4. Fuqaro muhofazasining vazifalari. Fuqaro muhofazasi davlat tizimlari – harbiy davrda ham yuzaga keladigan xavflardan aholini, hududlarni, moddiy boyliklarni muhofaza qilishda muhim vazifalarni bajaradi.
Fuqaro muhofazasining vazifasi quydagilardan iborat:
1. Aholi va ob`ektlarni harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalash harakatlari va usullariga tayorlash.
2. Boshqaruv, xabar berish va aloqa tizimlarini tashkil qilish, rivojlantirish va doimiy shay holatda saqlab turish.
3. Xalq xwjaligi ob`ektlarining barqaror ishlashini ta`minlash yuzasidan tadbirlar kompleksini wtkazish.
4. Aholini, moddiy va madaniy boyliklarini xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish.
5. Fuqoro muhofazasi harbiy tizimlari shayligini ta`minlash.
6. Aholini umumiy va shaxsiy saqlovchi vositalari bilan ta`minlash tadbirlari wtkazish.
7. Aholini harbiy davrdagi hayot faoliyatini ta`minlash.
8. Radiatsiyaviy, kimyoviy biologik vaziyat ustidan kuzatish va laboratoriya nazorati olib borish.
9. Qutqaruv va boshqa kechiktirib bwlmaydigan ishlarni wtkazish.
10. Harbiy davrlarda ham zarar kwrgan hududlarda jamoat tartibini yo`lga qwyish va saqlab turish.
11. Aholini va hududlarni muhofaza qilish yuzasidan boshqa tadbirlarni amalga oshirish.
Mana shu vazifalarni muvaffaqiyatli olib bormay turib, zararlangan hududlarda, ob`ektlarda mw`tadil hayot faoliyatini yaratib bwlmaydi. Bu ishlarni davlat organlari orqali, fuqaro muhofazasi boshchiligida butun xalq yordamida amalga oshiriladi.
1. Aholini favqulodda vaziyat sharoitida himoyalash, shu hodisaning noxush oqibatiga yo`l qwymaslik yoki uni maksimal darjada pasaytirish bwyicha kompleks tadbirlardir. Aholini himoyalashning yuqori samarasi ishlatilayotgan barcha vosita va usullar twla ishlatilganda va xavfsizlikni ta`minlash printsiplari twlaligicha anglab etilgan taqdirdagina bwlishi mumkin.
Xavfsizlikni ta`minlash printsiplarini ularni qwllash bwyicha uch guruhga bwlinadi:
1.Oldindan tayorgarlik kwrmoq himoya vositalarini twplash, ularni tayyor holda saqlash hamda aholini xavfli zonadan evakuatsiya qilish bwyicha tadbirlarni tayyorlash va amalga oshirish.
2.Differentsiyalashgan yo`nalish shundan iboratki, bunda himoya tadbirlari hajmi va xarakteri xavfli va zaharli omillar manbaining turiga va mahalliy sharoitlarga bog`liq.
3.Tadbirlar kompleksi FV oqibatlaridan himoyalanish usullari va vositalaridan samarali foydalanish, zamonaviy texnosotsial muhitda hayotiy faoliyat xavfsizligini ta`minlash bwyicha tadbirlar bilan birga olib borishni taqoza qiladi.
FV larda aholini himoya qilishning asosiy usullari, aholini evakuatsiya qilish, himoya inshoatlariga berkitish, shaxsiy himoya hamda tibbiy proflaktik vositalarni qwllashdan iboratdar.
Siyosiy-harbiy nizolarni ayniqsa zamonaviy qurol-yarog`lar bilan hal qilishda qirg`indan saqlab qolish uchun eng samarali usullardan biri aholini himoya inshoatlariga berkitishdir.Ayniqsa, radioaktiv va kimyoviy moddalardan saqlanish samarasi yuqoridir.
Himoya inshootlari-bular fizik, kimyoviy va biologik xavfli va zararli omillardan himoyalash maqsadida maxsus qurilgan muhandislik inshootlaridir.
