Jarohatlanishlar turlari va birinchi tibbiy yordam




Download 479 Kb.
bet14/60
Sana15.03.2017
Hajmi479 Kb.
#98
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   60
Jarohatlanishlar turlari va birinchi tibbiy yordam

kwrsatishning umumiy qoidalari.
Jarohatlanganlarga birinchi yordam kwrsatishdan oldin qwyidagi ishlarni bajarish lozim: jarohatlanish sabablarini yuqotish (masalan, jarohatlanuvchini gazlar, zaharlar twlgan xonadan olib chiqish); elektr simini olish (elektr toki urganida; jarohatlanuvchining ahvolini yomonlashtiradigan barcha narsalarni yuqotish (jarohatlanuvchi ustidagi yukni, devor parchalarini olish, xonadan yoki yonayotgan joydan olib chiqish); jarohatlanuvchining umumiy ahvolini aniqlash va birinchi navbatda odam hayoti va salomatligiga eng kwp xavf tug`dirayotgan narsani yuqotish (masalan, arteriyalar kesilganida qon oqishini twxtatish, nafas olish twxtab qolgan va yurak faoliyati buzilgan bwlsa, sun`iy nafas oldirishni yoki yurakni uqalashni boshlash va h.k.); agar bemorga xavf tug`ilmaydigan

bwlsa, birinchi tibbiy yordami kwrsatishda uni kwzg`atmaslik; xushidan ketganda tashlab ketmaslik;

birinchi yordam kwrsatash uchun jarohatlanganning kiyimini echishda yoki yaralangan joyidagi kiyimini qirqishda juda ehtiyot bwlish zarur; jarohatlanganni avaylash. Arteriyadan oqadigan qon och qizil rangli, kuchli qon oqimi bosim ostida betwxtov otilib turadi. Arteriyadan qon oqqanda, yirik arteriyalar. jarohatlanganda tezlikda yordam kwrsatish zarur. Birinchi navbatda tomirni

barmoqlar bilan qattiq bosib, suyakka siqish kerak. Bog`lam qwyishda quyidagi ishlarni bajarish lozim teriga bir necha qavat qilib taxlangan latga (dastrwmol) qwyish; bog`lamni qon twxtaguncha tortish; bog`lam ostiga kun 24 soat deb hisoblaganda u qachon qwyilganligi aniq yozilgan (masalan, 05 soat 35 min.) qog`oz qwyish. qon oqqanda arteriyalarning va tizza bwkishidan siqib 116 qwyiladigan joylari: 1-tirsakka oid; 2-nurli; 3-elkaga oid; 4-wmrov-osti; 5-wng uyquga oid; 6-kurak; 7-chakkaga oid; 8-chap uy-quga oid; 9-birinchi qwl ostidagi; 10-wng songa oid; 11-chap songa oid;12-orqa katta songa oid; 13-oyoq kafti oyoq (a) va qwllardan (b) qon oqqanda jgut qwyish venadan oqadigan qon twq rangli bwladi, yaradan otilib chiqadi, kapillyardan qon ozroq miqdorda sekin chiqadi. Vena va kapillyar qon oqishni twxtatishda bosib turadigan bog`lam qwyishning wzi kifoya. Jarohat atrofidagi teriga yod surtiladi, sterillangan bint parchasi yoki toza ip-gazlama qwyiladi va bint bilan mahkam bog`lanadi. Qorinning ustki qismi va bwshlig`ining ichi shikastlanganda bemor sanitariya zambiliga chalqanchasiga yotqiziladi, tizzalari biroz bukiladi. Jarohatning butun yuzasiga katta doka (toza adyol, sochiq) yopish va yarani bint bilan yaxshilab bog`lab qwyish kerak. Jarohatlanganga suv berish va yarani suv bilan yuvish yaramaydi. Kwkrak qafasi ichida wpka, yurak hayot uchun xavfli darajada jarohatlangan bwlishi mumkin. Teri atrofidagi jarohatga yod eritmasi surtilgandan keyin uning ichiga havo kirmasligi uchun zich yopishib turadigan bog`lam qwyiladi. Buning uchun jarohat ustiga havo wtkazmaydigan

