyuqlik oqishi, dumalashi, pastga, yuqoriga, oldinga va orqaga qarab xarakatlanishi mumkin. Oqimning turbulentltk darajasi suyuqlik oqayotgan tekislikning g‘adir-budirligiga bog‘liq.
Qiya novda xarakatlanayotgan oqimning o‘rtacha tezligini SHezi tenglamasi bilan aniqlash mumkin:
, m/s (36)
Bu erda: S-koeffitsient; suv uchun ifoda Bilan aniqlanadi.
n- tekislikning g‘adir-budirlik koeffitsienti, silliq yuza uchun n=0.01; o‘ta notekis yuza uchun 0,02;
R – oqimning gidravlik radiusi, m (R – oqim qirqimi qiymatini namlash perimetriga nisbati).
i=sin - oqim qiyaliligi.
Zarrachalarni naporsiz qiyalik oqimida xarakatlanishi
Qiyalik oqimda zarrachalarni xarakatlanish turlari:
Oqim tubida yoki yuzada oldin cho‘kib qolgan zarrachalar ustida dumalash yoki sudralish yo‘li bilan;
Xakkalab xarakatlanish: zarracha ma’lum vaqt sudralib xarakatlanadi, so‘ngra yuqoriga ko‘tariladi va oqim uchun ma’lum masofaga olib ketib pastga tashlaydi, bu yana takrorlanadi.
Zarracha muallaq xolda oqim bilan xarakatlanadi.
Zarrachaning xarakatlanish usuli oqim qalinligi va tezligiga, tubning xolatiga, zarrachaning shakli va o‘lchamiga, bo‘tanadagi konsentratsiyasiga bog‘liq bo‘ladi.
SHar shaklidagi xarakatlanayotgan zarrachaga quyidagi kuchlar ta’sir qiladi:
a) Gravitatsion kuchlar (og‘irlik va Arximed kuchlari)
(37)
b) Suv oqimining dinamik bosim kuchi
(38)
v) Ko‘tarish kuchi (oqimning quyun xarakati tufayli xosil bo‘ladi)
(39)
2.Ishqalanish kuchi
(40)
Bu erda: -oqim bo‘yicha gidrodinamik qarshilik koeffitsienti;
o‘r - d balandlikdagi oqimning o‘rtacha tezligi;
z -zarracha xarakatining tezligi;
oqimga perpendikulyar yo‘nalishdagi gidrodinamik qarshilik koeffitsienti;
f- ishqalanish koeffitsienti.
v- vertikal tezlik
|
| |