Shaxsiy himoya vositalari-odam organizmining ichki a`zolariga, terisiga va kiyimiga radioaktiv, zaharlovchi va bakterial vositalarning ta`siridan saqlaydi.
Favqulodda vaziyatlarda hayotiy faoliyat xavfsizligini ta`minlash odam faoliyatining barcha jarayonlarida sog`ligini va hayotini saqlashga qaratilgan tashkiliy, muhandis-texnik tadbirlar va vositalar kompleksidir.
Hayotiy faoliyat xavfsizligini ta`minlashga qaratilgan asosiy yo`nalishlar quydagilardan iborat:
- FV larni va ularning oqibatini oldindan aytish;
- FV paydo bwlishi ehtimolini yo`qotish yoki kamaytirish tadbirlarini rejalashtirish, hamda ular oqibatlari kwlamini kamaytirish;
- FV larda xalq xwjaligi ob`ektlari ishining muntazamligini, uzluksizligini ta`minlash;
- FV lardagi aholini wqitish;
- FV oqibatlarini tugatish.
Ushbu yunalishlarning qisqacha mazmunlari quydagilardir.
FV ni ularning oqibatlarini oldindan aytish va baholash.
Bu-tabiiy ofatlar, avariyalar va falokatlar tufayli yuzaga kelgan vaziyatini taxminiy aniqlash va baholash usulidir.
Hozirgi vaqtda seysmik rayonlar, tuproq siljishi mumkin bwlgan, sel oqimlari yo`nalishlari, plotinalar buzilganda, suv toshqini bwlganda, odamlarga va hududga zarar keltirishi mumkin bwlgan zonalar chegaralari aniqlangan.
HFX bwyicha prognoz qilish masalalariga FV larning sodir bwlish vaqtini taxminiy aniqlash ham kiradi. Bu prognoz bwyicha aholining xavfsizligini ta`minlash bwyicha operativ choralar kwriladi.Hozirgi vaqtda kwpgina olim va mutaxasislarning fikri FV larning boshlanishi va rivojlanishi oldindan aytib berishga qaratilgan.
2. Kwrilayotgan muammoni ushbu sharoitda hal qilishda FV larga odamning xavfsizligini ta`minlash bwyicha xavfning oldini olish va paydo bwlish ehtimolini kamaytirsh, hamda uning oqibatlari masshtabini kamaytirish masalalarini qamrab oladigan sistemali yondoshish kerak.
Ushbu metodologik asosda wzimizning va chet el amaliy tajribasini hisobga olgan holda samaradrligi tabora ortib boruvchi tadbirlar kompleksi oldindan tayorlash, boshqacha qilib aytganda zamonaviy texnosotsial muhitda odamning HFX ni ta`minlashning kwp tabaqali sistemasini joriy qilish kerak.
FV lar oqibatida kwriladigan zararlarning oldini olish tadbirlarini quyidagi guruhlarga bwlish mumkin:
Doimiy wtkaziladigan tadbirlar. Ular uzoq muddatli prognoz asosida tuziladi: Standart talablarini hisobga olgan holda qurilish-montaj ishlarini olib borish, aholini xavf-xatar haqida xabardor qilishning ishonchli sistemasini yaratish. Aholini ShXV bilan ta`minlash va himoya inshoatlarining etarli fondini tuzish, nurlanish, kimyoviy va bakteriologik kuzatuv ishlarini tashkil etish, aholini FV chog`ida wzini qanday tutish va faoliyati haqida umumiy wquvlvrini tashkil etish, epidemiyaga qarshi va sanitariya-gigiena tadbirlarini wtkazish.
FV vaqti aytib berilgach, kwrilishi kerak bwlgan himoya tadbirlari: prognoz uchun zarur bwlgan razvedka va kuzatish sistemasini jonlantirib yuborish. Aholiga FV haqida xabar beruvchi sistemani tayor holga keltirish, iqtisodiy va jamoat hayotini maxsus qoida asosida qayta qurish, hattoki favqulodda holatgacha, yuqori xavfli manbalarni FV holatida neytrallash ular ishini twxtatib qwyish, qwshimcha mustahkamlash yoki demontaj qilish, avariya qutqaruv xizmatini tayor holga keltirib qwyish, aholini qisman evakuatsiya qilish.
