Mehnat va uni o‟qitish metodikasi
―Mehnat va uni o‘qitish metodikasi‖ kursi 5111700 - Boshlang‗ich ta‘lim va
sport, tarbiyaviy ish ta‘lim yo‗nalishida o‗qitiladi. Ushbu fan dasturi mehnat
ta‘limining tarixi va rivojlanishi, bo‗limlari, mehnat ta‘limi sohasini tashkil etish
shakllari va mazmuni, ish turlari bo‗yicha darslarni tashkil etish va o‗qitish usullari
kabi bilimlarni qamrab olgan.
Fanni o‗qitishdan maqsadi – talabalarni boshlang‗ich sinflarda mehnat ta‘limi
fanining mazmuni va vazifalari, o‗qitish usullari, ta‘limiy vositalar bilan
tanishtirish va ularni ta‘lim jarayoniga tadbiq etish bo‗yicha bilim, ko‗nikma va
malakalarini shakllantirishdir.
Fanning vazifalari- Boshlang‗ich sinflarda mehnat ta‘limi va tarbiyasining
asosiy vazifalari o‗quvchilarni mehnatga tayyorlash, bilim berish va umumta‘lim
maktablarining boshlang‗ich sinflarida kasblar haqida ma‘lumot berish izchilligini
takomillashtirish, Davlat ta‘lim standartlari talabi bo‗yicha nazariy va amaliy
bilimlar berish.
Mehnat va uni o‗qitish metodikasi fani ta‘lim metodikalari kursi fani
hisoblanib, fanning asosiy ilmiy izlanishlari natijalariga tayangan holda, ilg‗or
o‗qituvchilarning ish tajribasi bilan boyitilgan materiallar asosida yoritib beraladi.
O‗quvchilarni amaliy mehnatga tayyorlash va ularni mehnat malaka va
ko‗nikmalarini egallashlarini ta‘minlaydi.
Mehnat ta‘limining tarbiyaviy ahamiyati o‗quvchilarda mehnatsevarlik,
mas‘uliyat, intizomlilik, burch hissi, jamoatchilik hissini tarbiyalashda,
o‗quvchilarning aqliy o‗sishida eng muhim iroda va ahloqiy sifatlarning
rivojlanishiga yordam beradi. O‗quvchilar o‗rtasida yo‗lga qo‗yilgan o‗zaro
yordam esa, ularda do‗stlik, birodarlik, umumlashish, jamoatchilik kabi fazilatlarni
tarbiyalaydi.
“Mehnat va uni o‟qitish metodikasi” kursi
Mehnat ta‘limi va tarbiyasining maqsad va vazifalari
Mehnat o‗qitish metodikasi fanining vazifalari. Mehnat fanini o‗qitishda
metodik yondashuv. O‗quvchilarni mehnatga axloqiy, ruhiy va amaliy tayyorlash.
Mehnat darslarini tashkil qilish shakllari. Mehnatga munosabatni shakllantirish.
Boshlang‗ich mehnat elementlari bilan tanishtirish.
170
Mehnat va uni o‗qitish metodikasi fanining nazariy va amaliy asoslari.
Mehnat va uni o‗qitish metodikasi fanining o‗qitish metodologiyasi. Mehnat
fanini o‗qitish tamoyillari. Mehnat ta‘limi nazariyasining asosiy negizlari. Mehnat
ta‘limi va tarbiyasining uzviyligi.
Boshlang‗ich sinflarda mehnat ta‘limining mazmuni.
Boshlang‗ich mehnat ta‘limi DTS tahlili. O‗quv fan dasturlarining mazmuni
va ularning tahlili (1-4 sinflar kesimida). O‗quv dasturining mazmuni va unga
qo‗yilgan talablar. Mehnat darslaridagi amaliy ish turlari va mazmuni.
Mehnat ta‘limining shakl va metodlari.
Boshlang‗ich sinflarda mehnat shakl va usullari.Metod tushunchalari, uning
turlari.O‗quv bilish faoliyatini tashkil qilish metodi va ular orasidagi
bog‗liqlik.O‗quvchilarni mustaqil ishlashga o‘rgatishning shak va usullari, didaktik
materiallardan foyudalanish metodlari.
