Tabiatshunoslik va uni o„qitish metodikasi




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/196
Sana09.12.2023
Hajmi2,1 Mb.
#114299
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   196
Bog'liq
Nukus davlat pedagogika instituti kelishilgan

Tabiatshunoslik va uni o„qitish metodikasi
Tabiatshunoslik va uni o‗qitish metodikasi - pedagogik fan. 
Tabiatshunoslik va uni o‗qitish metodikasining predmeti, maqsad, vazifa va 
izlanishlar uslublari. Uning metodologik asoslari va boshqa fanlar bilan 
bog‗lanishi. Tabiatshunoslikni o‗qitish metodikasi sohasidagi tadqiqod metodlari. 
Tabiatshunoslikni o‗qitish metodikasining pedagogika o‗quv predmeti sifatida 
ilmiy – nazariy va amaliy yutuqlari, ta'limiy va tarbiyaviy ahamiyati. 
Tabiatshunoslikni o‗qitish metodikasi sohasidagi zamonaviy muammolar. 
Tabiatshunoslikni o‗qitish metodikasi kichik yoshdagi o‗quvchilarni o‗qitish, 
tarbiyalash va ularni rivojlantirish tizimi to‗g‗risidagi fan. Uning tarbiya 
sistemasidagi o‗rni. 
Tabiatshunoslik va uni o‗qitish metodikasi ta'limotining shakllanishi va 
rivojlanishi.
V.F.Zuyev- tabiatshunoslik o‗qitish metodikasi darsligining birinchi muallifi. 
A.Ya.Gerd - tabiatshunoslikni o‗qitish metodikasining asoschilaridan biri. 
Tabiatshunoslikni o‗qitish metodikasi ta'limotining shakllanishi. Tabiatshunoslikni 
o‗qitishni rivojlantirishga hissa qo‗shgan jahon metodistlarining ilg‗or g‗oyalari 
D.N.Kaygorodov, V.P.Vaxterov, L.S.Sevruk, I.I.Troyanovskiy, D.D.Semenov, 
I.I.Polyanskiy, 
B.E.Raykov, 
V.A.Gerd, 
K.P.Yagodovskiy, 
S.A.Pavlovich, 
M.N.Skatkin, 
P.A.Zavitaev, 
A.N.Nizovoy, 
Z.A.Klepinina, 
G.N.Akvileva, 
A.A.Pleshakov, F.Vinogradova va A.A.Vaxrushevlarning ishlari. 
Vatanimizda tabiiy fanlarni o‗qitishni takomillashtirishga hissa qo‗shgan 
olimlar: 
Ye.M.Belskaya, 
A.G.Grigoryants, 
T.I.Isxakov, 
A.T.G‗ofurov, 
A.E.Suxarev, 
R.A.Gurova, 
G.S.Noga, 
S.K.Xabirova, 
A.Qodirov, 
M.M.Mahkamovlarning ishlari. Tabiatshunoslikni o‗qitish metodikasining 
zamonaviy rivojlanishi.
Quyosh sistemasi. 