material hwyib, ustidan 3-4 havat sterillangan rwmolcha yoki bint va paxta qwyiladi. Shundan keyin jarohat bint bilan qattiq bog`lab qwyiladi. Agar shikastlangan kishining kwziga biror wtkir narsa tegib jarohatlangan bwlsa, u holda dokali tiqin qwyib darhol kasalxonaga jwnatish kerak. Kwzga xas-chwp tushganda uni qwl bilan artish yaramaydi. Bug`imlarga ziyon yetishi-shish hosil bwladi. Teri kwkaradi, og`riq paydo bwladi. Bunday holatda bemor harakat kilmasligi lozim jarohatga muz qwyiladi. Kishi issiqlik, kimyoviy yoki elektr manbalaridan biror joyini kuydirib qwysa jarohatlangan joyni kaliy permanganat eritmasi yoki ichimlik sodaning 2% li eritmasi bilan xwllash lozim. 2- va 3-darajali kuyishlarda terining shu joyiga kaliy permanganat eritmasi surtiladi, quruq sterillangan bog`lam qwyiladi va darhol shifoxonaga yuboriladi. Kimyoviy kuyishlarda tananing kuygan qismini suv bilan kamida 20 minut yuvish kerak. Shundan keyin sodaning 2% li eritmasi yoki borat yoxud sirka kislotalarning 1% li eritmasi bilan qwllangan nam bog`lam qwyiladi.

Pestisidlar bilan zaharlanganda, jabrlanuvchini pestisid sepilgan daladan ochiq havoga olib chiqish va teriga tushgan bwlsa, u holda terini suv oqimi bilan yuvish yoki artib tashlash lozim. Agar pestisid organizmga oshqozon-ichak yo`lidan wtgan bwlsa, jabrlanuvchiga bir necha stakan suv yoki kaliy permanganatning och pushti eritmasi ichiriladi va og`izga barmoqni tiqib qayt qildiriladi (2-3 marta). Shundan keyin 2-3 qoshiq aktivlangan kwmir bilan yarim stakan suv, swngra surgi (20 g taxir tuzning 0,5 stakan yeuvdagi eritmasi) ichiriladi. Nafas olish susayganida novshadil spirti qidlatiladi, nafas olish twxtaganida sun`iy nafas oldiriladi. Chang va zaharli gazlar ta`siri natijasida zaharlanish kishiga hid sezish va xis etish organlarini qwzg`atadi, shuningdek, umumiy holsizlanish paydo bwladi. Zaharlanishni eng birinchi belgilaridan bosh og`rishi, kwngil aynishi, boshda og`irlik va quloqda shovqin paydo bwlishi, bosh aylanishi va yurak urishining tezlashishidir. Zaharlangan odamning zaharlangan muhitda bwlishining davom etishi uni yana ham holsizlantiradi, uyhuga tortadi, nafas olishi uzuh-uzuh bwladi, tomir tortishi paydo bwladi va nafas olish markazining falajlanishidan wlim yuzaga keladi. Jabrlanuvchida zaharlanish alomatlari paydo bwlishi bilan uni toza havoga olib chiqish, sovuq kompressni boshiga qwyish va novshadil spirtini hidlatish lozim. Yuzaki sust nafas olishda yoki u twxtaganda sun`iy nafas oldiriladi. Zaharlanganda birinchi navbatda nafas olish yo`li, teri, oshqozon-ichak trakti orqali zaharli moddalarning wtishi twxtatiladi. U teriga tushishi bilan suvda yuvib tashlanadi. Agar zahar oshqozon-ichak trakti orqali organizmga wtsa, bir necha stakan iliq suv yoki kuchsiz kaliy permanganat aralashmasi ichiriladi, ya`ni kwngil aynashini twxtatish uchun. Undan keyin yarim stakan suvni ikki-uch qoshiq aktivlashtirilgan kwmir bilan ichiriladi. Qustirish uchun iliq suv yoki kuydirilgan magneziy eritmasi beriladi va jabrlanuvchining oshqozon atrofi uqalanadi, swngra jabrlanuvchiga xom tuxum beriladi. GXSG va rux fosfidi bilan zaharlanganida sut tavsiya etilmaydi. Jabrlanuvchiga ichni yumshatadigan tuz glauber yoki angliyskiy) berish mumkin, zahar kuchini yanada oshirib yubormaslik uchun zigir moy (kanakunjut moyi va shunga wxshashlarni) bermaslik kerak. Jabrlanuvchining yuragi xasta hollarda unga efirli valerian tomchisi beriladi.



Download 479 Kb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   60




Download 479 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jarohatlanishlar turlari va birinchi tibbiy yordam

Download 479 Kb.