FUQARO HİMOYaSİ BULİMİDAN MARUZALAR MATNİ
4.MAVZU FUQAROLAR HİMOYaSİ MASALALARİ FAVFQULOTDA VAZİYaTLARDA AHOLİ VA HUDUDLARNİ HİMOYaLASh DAVLAT TİZİMİ.
Reja:
1. Fuqaro muhofasasi haqida umumiy tushuncha
2. Favqulodda vaziyatlar, uning sababchi omillari va xususiyatlari
3. Favqulodda vaziyatning tavsifi
4. Fuqaro muhofazasining vazifalari
5. Xavfsizlikni ta`minlash tamoyillari
6. Favqulodda vaziyatlar va ularning oqibatlarini oldindan aytish va bashorat
7. FVlarda HFXni ta`minlash bwyicha tadbirlarni rejalashtirish
8. Markaziy osiyodagi tabiiy xarakterdagi favfqulotda vaziyatlar, himoya choralari va zararini kamaytirish.
1. Fuqarolar muhofazasi- umumdavlat mudofa siyosatlaridan biri bwlib, u har qanday favqulodda holatlarda fuqarolarni, xalq xwjaligi tarmoqlarini muhofaza qilishda, ularning muttasil ishlashini ta`minlashda hamda qutqarish va tiklash ishlarini bajarishda katta ahamiyat kasb etadi.
FVVning asosiy vazifalari va faoliyat yo`nalishi asosan: favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, fuqoralar hayoti va salomatligini muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlar yuz berganda ularning oqibatlarini tugatish hamda zararini kamaytirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday hollardagi harakatlarni boshqarishning davlat tizimi (FVDT)ni tashkil etish va uning faoliyatini ta`minlash, fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilish, vazirliklar, idoralar, mahaliy davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirib borish, maqsadli ishlab chiqarish va hakozalarga qaratilgan.
Shunday qilib, fuqoralar muhofazasi har qanday favqulodda vaziyatlarda fuqoralarni, moddiy resurslarni muhofaza qilish, fuqoralarni qanday hatti-harakat etishi, ularga qanday chora tadbirlar bilan yordam berilishi, shikastlangan zonalarda qutqaruv va tiklov ishlarini olib borish,ishlab chiqarish tarmoqlarini muttasil ishlashini ta`minlash vazifalarini bajaradi. Zero, er yuzida umimiy qirg`in qurollari, hujumkor qurollarning zamonaviy turlari mavjud ekan, shu bilan birga tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni bwlishligi muqarrar bwlganligidan har bir davlatda va uning barcha hududlarida fuqarolar muhofazasi davlat tizimi tashkil etiladi va uning vazifalari aniq belgilanadi.
2. Faqulodda vaziyat (FV)-ma`lum hududda yuz bergan falokat, halokat va boshqa turdagi ofatlar natijasida kishilarning wlimiga, salomatligiga. tevarak atrofdagi tabiiy muhitga sezilarli moddiy zarar etkazuvchi, odamlarning turmush sharoitini buzilishiga olib keladigan holatdir.
Favqulodda vaziyatlar xavfining tarqalish tezligiga kwra, quyidagi guruhlarga bwlinadi:
a) tasodifiy FV – er silkinishi, portlash, transport vositalaridagi avariyalar va boshqalar;
b) shiddatli FV – yong`inlar, zaharli gazlar otilib chiquvchi portlashlar va boshqalar;
v) mw`tadil (wrtacha) FV – suv toshqinlari, vulqonlarning otilib chiqishi, radioaktiv moddalar oqib chiquvchi avariyalar va boshqalar;
g) ravon FV – sekin-asta tarqaluvchi xavflar: qurg`oqchilik, epidemiyalarning tarqalishi, tuproqning ifloslanishi,suvni kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi va boshqalar.
Favqulodda vaziyatlar yana tarqalish miqyosiga (shikastlanganlar soniga hamda yo`qotishlar miqdoriga qarab) kwra 4 guruhga bwlinadi:
1. Lokal (ob`ekt miqyosidagi) FV;
2. Mahalliy FV;
3. Respublika (milliy) FV
4. Transchegaraviy (global)
Lokal favqulodda vaziyat – biror ob`ektga taluqli bwlib, uning miqyosi wsha ob`ekt hududi bilan chegaralanadi. Bunday vaziyat natijasida 10 dan ziyod bwlmagan odam jabrlanadi yoki 100 dan ortiq bwlmagan odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan yoxud moddiy zarar favqulodda vaziyat paydo bwlgan kunda eng kam oylik ish haqi miqdorining 1 ming baravaridan ortiq bwlmagan miqdorini tashkil etgan hisoblanadi.
Mahalliy tavsifidagi favqulodda vaziyat – aholi yashaydigan hudud (aholi punkti, shahar, tuman, viloyat) bilan chegaralanadi. Bunday vaziyat natijasida 10 dan ortiq, biroq 500 dan kam bwlmagan odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan yoxud moddiy zarar favqulodda vaziyat paydo bwlgan kunda eng kam oylik ish haqi miqdorining 1 ming baravaridan ortiqni, biroq 0,5 million baravaridan kwp bwlmagan miqdorini tashkil etgan hisoblanadi.
Respublika (milliy) tavsifdagi favqulodda vaziyat – deyilganda favqulodda vaziyat natijasida 500 dan ortiq odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan yoxud moddiy zarar FV paydo bwlgan kunda eng kam oylikish haqi miqdorining 0,5 million baravaridan ortig`ini tashkil etadigan, hamda FV mintaqasi viloyat chegarasidan tashqariga chiqadigan, respublika miqyosida tarqalishi mumkin bwlgan FV tushuniladi.
Transchegaraviy (global) tavsifdagi favqulodda vaziyat deyilganda esa, oqibatlari mamlakat tashqarisiga chiqadigan yoxud FV chet elda yuz bergan va wzbekiston hududiga dahldor holat tushuniladi. Bunday falokat oqibatlari har bir mamlakatning ichki kuchlari va mablag`i bilan hamda hamjamiyat tashkilotlari mablag`lari hisobiga tugatiladi.
Favqulodda vaziyatlar tavsifiga kwra (kelib chiqish manbaiga kwra):
1. Tabiiy tusdagi FV;
2. Texnogen tusdagi FV;
3. Ekologik tusdagi FVlarga bwlinadi.
Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlarga 3 xil turdagi xavfli hodisalar kiradi:
1) geologik xavfli hodisalar: zilzilalar, er kwchishlari, tog` wpirilishlari va boshqalar
2) gidrometrologik xavfli hodisalar: suv toshqinlari, sellar, qor kwchkilari, kuchli shamollar (dovullar), jala va boshqalar
3) Favqulodda epidemiologik, epizootik va epifitotik vaziyatlar; alohida xavfli infektsiyalar (wlat, vabo. sarg`ayma, isitma) yuqumli kasalliklar, terlama, Bril kasalligi, zoonoz tinfektsiyalar- Sibir yarasi, quturish, virusli infektsiyalar- SPİD;
|