164 
Koinot. Galaktika, uning turlari va tuzilishi. Yulduzlar tizimi. Quyosh 
sistemasi va sayyoralar. Merkuriy. Venera. Mars. Yupiter. Neptun. Saturn. Uran. 
Quyosh sistemasidagi sayyoralarning o‗rganilganlik darajasi. Sayyoralarning 
qobiqlari. Sayyoralar va Quyosh orasidagi masofa. Yulduz, asteroid va meteoritlar. 
Yer, uning shakli va harakati 
Yer.Yerning shakli. Yerning o‗z o‗qi atrofida va Quyosh atrofida aylanishi. 
Kun va tun almashishi. Yil fasllarining almashishi.Ekvator. Meridian va parallel 
chiziqlari. Globus.Harita.Oy.Uning fazalari. 
Yerning geografik qobig‗i. 
Gidrosfera. Suv – hayot manbai. Litosfera. Yadro. Mantiya. Foydali 
qazilmalar. Atmosfera. Havo gazlar aralashmasidan iborat bo‗lib suv bug‘larini 
hisobga olmaganda, kimyovviy tarkibi jihatidan barqaror materiyadi. Atmosfera 
(grekcha so‗zdan olingan bo‗lib, atmos-bug‘, sfera –shar, yani bug‘li qobiq, yoki 
havo qobig‘i demakdir) -saiyoramizni o‗rab turuvchi va u bilan birgalikda 
harakterlanuvchi, hamda undan ketadigan turli hodisa va jayonlarda ishtirok 
etuvchi havo qobig‘idir. 
Tiriklik belgilari. 
Hujayraning oziqlanishi, rivojlanishi va ko‗payishi.
O‗simliklar fiziologiyasi. 
Botanika 
fanining 
vazifalari.Floraning 
inson 
hayotidagi 
axamiyati. 
O‗simliklarning organlari. Generativ va vegetativ a`zolar. Gulli o‗simliklarning 
ko‗payishi. Ularining turlari, oilalari, xususiyatlari. O‗simliklar hayotiy shakllari. 
Tuban o‗simliklar. Yuksak o‗simliklar. 
Hayvonot olamining xilma xilligi 
Zoologiya so‗zi zoon - hayvon va logos - ta'limot, ya'ni fan degan ikkita 
grekcha so‗zdan kelib chiqqan. Bu fan hayvonot olamining xilma-xilligi, tuzilishi, 
hayvonlarning hulq-atvori, ko‗payishi, rivojlanishi, geografik tarqalishi va kelib 
chiqishini, shuningdek, ularning tabiatdagi va odam hayotidagi ahamiyatini 
o‗rganadi. 
Hayvonot olami. Bir xujayrali organizmlar. Hayvonot olamida sinf, tur va 
avlod. Baliqlar. Sudralib yuruvchilar. Qushlar. Sut emizuvchilar. 
Boshlang‗ich maktab tabiyatshunoslik fanining ta'limiy va tarbiyaviy 
vazifalari. 
Tabiatshunoslikni o‗qitishda o‗quvchilarni ma'naviy, ahloqiy, aqliy, 
vatanparvarlik, ekologik, estetik, iqtisodiy, jinsiy, gigienik, mehnat va baynalminal 
tarbiyalash masalalari. 
Ijodiy faoliyat tajribalari ijodiy va erkin fikrlashning asosi. Ijodiy faoliyat 
tajribalarini shakllantirish yo‗llari. O‗quvchilarda atrof-muhitga nisbatan ongli 
munosabatni tarkib toptirish. Qadriyatlar tizimi, tabiiy, moddiy, ma'naviy, milliy, 
umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish yo‗llari. 
Tabiatshunoslik ta'lim mazmunining tarkibiy qismlari. Tushunchalar, 
g‗oyalar, nazariyalar. Asosiy g‗oyalar va ularni o‗quvchilar ongiga singdirish 
yo‗llari. Umumbiologik va xususiy tushunchalar. Tushunchalarni shakllantirish va 