Mehnat darslarida qo‗l mehnatidan foydalanish talablari
Boshlang‗ichsinflarda qo‗l mehnatiga o‗rgatishni tashkil qilish shakllari.Qo‗l
mehnatiga o‗rgatishda ish turlarining mazmuni. Mehnat samaradorligini oshirishda
qo‗llaniladigan talablar. Mavzuga mos o‗qitish metodlari.
Boshlang‗ich sinflarda mehnat darsining olib borilishi.
Boshlang‗ich sinflarda mehnat darsining olib borilishi. Boshlang‗ich sinflarda
mehnat ta‘limi tuzilishining o‗ziga xos xususiyatlari va mazmuni. Barcha
materiallarni o‗rganishdagi uzviylik va uzluksizlik. Mehnat ta‘limada nazariy
bilimlarning o‘rni.
Mehnat darslarida o‗quv jarayonini tashkil etish.
O‗quv jarayonini tashkil etish talablari. O‘quvchilarda mehnat malaka va
ko‗nikmalarini shakllantirish. Nazariy va amaliy bilimlarni uzviy bog‗lashda
ko‗rgazmali materiallarning ahamiyati.
Boshlang‗ich sinflarda mehnat ta‘limidan amaliy ishlar.
Boshlang‗ich sinf mehnat darslarida amaliy ish turlari. Ish qurollaridan
foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari. O‗z-o‗ziga xizmat ko‗rsatish mehnati.
Mehnat ish qurollari va ish materiallari bilan tanishtirish va ulardan foydalanish
talablari.
Boshlang‗ich sinf mehnat darslarida iqtisodiy tushunchalarni shakllantirish.
Boshlang‗ich sinf o‗quvchilariga iqtisodiy tushunchalarni shakllantirish.
Mehnat darslarida iqtisodiy tushunchalarning uzviyligi. O‗quvchilarda iqtisodiy
faoliyatni
(tejamkorlik. tadbirkorlik) shakllantirish.
Mehnat darslarida ish unumini oshirish usullari.
Mehnat darslarida ish turlari. Ish unumini oshirish shakllari. Mehnat ish
unumini oshirishni tashkil etish usul va vosirtalari. Mehnat malaka va
ko‗nikmalarini oshirish.
Mehnat ta‘limi darslariga integratsion yondashuv.
Integratsiylashgan ta‘limning o‗ziga xos xususiyatlari. Boshlang‗ich sinf
mehnat darslarida integratsiyalashgan ta‘limdan foydalanishning metodik
xusysiyatlari. Integratsiyalashgan darslarning samaradorligini oshirish omillari.
171
Mehnat ta‘limida sinfdan tashqari ishlar.
Sinfdan tashqari ishlarning maqsadi va vazifalari. Sinfdan tashqari ishlarning
mazmuni. Sinfdan tashqari ishlarning shakllari (ommaviy ish, tarbiyaviy tadbirlar,
musobaqalar, to‗garak ishlari, mustaqil mashg‗ulot).
Applikatsiya ishlarini bajarilishi va uning turlari.
Applikatsiya san‘ati. Applikatsiya turlari (Geometrik shaklli applikatsiya.
Geometrik figuralardan predmetli applikatsiyalar. Badiiy applikatsiyalar. Ko‗p
rangli applikatsiyalar) haqida tushuncha.Applikatsiya ishlarining mazmuni.
Mutafakkirlar merosida mehnat tarbiyasi.
Mutafakkirlar
merosida
mehnat
tarbiyasining
targ‗ib
etilishi.
Mutafakkirlarning kasb-hunarga oid fikrlari. Kasb-hunarga yo‗naltirishga oid o‗yin
va tadbir turlari.
Mehnat darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanish
Axborot kommunikatsion texnologiyalari haqida ma‘lumot. Mehnat ta‘limi
darslarida AKTdan foydalanishning o‗ziga xos xususiyatlari. Amaliy
mashg‗ulotlar uchun taqdimot tayyorlash texnologiyalari.
