• Muammoning o`rganilganlik darajasi.
  • UMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR




    Download 21.46 Kb.
    bet2/3
    Sana13.01.2024
    Hajmi21.46 Kb.
    #136799
    1   2   3
    Bog'liq
    Asosnoma Tazaxan
    1-sinf Matematika 10 ichida ayirish, Signal protsessorlari turlari. Konveyr va superskalyar arxitektu-fayllar.org, Tajriba ishi web №3, Mavzu fonetik-fonematik nutq nuqsoniga EGA bo‘lgan bolalarni oi-fayllar.org, shartnoma tarix 2-kurs, 3633223, FRANSIYADA TA’LIM TIZIMI, Kurs ishi detal mach, 2 5212977741900550160, shaxsiy varaqa, Axborot xavfsizligi Yakuniy nazorat savollari va mezonlari 2023, ovoz berish uchun 236, Бетоннинг махсус турлари. Енгил бетонлар-fayllar.org, Mawlenbergenov Muxammedali AX-2-kurs .7lab, DASTURLASH 1
    UMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
    ILOVALAR
    KIRISH.
    Muammoning dolzarbligi Ta’lim va tarbiya siyosati ayni vaqtda yangi ijtimoiy tartibni talab qilmoqda. Hozirgi vaqtda Tanqidiy fikrlash talabalarga axbarotlarni qayta ishlash, tartibga solish, o‘z fikrlarini tez va aniq ifodalish imkonini beradi. Shuningdek, mustaqil ravishda o‘z bilimlarini jalb qilish va boshqalar bilan konstrukiv munosabatda bo‘lish qobilyatini rivojlantiradi. Tanqidiy fikrlash axbarot bilan samarali ishlash imkonini beradi, demak, avvalo u bilan ishlashni o‘rganish muhim. Axbarot makonining kengaygan zamonaviy davrida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish alohida ahamiyatga ega.
    Bugungi kun pedagoglarimiz hamda ota-onalarimizdan yoshlarning ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor beribgina qolmay balki ular bilan ko’proq suhbatlashish hamda shu bilan bir qatorda yoshlarimizni tanqidiy fikrlashga undash kerakligini talab qilmoqda. Bu borada mamlakatimiz ta’lim-tarbiya sohasida bir qancha islohotlar amalga oshirilyapti. Shu o`rinda Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning quyidagi gaplari yodimizga tushadi: “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo`lishi kerak”. Demak, zamon talablari asosida talabalarda tanqidiy fikrlarni rivojlantirishning didaktik imkoniyatlarini o’rganish, uning mazmun- mohiyatini ochib berish hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biri bo’lib hisoblanadi.
    Muammoning o`rganilganlik darajasi. Hozirgi kunda yurtimiz rivojlanishida Sharqda tarbiya mazmunini o‘zida mujassam etgan ta’lim muassasasidagi o‘quvchi – yoshlarni o‘rta asr buyuk mutafakkirlari Xorazmiy, Forobiy, Ibn Sinolar ta’kidlaganlaridek, mustaqil tanqidiy fikrlashga o‘rgatish hamda ushbu tanqidiy fikrlashni jarayonida o‘zlashtirilgan bilimlar biror bir manbadan tayyor holda olingan bilimlar bilan qiyoslanganda katta afzalikka ega ekanligini uqtirish bugungi globallashuv jarayonida o‘rni muhum sanaladi.
    Tanqidiy fikrlash masalalarini tadqiq etish bilan ko‘plab zamonaviy olimlar, pedagoglar, psixologlar va metodislar shug‘ullangan. Xususan, V.V. Davidov, M. G. Davlateshin, I. Y. Lerner, M. I. Mahmutov, S. Rajabov ishlarida tanqidiy fikrlashning tuziishlari, aqliy faoliyatning umumlashgan usullari va o‘ziga xos xususiyatlari tahlil etiladi.
    Turizm yo'nalishi boyicha ham tanqidiy-ijodiy fikrlovchi kadrlarni tarbiyalash maqsadida I.S.Tuxliyev va B.SH.Safarovlarga tegishli "Turizm asoslari" o'quv qo'llanmasiga tanqidiy fikrlash va tahlil qilishga oid bobning joylashtirilgani ushbu fikrlarimizga yaqqol dalil bo'la oladi.
    Tanqidiy fikrlash masalasi b‘yicha ish olib borgan xorijiy mutaxassislardan, E. De Bono, J. Daniya, M. Lipman, D. Halpern, D. Klouz. A. E. Petrovlarning so‘zlariga ko‘ra, tanqidiy fikrlash refleksiv xususiyatga ega bo‘lib, bunda inson o‘z tafakkurini va uning to‘g‘riligini o‘rganadi.
    Talabalarning tanqidiy fikrlash rivojlantirish masalalari bo’yicha J.Braus va D.Vund tanqidiy fikrlashni nimaga ishonish va nima qilish kerakligini hal qilishga qaratilgan oqilona aks ettiruvchi fikrlash deb ta’riflaydi. L.S.Vygotskiy proksimal rivojlanish zonasi va o‘rganish va bolaning umumiy rivojlanishi o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik haqida; K.Popper va R.Pol tanqidiy fikrlashni shakllantirish va rivojlantirish asoslari haqida; E. Braun va I. Bek metakognitiv ta'lim haqida; fuqarolik va huquqiy ta’lim va h.k. tomonidan atroflicha o`rganilgan.

    Download 21.46 Kb.
    1   2   3




    Download 21.46 Kb.