165 
rivojlantirish usullari. Asosiy tabiatshunoslik ko‗nikmalar va malakalar, ularni 
tarkib toptirish yo‗llari. O‗quvchilar bilan o‗lkashunoslik ishlarini olib borish. 
Tabiatshunoslikni o‗qitish tamoyillari va qonuniyati. 
Tabiatshunoslikni o‗qitishga qo‗yiladigan zamonaviy talablar. Didaktik 
tamoyillari to‗g‗risida tushuncha. Ta'lim jarayonining yaxlitliligi va tizimliligi, 
o‗qitishning muntazamligi va izchilligi. 
O‗qitish tamoyillari (ta'lim-tarbiya jarayonini demokratizatsiyalash va 
insonparvarlashtirish, ilmiylik, sistemalilik, fundamentallilik, ko‗rgazmalilik, 
samaradorlik, 
onglilik, 
tushunarlilik, 
ta'limni 
diffentsiallashtirish 
va 
individuallashtirish, individual va guruhlarda o‗qitishni uyg‗unlashtirish, o‗qitish 
maqsadi, mazmuni, vositalari, metodlari, shakllari va natijalarining birligi, 
baholash va o‗zini-o‗zi baholash)lari va qonuniyat (o‗qitish maqsadi, mazmuni, 
vositalari, metodlari va shakllarining ijtimoiy muhitga bog‗liqliligi, tarbiyalovchi 
va rivojlantiruvchi ta'lim, ta'lim-tarbiya jarayonini tahsil oluvchilarning faoliyati 
xarakteriga bog‗liqliligi, pedagogik jarayon birligi va yaxlitligi, o‗qitishning 
nazariy va amaliy birligi va uzviy bog‗liqligi, o‗quv faoliyatini individuallashtirish 
va guruhli o‗qitishni uyg‗unlashtirish)lari. O‗lkashunoslik qoidalari. 
Boshlang‗ich sinf o‗quvchilarida tabiatshunoslik tasavvur va tushunchalarni 
shakllantirishning metodik asoslari. 
Tabiatshunoslik tasavvur va tushunchalarning shakllantirish asoslari. 
Tabiatshunoslik 
tushunchalarning klassifikatsiyasi. Boshlang‗ich sinflarda 
tabiatshunoslik tasavvur va tushunchalarning sistemasi, ularni shakllantirish va 
rivojlanish sharoiti. Tabiatshunoslik tushunchalarning shakllantirish bosqichlari. 
Tushunchalarning shakllantirish va rivojlanish usullari. Tabiatshunoslik 
tushunchalarni o‗zlashtirish jarayoni (kuzatish, qabul qilish, konkretlashtirish, 
umumiylashtirish, aniqlash). Tabiat va atrofimizdagi olam haqida bilimlarni 
oshirishni izchilligi. 
Umumiy, 
geografik 
va 
biologik 
tushunchalarni 
shakllantirish.
Tabiatshunoslik tushunchalar, g‗oyalar, nazariyalar. Asosiy g‗oyalar va ularni 
o‗quvchilar ongiga singdirish yo‗llari. Umumtabiiy va xususiy tushunchalar. 
Tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish usullari. 
Tabiatshunoslikni o‗qitish metodlari. 
Zamonaviy maktab tomonidan o‗qitish metodlariga qo‗yiladigan talablar. 
Talablarga ko‗ra o‗qitish metodlarni qo‗llash to‗g‗risida O‗zbekiston Respublikasi 
xujjatlari. O‗qitish metodning modeli.
Dunyoni anglash metodlari va o‗qitish metodlari. Metodlar klassifikatsiyasi 
bo‗yicha munozaralar. Tabiatshunoslikni o‗qitishda foydalaniladigan metodlar 
tasnifi. O‗qitishning reproduktiv metodlari. Og‗zaki (suhbat, hikoya, ma'ruza), 
ko‗rgazmali (tabiiy, tasviriy, EXM dasturlari, multimedialar), amaliy (kuzatish, 
tajribalarni tashkil qilish) metodlar guruhi.
Og‗zaki metodlar tasnifi, bayonning turlari (tasvirlash, tasniflash, aytib 
berish). Ularga qo‗yiladigan talablar. Ko‗rgazmali metodlar tasnifi. Ko‗rgazmali 
qurollarni, tajriba, kino va videofilmlarni hamda sxemalarni namoyish qilish 
(ko‗rsatish). Ularga qo‗yiladigan didaktik talablar. Amaliy metodlar turlari va 


