726
[4] maqolada oliy o‘quv yurtlarining pedagogik ta’lim yo‘nalishlarida
o‘qitiladigan “Oliy matematika” fanidan mustaqil ishlarni
tashkil etish masalalari
ko‘rib chiqilgan. Oliy ta’lim sifatini oshirishda mustaqil ta’limning o‘rni yoritilgan.
“Oliy matematika” fanidan mustaqil ishlash uchun tavsiya etilgan mavzularning
taxminiy ro‘yxati keltirilgan. Mustaqil ta’lim shakllari va uni tayyorlashda e’tiborga
olinishi lozim bo‘lgan jihatlarga alohida e’tibor berilgan.
[5] oliy matematika kurslari an’anaviy kurslardan tashqari zamonaviy ta’lim
texnologiyalariga asoslanadi va talabalarni ko‘proq mustaqil izlanish va mehnat
qilishga undaydigan usullardan foydalanish kerakligi aytilgan. Buni ko‘plab
rivojlangan mamlakatlarning pedagogik jamiyatlari va olimlari qayd etib, ta’lim
tizimida zamonaviy ta’lim texnologiyalari qo‘llanila boshlanganligi ta’kidlangan.
O‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalardan
foydalanish darslarni rang-
barang, qiziqarli tashkil etish bilan birga o‘quv materiallarini chuqur o‘rganish uchun
keng imkoniyatlar yaratilganligi qayd etilgan.
[6] matematika fanini o‘rganish davomida ta’lim oluvchilarda ijodiy aktivlikni
tarbiyalash jarayoni zamonaviy maktab matematika o‘qituvchilari oldida turgan
dolzarb muammolarni bartaraf etish masalalari ko‘rib chiqilgan. O‘quvchilarda tarbiya
va matematik qobiliyatlarni rivojlantirishda muhim vositalardan biri bu masalalar
ekanligini inobatga olib, maqolada matematika fani
olimpiadalarida tayyorlash
bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar, darslarni interaktiv metodlar yordamida tashkil etishga
doir ba’zi namunalar keltirilgan.
[7] maqola 3 qismdan iborat bo‘lib, o‘rta arifmetik va o‘rta geometrik qiymatlar
bilan bog‘liq tengsizliklar muhokama qilingan.
e sonining ta’rifi va u bilan bog‘liq
tengsizliklar keltirilgan. Bunda monoton o‘suvchi va chegaralangan ketma-
ketliklarning xossalaridan foydalanilgan. Shuningdek, limitlarni hisoblashda
tengsizliklarning ba’zi tatbiqlari bayon qilingan.
[8] maqolada dastlab matritsalar nazariyasi haqida qisqacha ma’lumot
keltirilgan.
Oliy ta’lim muassasalarida matematika fanini o‘qitishda
muammoli
ta’limning dolzarbligi masalasi ham muhokama qilingan.
Matritsalar nazariyasi
elementlari yordamida masalalarni yechishga doir misollar keltirilgan.
Birinchi
727
masalada matritsali tenglamani yechish masalasi chiziqli tenglamalar sistemasi
yechimiga keltirilgan.
Ikkinchi masalada esa matritsaga mos keladigan aniqlovchining
tartibini va berilgan ifoda yordamida ifoda belgisini aniqlash masalasi tahlil qilingan.
[9] maqolada matematika fanini o‘rgatish jarayonida didaktik o‘yinlardan
foydalanilanish masalasi tahlil qilingan. Darslarning qay darajada tashkillanishi bu
o‘qituvchining ijodkorlik qobiliyatiga ham bog‘liqligi qayd qilingan.
Matematik
o‘yinlar, rasmli topishmoqlar kundalik darslarga joziba bag‘ishlashi haqida fikr
yuritilgan. Didaktik o‘yinlar darsda ishni individuallashtirish, har bir o‘quvchining
kuchiga mos topshiriq berish, uning qobiliyatlarini maksimal o‘stirish
imkoniyatini
berishi qayd qilingan. O‘yin orqali o‘quvchilar darsdan olgan bilimlarini
mustahkamlashi, ularni hayotga tadbiq eta olishga tayyorlanashi haqida so‘z yuritilgan.
[10-50] maqolalar ta’lim muassasalarida matematika fanlarini interfaol usullar
va ta’lim texnologiyalaridan foydalanib o‘qitish metodikasiga bag‘ishlangan.
Qo‘llanilgan medodlarning tavsifi, ularning yutuq va kamchiliklari
ochib berilgan
hamda mavzuga mos metodlarni tanlash orqali asoslab berilgan.
Asosiy qism.
Bizga maktab matematika kursidan yaxshi ma’lumki
, agar
)
(
x