3. FV da HFX ni ta`minlashda rejalashtirish asosiy omillardan biridir. U maqsadga erishish borasida vaqt, mablag` va ijrochilarni aniqlashtiradi. U sharoitni ilmiy asosda prognoz qilish, har tamonlama tahlil qilish, moddiy va ma`naviy resurslarni baholash va aholini FV holatida himoya qilishning zamonaviy, nazariy va amaliy tadbirlarga asoslanadi.
Rejalashtirishning natijasi sifatida ma`lum hujjat-reja tuziladi.U quyidagi elementlarni wz ichiga olishi kerak: aniq kwrsatkichlar (ish turlari, tadbirlar), bu ishlarni bajarish muddati, rejani bajarish uchun zarur resurslar (turlari, soni, manbalri) har bir punktni bajaruvchi mutassadi shaxslarga topshiriqlar, reja bajarilishining borishini nazorat qilish usullari va h.o.
Rejaning matn qismi ikki bwlimdan tashkil topgan bwlishi mumkin: birinchi qismdan sharoitni baholash natijasida qilingan xulosalar bwlsa, ikkinchi bwlimni FV vujudga kelganda va xavf tug`dirganda aholining xavfsizligini ta`minlash bwyicha tadbirlar tashkil etadi. Ularning asosiylari quyidagilardir: xabar berish tartibi, razvedka va nazoratni tashkil qilish, qutqaruv va boshqa kechiktirib bwlmaydigan ishlarni wtkazish uchun kuch va vositalarni tayorlash, FV oqibatlarini ogohlantirish va yumshatish tadbirlari, odamlarni va moddiy boyliklarni zudlik bilan himoyalash choralari, tibbiy ta`minot, dozimetrik va kimyoviy nazorat, korxonani avariyasiz twxtatish tadbirlarini qwllash tartibi, odamlarni himoya qilishni tashkil etish, aholiga ShHV tarqatish, evakuatsiya qilish tadbirlarini tashkil etish, boshqaruvni tashkil etish, har xil sharoitlarda qutqaruv va boshqa kechiktirib bwlmaydigan ishlarin olib borish tartibi va navbati, yuqori tashkilotlarga,FV komissiyasiga axborat berish tartibi.
Rejaga turli ma`lumotnoma va tushuntiruvchi materiallar (chizma, matn) ilova qilib qwyilishi mumkin.
Reja aniq, mazmunan twliq, qisqa, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq va ob`ektning haqiqiy imkoniyatlarini hisobga olgan bwlishi kerak. Rejaning hayotiyligi kelib chiqishi bwyicha tabiiy va texnogen FVlarda HFX ta`minlash bwyicha ishlarni tashkil qilishda muntazam mashq va uquvlar jarayonida sinab boriladi.