166 
tavsifi (qisqa va uzoq muddatli kuzatishlar, amaliy va laboratoriya ishlari, asbob-
usukunalar bilan mustaqil ishlar).Jo‗g‗rofik maydoncha va tabiat burchagida 
kuzatish. O‗quvchilar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda amaliy ishlarning 
axamiyati. 
Tabiatshunoslikni o‗qitishda zamonaviy pedagogik (didaktik-o‗yinli, 
hamkorlikda o‗qitish, muammoli, modulli ta'lim) va axborot texnologiyalaridan 
foydalanish.
Metodik uslublar. Ularning turlari, tabiatni, odamlar mehnatini o‗rganishda 
xususiyatlari. Tabiatshunoslik metodlarini tanlash va o‗quv jarayonida to‗g‗ri 
qo‗llash.
Tabiatshunoslikdan o‗quv ishlarini tashkil etish shakllari. 
Dars-o‗quv ishlarini tashkil etishning asosiy shakli. Tabiatshunoslik 
darslarining turlari. O‗quv tarbiyaviy jarayonga tizimli yondashuvning mohiyati. 
Tabiatshunoslik darslariga qo‗yiladigan didaktik, tarbiyaviy, psixologik va gigienik 
talablar. Zamonaviy dars tarkibi. Darsning tipi va tarkibining bog‗liqligi. Darsning 
makro- va mikrostrukturasi. Har xil tipdagi darslarning strukturasi. Tabiatshunoslik 
darslarini takomillashtirish omillari.
Darsdan tashqari ishlar - o‗quv ishlarini tashkil etishning zaruriy shakli. 
O‗quv dasturlariga muvofiq holda tabiatda, tirik tabiat burchagida va maktab 
tajriba maydonida muayyan darsga mo‗ljallangan o‗quvchilarning individual va 
guruhli ishlarini tashkil etish. Darsdan tashqari ishlarning tarbiyaviy, ekologik 
yo‗nalishlari. Dars, darsdan va sinfdan tashqari ishlarning o‗zaro bog‗liqligi. 
Tabiatshunoslikdan sinfdan tashqari mashg‗ulotlarning maqsadi, vazifalari, 
ta'lim-tarbiya jarayonidagi ahamiyati, ularning amaliy va ekologik yo‗nalishi. 
Sinfdan tashqari mashg‗ulotlarning turlari: o‗quvchilar bilan yakka tartibda olib 
boriladigan, guruhli va ommaviy mashg‗ulotlar. O‗quvchilarning yakka tartibda 
ijodiy ishlarini tashkil etish, tirik tabiat burchagi, maktab tajriba maydonchasi, 
tabiatda va mustaqil ravishda tajribalar va kuzatishlar o‗tkazish, kuzatish 
kundaligini yuritishni o‗rganish. Tabiatshunoslik to‗garaklarning didaktik maqsadi, 
vazifalari, 
mazmuni 
va 
mashg‗ulotlarni 
tashkil 
etish 
metodikasi. 
Tabiatshunoslikdan ommaviy mashg‗ulotlarning maqsadi, vazifalari, mazmuni.
Uy vazifasi - o‗quvchilarning mustaqil tahsilining asosi. O‗quvchilarning 
mustaqil ishi va tahsilini tashkil etishning samarali yo‗llari. O‗simliklar va 
hayvonlarni o‗stirish, tajribalar qo‗yish, darslik, qo‗shimcha adabiyotlar bilan 
ishlash. Ijodiy daftardagi ish (qiziqarli materiallar, topishmoqlar, rebus, krossvord 
va chaynvordlar to‗plash). Ekskursiyalarda to‗plangan materiallardan applikatsiya 
va gerbariylar tayyorlash. Uy vazifalarini individuallashtirish. 
Tabiatshunoslik o‗qituvchisi (kasbiy tayyorgarligi, ijodiy va ijtimoiy faolligi, 
ma'naviy-ahloqiy sifatlari, g‗oyaviy-siyosiy yetukligi)ga qo‗yiladigan umumiy 
talablar. O‗qituvchining darsga tayyorgarligi. Dars mazmuni va borishining 
mavzuning ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarga mos kelishi. 
Darsning tuzilishini loyihalash. Dars ishlanmalarini loyihalashga qo‗yiladigan 
talablar. 