Mehnat darslarini tashkil etish metodikasi.
Darsni
rejalashtirish
haqida
tushuncha.
Dars
ishlanmasini
tuzish
texnologiyasi. Darsning maqsad va vazifalari, darsning jihozlari va dars jarayonini
amalga oshirish texnologiyalari. Dars jarayonini taqsimlash bosqichlari. Texnika
xavsizligi qoidalari.
Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi.
Applikatsiya va mozaika san‘ati haqida tushuncha. Applikatsiya va mozaika
bilan ishlash texnologiyasi. Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini to‗g‗ri
tashkil etish talablari. Applikatsiya va mozaika ishlarining o‗quvchilar
tarbiyasidagi ahamiyati. Texnika xavsizligi qoidalari.
Qog‗oz va karton bilan ishlash darslarining mazmunini tashkil etish
metodikasi.
Qog‗oz va karton haqida ma‘lumot. Qog‗ozning ishlab chiqarishdagi o‗rni.
Qog‗oz va karton turlari va xususiyatlari. Qog‗oz va kartonga ishlov berish
usullari. Qog‗oz va karton bilan ishlash texnologiyasi. Ish joyini tashkil qilish
talablari. Texnika xavsizligi qoidalari.
Turli xil materiallar bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi.
Turli va tabiiy materiallar haqida tushuncha. Turli va tabiiy materiallarni
to‗plash va ishga tayyorlash. Turli tabbiy materiallardan (barglar, somon
qalamchalari, yong‗oq po‗choqlari, patlar, o‗simlik urug‗lari va boshqa materiallar)
applikatsiyalar va o‗yinchoqlar yasash texnologiyasi. Ish joyini to‗g‗ri tashkil etish
talablari. Texnika xavfsizligi qoidalari.
Plastilin va loy bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi.
Kulolchilik va haykaltaroshlik ishlari haqida ma‘lumot. Plastilin va loyning
tarkibi va xususiyatlari. Plastilin va loyga ishlov berish usullari. Plastilin va loy
bilan ishlash darslarida ish o‗rnini tashkil etish talablari. Plastilin va loy bilan
ishlash darslari tashkil etish metodikasi. Plastilin va loy bilan ishlashda sanitariya-
gigienik talablar.
172
Gazlama bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi
Gazlama va ip turlari. Gazlamaning xususiyatlari. Gazlamaning sanoatda
ishlab chiqarilishi. Gazlama bilan ishlash metodikasi. Gazlamaga ishlov berish
(o‗lchash, andoza olish va qirqish) metodikasi. Gazlama bilan ishlashda ish joyini
to‗g‗ri tashkil qilish talablari.
Yumshoq o‗yinchoq yasash darslarini tashkil etish metodikasi
O‗yinchoqlar haqida ma‘lumot. O‗yinchoq turlari. Yumshoq o‗yinchoqlarni
tayyorlash texnologiyasi. Yumshoq o‗yinchoqlar uchun mato tanlash, andoza olish
va tikish texnologiyasi. Yumshoq o‗yinchoqlarni tayyorlashda ish joyini to‗g‗ri
tashkil etish. Texnika xavfsizligi qoidalari.
Loyihalash va modellashtirish ishlari darslarini tashkil etish metodikasi.
Loyihalash va modellashtirish ishlari haqida ma‘lumot.Loyihalash va
modellashtirish ishlarining turlari.Modellashtirish elementlari bilan tanishtirish.
Texnik rasm va chizmadan foydalanish qoidalari. Loyihalash va modellashtirish
ishlarida ish joyini to‗g‗ri tashkil etish. Loyihalash va modellashtirish darslarida
texnika xavfsizligi qoidalari.
Qishloq xo‗jaligi mehnati darsining mazmuni va undan foydalanish usullari.
Qishloq xo‗jaligi mehnati haqida tushuncha. Qishloq xo‗jalik mehnati ish
turlarining shakllari (o‗simliklarni parvarishlash, sug‗orish, oziqlantirish, ko‗chat
o‗tkazish). Qishloq xo‗jaligi mehnati darslarida texnika xavfsizligi qoidalari.
|