Mavzu bwyicha savollar
-
Favqulodda vaziyatlarda aholini wqitish deganda nimalar kwzda tutiladiq
-
Favqulodda vaziyatning paydo bwlishini oldindan aytib berish nimalarga asoslanadiq
3) Fuqaro himoyasining kuch va vositalari haqida nimalarni bilasizq
4)Fuqaro himoyasining moliviy va moddiy zahirasi nimaq
Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlarga 3 xil turdagi xavfli hodisalar kiradi:
1) geologik xavfli hodisalar: zilzilalar, er kwchishlari, tog` wpirilishlari va boshqalar
2) gidrometrologik xavfli hodisalar: suv toshqinlari, sellar, qor kwchkilari, kuchli shamollar (dovullar), jala va boshqalar
3) Favqulodda epidemiologik, epizootik va epifitotik vaziyatlar; alohida xavfli infektsiyalar (wlat, vabo. sarg`ayma, isitma) yuqumli kasalliklar, terlama, Bril kasalligi, zoonoz tinfektsiyalar- Sibir yarasi, quturish, virusli infektsiyalar- SPİD;
Xavfli geologik favqulodda vaziyatlar Vazirlar Mahkamasining 455-sonli qaroriga kura quyidagilardan iborat:
- zilzila, kuchki, tog` upirilishi, yer sathining chukishi . Tabiiy ofatlar, favqulotda vaziyatlarning sodir bulishida xavfli geologik jarayon va hodisalar alohida ahamiyatga ega, shuning uchun ularning falokatli oqibatlardan aholini va xalq xujaligi ob`yektlarini muhofaza qilish uchun havfli geologik xodisalarning yuzaga kelish sabablari, fazoviy tarqalish qonuniyatlari urganiladi, baholaniladi, bashorat qilinadi, ularga qarshi har xil chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Bu muammoni bartaraf etishni huquqiy tomondan qanday amalga oshirish
“Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tug`risidagi”
Qonunning 21,22,23 – moddalaridan bayon etilgan va bunday holatlarda qanday hujjatlar kerakliligi 3 – moddasida aniq kursatib utilgan. Fuqarolarning favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi majburiyatlari 16 – moddasida qayd etilgan holda mahalliy davlat rahbar organlarining fuqaro muhofazasi borasidagi majburiyatlari 10 – moddasida bayon etilgan.
Er yuzasida sodir buladigan xavfli geologik jarayonlar asosan erning ichki kuchlari va tashqi tabiiy omillar ta`sirida buladi. Bundan tashqari ilmiy- texnik va maxsus adabiyotlarda bayon etilgan ma`lumotlarga kura geologik muhitga insonning xojalik, qurilish hamda harbiy holatlarda olib boriladigan harakatlar ham ta`sir etadi. Natijada kulami katta yoki kichik bolgan turli xildagi ofatlar vujudga keladi.
Shahar qurulishi, turar joy binolari, inshootlar qurilishida amaldagi me`yorlar va qoidalarga rioya qilish, zilzila oqibatlarini kamaytirish muammosiga yetarli ahamiyat berish maqsadida Birlashgan Millatlar tashkiloti 1990-2000 yillar oralig`ini tabiiy favqulodda vaziyatlar buyicha xavf – xatarni kamaytirish xalqaro 10 yilligi deb elon qilingan. Shu davr ichida bir qator mamlakatlarning markaziy shaharlari “Tender” asosida xalqaro “RADİUS” loyihasini amalga oshirish huquqiga ega buldilar. ”RADİUS”ni dastur buyicha tula joriy etish imkoniyati berilgan beshta – mamlakat: Addis-Abeba (Efiopiya), Guayakliem (Ekvador), Tixyana (Meksika), Zigong (Xitoy) shaharlari qatoriga Uzbekiston respublikasi poytaxti Toshkent ham kirgan.
1. Zilzilaning kelib chiqish sabablari, tarqalishi va halokatli oqibatlari. İnsoniyat tarixida yuzlarcha halokatli zilzilalar bulib utgani yozma manbalarda ma`lum. Yunonistondagi qadimgi Pompey xarobalari shundan dalolat beradi. Olimlar ummon tubidan kuplab qadimiy shaharlarning xarobalarini topishgan. Hozirgi İssiqkul qirgoqlari buylab ham kuhna davr inshoatlari, saroylar va qasrlarning qoldiqlari hamon saqlanib, usha qadimiy er silkinishlaridan guvohlik berib turibdi. Oxirgi 50 yil ichida bulib utgan kuchli zilzilalar ichida vayrongarchilik va qurbonlar miqyosiga kura Chili, San-Fransisko, Tokio, Ashxabot va Spitak, Toshkentdagi va boshqalar ajralib turadi. 1948 - yilgi Ashxabot (100 ming odam halok bulgan, 8-9 ball) zilzilasidan keyingi eng dahshatli fojiya Spitak zilzilasi nomini (unda 30 ming odam halok bulgan) oldi. U 1988 - yili 7 dekabr kuni sodir buldi. Dastlabki kuchli silkinishning uzida 20 mingli Spitak shahri va uning atrofidagi bir necha qishloqlar butunlay yakson buldi. 200 mingli Leninakan shahri zamonaviy binolarning yarimidan kupi quladi yoki tiklab bulmaydigan ahvolga keldi. 120 mingli sanoat markazi bulgan Kirovakan shahri va katta qishloqlar talofat topdi.San-Fransiskoda 1906 - yil 18 - apreldagi er qimirlashida 700 aholi halok bulgan. Moddiy ziyon 1,5 mlrd. dollorni tashkil qilgan. İkki kun yong`in mobaynida 500 ga yaqin kvartallar yonib hech narsa qolmagan hammasi bulib 350 ming kishi halokatga uchragan.