167 
Dars mazmuniga bog‗liq holda o‗quv jihozlari, tarqatma va didaktik 
materiallar, kuzatish va tajriba o‗tkazish uchun kerakli asboblarni tayyorlash.
Tabiatshunoslik fani bo‗yicha o‗quvchilar bilimlarini nazorat qilish va 
baholash. 
Tabiatshunoslik darslarida boshlang‗ich sinf o‗quvchilar bilimlarini nazorat 
qilishni ahamiyati. Mavzu, chorak va yil yakunlarida o‗tilgan o‗quv materiallarni 
takrorlash va umumlashtirish. Umumlashtiruvchi darslarning mazmuni va 
o‗tkazish metodikasi. O‗quvchilarda umumlashtirish va izohlash ko‗nikmalarini 
shakllantirish. 
Bilimlarni tekshirish turlari. Og‗zaki so‗rash va yozma tekshirish. Individual, 
frontal va ommaviy so‗rash. Bilimlarni yozma tekshirishda topshiriqlarning turlari. 
Laboratoriya va amaliy ish (o‗zaro nazorat varag‗i yordamida, EXMning nazorat 
dasturlari vositasida). 
Bilim va ko‗nikmalarini tekshirish tizimi (rasm, jadval, didaktik kartochkalar, 
dasturlashtirilgan topshiriqlarni tahlil qilish). Ijodiy daftar yuritish, amaliy 
masalalar yechish. 
O‗quvchilarni bilim va ko‗nikmalarni baholash va tekshirish metodlari 
(tabiatshunoslik darslarida test topshiriqlari orqali o‗tkaziladigan joriy nazorat; har 
chorak yakunida programmalashtirilgan topshiriqlar, ijodiy daftardagi ishlarni 
tahlili asosida o‗tkaziladigan tekshiruv; yillik bilim va ko‗nikmalarni baholash). 
O‗quvchilarning bilim va ko‗nikmalarini baholashga qo‗yilgan metodik talablar. 
Tabiatshunoslikni o‗qitish vositalari. 
Tabiatshunoslik o‗quv xonasi va o‗quv jihozlariga qo‗yiladigan pedagogik, 
gigienik, estetik va psixologik talablar. Tabiatshunoslik xonasidagi jihozlar. 
O‗qitish vositalarining hillari: tabiiy va tirik ob'ektlar (gerbariy, kolleksiya, 
chuchelolar, ho‗l preparatlar, mikropreparatlar), tasviriy (jadvallar, sxemalar, 
xaritalar, mulyajlar, maketlar), ekran vositalari (o‗quv vositalari, slaydlar, 
multimedialar) va ulardan foydalanish yo‗llari. O‗qitishning texnikaviy vositalari. 
EXMning ko‗rgazmali va nazorat dasturlari, elektron versiyalar va elektron 
darsliklardan tabiatshunoslik darslarida foydalanish. Tabiatshunoslikni o‗qitishda 
multimedia (ovozli, matnli, ovoz-matnli, viziual uch ko‗lamli - 3D)lardan 
foydalanishning afzalliklari. 
Tabiatshunoslik darsliklari va ular bilan ishlash. Darslikdagi surat va 
topshiriqlar hususiyati. Darslikdagi rasmlarning didaktik roli. Suratlar, devoriy 
suratlar bilan ishlash metodikasining hususiyatlari. Harita - sxemalardan 
foydalanish metodikasi. 
Jo‗grofiya maydonchasi, o‗quv-tajriba uchastkasi va tirik tabiat burchagini 
jihozlash va ularda mashg‗ulotlarni tashkil qilish. 
Jug‗rofiya maydonchasida tabiatni o‗rgatish usullari va uning ahamiyati.
Maktab tajriba maydonchasi va unda ishlarni tashkil etishga qo‗yiladigan 
talablar. O‗simliklarni tanlash, sermahsul navlarini ekish va parvarish qilish. 
Maktab tajriba maydoni zoologiya bo‗limini tashkil etish va jihozlash. O‗quv-
tajriba uchastkasining asbob-uskuna va vositalari. Maktab tajriba maydonidan 