Yaponiyada 1995 - yil 17 - yanvarda kuchli er qimirlashi ruy bergan. Uning epitsentiri yirik Koba portining markazida joylashgan bulib juda katta kulamda muhandislik va kommunal inshootlarning vayron bulishiga, uy- joylarni buzilishiga olib kelgan. Bu ofat natijasida ularning buzilgan bulaklari ostida beshming ta odam nobud bulgan va 500 ming oila uy-joysiz qolgan.
1995 – yil 27 – mayday Rossiya davlatining Neftegorsk shahrida 9,2 ball kuchlanishga ega bulgan uta kuchli er silkinishi ruyay berdi. Ma`lumotlarga kura uning natijasida shahardagi 95 foizdan oshiq inshootlar vayron bulgan va nobut bulgan.
Eng kuchli zilzila Uzbekistonda 1902 – yilda (8-9 balli) Andijonda bulgan. 1946 – yili Namanganda (Chotqol zilzilasi nomi bilan), Toshkentda 1968 va 1966 – yil (7-8 ball) (1000 martagacha), Gazlida 8-10 ball, Tojikistonda 1907 – yil, Hisorda 9 – 10 ball, 15 ga yaqin qishloqlar xonavayron bulgan, 1000 ga yaqin odam nobud bulgan. 1911 – yilda Pomirda Sarez zilzilasi. Tog` upirilib, Usoy degan tug`on hosil qilingan. Murg`ob daryosini tusib qolib, seriz degan kul paydo bulgan. Bu vayrongarchiliklarning shunchalik kattaligigiga sabablar nimaq Birinchi navbatdagisining paydo bulishidagi yer qobigidagi ichki kuchlarning ta`siri, ularning yer yuzasidagi inshootlarga kursatgan zarbasining kuchi, ikkinchi navbatda uy–joy binolarini, korxonalarni, inshootlarni kurish ishlarining sifatsiz olib borilgani, zilzilaga bardosh beradigan qilib qurilmagani, ularni loyihalash va qurishda yul quyilgan xatoliklar hamda nazoratga kam e`tibor berilgandadir. Aholini va xujalik inshootlari joylashgan hududlarni zilzila tufayli sodir buladigan halokatdan muhofaza qilishni tashkil qilish uchun zilzila tarqalgan hududlarni, paydo bulish sabablarini, genetik turlarini, tasnifini urganish, inshootga kursatadigan kuchlarni baholash, bashorat qilish va kompleks chora tadbirlarning tarkibini kurib chiqish kerak.
Zilzila paytida yer qobigida seysmik tulqinlar hosil buladi.
Tulqinlarning tarqalish markazi giposentr yoki zilzila uchogi deb ataladi. Chuqurligi 2 – 70 km ga boradi. Er yuzasidagi markazi –epitsentr deb ataladi. Ma`lumotlarga kura seysmik tulqinlar uch xil –buylama, kundalang, turlarga bulinadi. Ularning aholi yashaydigan hududlar va inshoatlarga kursatadigan kuchlarining ta`siri yerning geologik, geomorfologik, gidrogeologik va muhandislik geologik sharoitlarga bog`liq bulib, ularni urganish, baholash, bashorat qilish bilan muhandislik geologiyasi shugullanadi .
-
|