168 
olinadigan materiallardan o‗quv jarayonida foydalanish. Maktab tajriba 
maydonchasida o‗tkaziladigan o‗quv mashg‗ulotlarining o‗ziga hos xususiyatlari.
Tirik tabiat burchagi. Tirik tabiat burchagini tashkil etish, jihozlash, ularning 
tabiatshunoslikni o‗qitishdagi ahamiyati. O‗simliklar va hayvonlar tanlash va 
joylashtirish. Tabiat burchagini tashkil etish va jihozlashda o‗lkashunoslik 
xususiyatlarni hisobga olish. Tirik tabiat burchagida o‗quvchilarni tabiat bilan 
tanishtirish usullari va uning ahamiyati. O‗simliklar va hayvonlarning tasnifini
tuzish, ularni parvarish qilish. Tirik tabiat burchagida kuzatish va tajibalar 
o‗tkazish, darsdan tashqari ishlarni tashkil etish. 
Boshlang‗ich maktabda o‗lkashunoslik burchagi. O‗lkaning o‗simlik va 
hayvonot olami, davlat muhofazasidagi o‗simliklar va hayvonlar. O‗zbekistonning 
qizil Kitobi.
Boshlang‗ich maktablarda tabiatshunoslik fanining mazmuni, o‗quv dasturini 
rejalashtirish tamoyillari. 
O‗zbekistondagi ta'lim islohatlari, boshlang‗ich sinflarda tabiatshunoslikni 
o‗qitish holati, muammolar va ularni bartaraf etish yo‗llari. Boshlang‗ich 
maktablarining tabiatshunoslik ta'limi kontsepsiyasi. Tabiatshunoslikdan davlat 
ta'lim standartlari mazmuni, tarkibiy qismlari, ta'lim mazmunining majburiy 
minimumi, har bir sinf bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo‗yiladigan 
minimal va maksimal talablar. Tabiatdan o‗quv dasturining tahlili. Dasturning 
tuzilishi va mazmuni. Dasturning asosiy bo‗limlari va ularning o‗zaro bog‗liqligi. 
Maktab o‗quv rejasida «Atrofimizdagi olam» predmetining o‗rni. 1 va 2 
sinfning atrofimizda olam o‗quv dasturidan o‗rin olgan atrof olam predmetlari, 
ularning hususilatlari, tevarak-atrof bilan tanishish, tabiat va odamlar mehnatidagi 
mavsumiy o‗zgarishlar kabi mavzular, vaqt taqsimoti, laboratoriya va amaliy 
mashg‗ulotlar, ekskursiyalar. Asosiy tabiat g‗oyalar, tushunchalar, ko‗nikmalar va 
malakalar.
3-4 sinflarda tabiatshunoslikning mazmuni. Tabiatshunoslik kursining asosiy 
g‗oyalari (jonli va jonsiz tabiatni birligi, jonajon o‗lkamiz tabiati). Tabiatdagi 
fasllar almashuvi, turlarning hilma hilligi. O‗quv dasturidan o‗rin olgan mavzular, 
vaqt taqsimoti, laboratoriya va amaliy mashg‗ulotlar, ekskursiyalar. Asosiy tabiat 
g‗oyalar, tushunchalar, ko‗nikmalar va malakalar.
O‗quv dasturni rejalashtirish tamoyillari. Tabiatshunoslik kursini 
predmetlararo bog‗liqligi. Maktabgacha ta'lim muassalari va boshlang‗ich sinf 
tabiatshunoslik 
dasturlarining 
izchilligi. 
Tabiatshunoslikni 
maktabning 
boshlang‗ich va yuqori sinf fanlari bilan predmetlararo boqliligi. O‗quv 
materiallarni tanlashda o‗lkashunoslik qoidalari. 
Tabiatshunoslikdan laboratoriya va amaliy mashg‗ulotlarning maqsadi, 
vazifalari, ta'lim-tarbiya jarayonida tutgan o‗rni. Laboratoriya va amaliy 
mashg‗ulotlarning sinflar bo‗yicha mazmuni, tuzilishi va ularni o‗tkazish 
metodikasi.
Atrofimizdagi olam va tabiatshunoslik darsliklari bilan tanishtirish va 
mazmunining tahlili. 
Oz komplektlangan maktablarda tabiatshunoslikni o‗qitishning 


169 
Hususiyatlari. 
Oz komplektlangan maktablarda o‗quv-tarbiya jarayonini tashkillashtirish 
hususiyatlari, dars o‗tish tamoyillari va usullari. Tabiatshunoslikni o‗qitishning 
sinflar bo‗yicha tabaqalashtirilgan variantlari.
Oz komplektlangan maktablarda mustaqil mashg‗ulotlarning o‗rni. Mustaqil 
ishlarning turlari va ularni tashkil etish qoidalari.
Har xil sinf o‗quvchilarni ma'ruza va amaliy mashg‗ulotlarda birlashtirish 
printsiplari.
Oz komplektlangan maktablarda ekskursiyalar o‗tkazish tartibi va qoidalari. 
Darslarni 
integratsiyalash 
– oz komplektlangan maktablarning asosiy 
tamoyillaridan biri.

Download 2,1 Mb.
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   196




Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tabiatshunoslik va uni o„qitish metodikasi

Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish