Nutqiy kompetensiyaning turlari, mazmun-mohiyati va elementlari




Download 19,73 Kb.
bet2/2
Sana21.05.2024
Hajmi19,73 Kb.
#249089
1   2
Bog'liq
NUTQIY KOMPETENSIYANING TURLARI

Kalit so‘zlar: nutq, og‘zaki va yozma savodxonlik, nutqiy ko‘nikma, nutqiy kompetensiya, mashq, o‘quv topshirig‘i, matn ustida ishlash.
Аннотация:
Ключевые слова: речь, устная и письменная грамотность, разговорные навыки, говорение. компетенция, упражнение, задание, работа над текстом.
Keywords: speech, oral and written literacy, speaking skills, speaking competence, exercise, task, work on the text.
Mamlakatimizda kelajagimiz davomchilari boʼlmish yoshlarga innovatsion, ilgʼor usullar va metodlarni qoʼllab, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib taʼlim berish hamda oʼquvchilarning taʼlimdagi sifat samaradorligini oshirish, yoshlarni raqobatbardosh qilib tarbiyalash taʼlim tizimi oldida turgan asosiy vazifa hisoblanadi. Oʼzbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentyabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati toʼgʼrisida”gi Qonuni, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha Harakatlar strategiyasi toʼgʼrisida”gi PF-4947-sonli, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi «Umumiy oʼrta va oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining davlat taʼlim standartlarini tasdiqlash toʼgʼrisida»gi 187- sonli qarori, 2019-yil 29-apreldagi “Oʼzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi PF-5712-sonli Farmonlarida belgilangan qator vazifalar oʼquvchilarning lingvistik va nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishga zamin hozirlaydi. Shu bois ilm berishda sharq allomalari mustaqil fikrlash, fikrni bayon qilish, nutq tuzish jarayonidagi muhim jihatlarni qamrab oluvchi ilmiy qarashlarini qayd qilganlar va shu bilan bir qatorda, nutqning ilmiy- nazariy tomoni lugʼatlarda, darslik va oʼquv va metodik qoʼllanmalarda izoh berilib, atroflicha yoritilgan.
Farobiyning fikricha, qanday qilib taʼlim berish va taʼlim olish, fikrni qanday ifodalash, bayon etish, qanday soʼrash va qanday javob berish (masalasi)ga kelganda, bu haqdagi ilmlarning eng birinchisi jismlarga, yaʼni substantsiya va aktsidentsiyalarga ism beruvchi til haqidagi ilmdir. Ikkinchi ilm grammatikadir. U jismlarga berilgan ism (nom)larni qanday tartibga
solishni hamda substantsiya va aktsidentsiyaning joylashishiga va undan chiqadigan natijalarni ifodalovchi hikmatli soʼzlarni va nutqni qanday tuzishni oʼrgatadi. Uchinchi ilm mantiqdir. U maʼlum xulosalar keltirib chiqarish uchun mantiqiy figuralarga binoan qanday qilib darak gaplarni joylashtirishni oʼrgatadi. Bu xulosalar yordamida biz bilmagan narsalarni bilib olamiz, hamda nima toʼgʼri va nima yolgʼon ekanligi haqida hukm chiqaramiz”. Oʼquvchilar nutqida mantiq ilmiga asoslanib fikr-mulohaza bildirish maqsadga muvofiq. Shu bois ular xotirasidagi soʼz zahirasini oʼz nutqi orqali harakatga keltiradi.
Ona tili fanini o‘qitishning asosiy vazifasi sifatida “o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani shakllantirish, o‘quvchida grammatikaga oid o‘zlashtiriladigan bilimlarni (fonetika, leksikologiya, yozuv, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalarni) rivojlantirish, ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda to‘g‘ri va ravon bayon eta olishni rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat” ekanligi belgilangan.
Kompetensiyalarni shakllantirishga yoʼnaltirilgan taʼlim – oʼquvchilarning egallangan bilim, koʼnikma va malakalarini oʼz shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qoʼllay olish imkoniyatidir. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan taʼlim oʼquvchilarda mustaqillik, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega boʼlish, tashabbuskorlik, mediaresurslar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oʼz faoliyatida oqilona foydalana olish, ongli ravishda kasb-hunar tanlash, sogʼlom raqobat hamda umummadaniy koʼnikmalarini shakllantirdi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tayanch va fanga oid (nutqiy va lingvistik) kompetensiyalarning shakllantirilishi belgilab berilgan.
Kompetensiya –fan bo‘yicha egallagan nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni kundalik hayotda duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni yechishda foydalanib, amaliyotda qo‘llay olishdir.
2020-yildan boshlab Milliy oʻquv dasturi loyihasi doirasida xalqaro tajriba hamda mehnat bozori talablarini hisobga olgan holda, umumtaʼlim maktablari uchun 22 ta fandan, xususan, “Ona tili va oʻqish savodxonligi” fanidan zamonaviy taʼlim standartlari, oʻquv dasturlari hamda ilgʻor metodikalarni, baholash tizimini ishlab chiqish maqsad qilingan.
Milliy oʻquv dasturi asosida 2020-2021-yildan boshlab umumtaʼlim maktablarida Ona tili va Oʻqish fanlarining birlashuvi natijasi “Ona tili va oʻqish savodxonligi” fani joriy etildi. Ikki fanning birlashuviga asosiy sabab ona tilini oʻqitishdagi yondashuvning oʻzgarishi boʻldi. Endilikda grammatika va yodlashga asoslangan taʼlimdan tinglab tushunish, oʻqib tushunish, fikrni ogʻzaki va yozma bayon qilishdan iborat til oʻrgatishning 4 koʻnikmasini rivojlantirishga qaratilgan taʼlim shakliga oʻtildi.
Ona tili fani asosida oʻquvchida shakllantiriladigan koʻnikmalardan biri bu oʻqib tushunishdir. Natijada oʻquvchi darslikda qoidalar oʻrniga koʻproq matnlar bilan ishlaydi va ularda oʻqib tushunish koʻnikmasi rivojlanadi. Oʻquvchida oʻqib tushunish koʻnikmasini Ona tili fani rivojlantirishi hisobiga oʻz-oʻzidan Oʻqish faniga zarurat qolmaydi.
2020-yildan boshlab Milliy oʻquv dasturi loyihasi doirasida xalqaro tajriba hamda mehnat bozori talablarini hisobga olgan holda, umumtaʼlim maktablari uchun 22 ta fandan, xususan, “Ona tili va oʻqish savodxonligi” fanidan zamonaviy taʼlim standartlari, oʻquv dasturlari hamda ilgʻor metodikalarni, baholash tizimini ishlab chiqish maqsad qilingan.
Milliy oʻquv dasturi asosida 2020-2021-yildan boshlab umumtaʼlim maktablarida Ona tili va Oʻqish fanlarining birlashuvi natijasi “Ona tili va oʻqish savodxonligi” fani joriy etildi. Ikki fanning birlashuviga asosiy sabab ona tilini oʻqitishdagi yondashuvning oʻzgarishi boʻldi. Endilikda grammatika va yodlashga asoslangan taʼlimdan tinglab tushunish, oʻqib tushunish, fikrni ogʻzaki va yozma bayon qilishdan iborat til oʻrgatishning 4 koʻnikmasini rivojlantirishga qaratilgan taʼlim shakliga oʻtildi.
Ona tili va o‘qish savodxonligi fanini o‘qitishda asosiy e’tibor o‘quvchida tilga doir toʻrt koʻnikma: oʻqib tushunish, tinglab tushunish, nutq soʻzlash va yozish hamda grammatik savodxonlikni shakllantirishga qaratiladi. Ta’lim jarayonida o‘quvchilar voqea-hodisalarni kuzatish, anglash, qiyoslash, analiz va sintez qilishga o‘rgatish orqali ijodiy va tanqidiy tafakkurini, fikrlash doirasini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Ona tili va o‘qish savodxonligi fani ushbu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
Mashq daftarida darslikda ishora qilingan, maxsus belgi bilan ajratilgan topshiriqlar bajarib boriladi. O‘quvchilar daftarga yozishlari, chizishlari, bo‘sh o‘rinlarni to‘ldirishlari, o‘qib va tinglab tushunish, matn tuzish bilan bog‘liq topshiriqlarni bajarishlari hamda rasmlarni bo‘yashlari mumkin. Amaldagi boshlang’ich sinf ona tili darsliklari asosida o’quvchilardagi quyidagi kompetensiyalarni rivojlantirish ko’zda tutiladi.
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish): -O‘qituvchi nutqini, video va audio (multimedia ilovalari) matnlarni va topshiriqlarni tinglab tushuna oladi; rasmlar asosida va o‘qib eshittirilgan matn yuzasidan suhbatga kirisha oladi, nutq jarayonida o‘zlashtirgan yangi so‘zlarni og‘zaki nutqda qo‘llay oladi; mashq matnidagi so‘zlarni qo‘shib o‘qiy oladi, gap ohangiga rioya qilgan holda ravon va ifodali o‘qiy oladi, harflar birikmasi ishtirok etgan so‘zlarni o‘qiy oladi; so‘zda nechta tovush bo‘lsa, shuncha bo‘g‘in bo‘lishini bir unli tovush bo‘g‘in hosil qilishini, ya’ni o-na, u-ka, a-ka kabi bo‘g‘inga bo‘la oladi, harflar birikmalari ishtirok etgan so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘la oladi, x va h tovushli so‘zlarni to‘g‘ri yoza oladi, bir mavzu doirasidagi savollarga javob yoza oladi, mash’al, ma’qul, ta’lim, Jur’-at, ta’-zim kabi tutuq belgili so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lib yoza oladi, lug‘at, izohli, eshituv, yoddan yozuv, rasmli diktant yoza oladi hamda gaplarni rasmlar tartibida ko‘chira oladi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili o‘qitishning asosiy maqsadi turli vaziyatlarda o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri va ravon bayon qiladigan, og‘zaki va yozma savodxonlik malakalariga ega bo‘lgan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan – muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirish ekanligi ko‘p bora ta’kidlanadi.
Demak, ona tili fanini o‘qitishning asosiy vazifasi o‘quvchini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani shakllantirish; o‘quvchilarda grammatikaga oid o‘zlashtirilgan bilimlarni (fonetika, leksikologiya, yozuv, talaffuz va imlo me’yorlariga oid tushunchalarni) rivojlantirish; tilning keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda to‘g‘ri va ravon bayon eta olishni rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltiriladi. Shu maqsaddan kelib chiqqan holda, bugungi kunda ona tili ta’limining mazmuni o‘zgarmoqda. Biz yillar davomida ona tili ta’limi orqali o‘quvchilarga grammatik qonun-qoidalarni, nazariy bilimlarni o‘rgatib keldik. Endilikda grammatika bilan bir qatorda o‘quvchilardagi nutqiy kompetensiyani, ya’ni tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish kabi amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga ko‘proq e’tibor berishimiz lozim. Bu maqsadga erishishda ona tilining nutqiy kompetensiya elementlari (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish) ni har bir darsda amaliy qo‘llash va o‘quvchida bunga nisbatan ko‘nikma shakllantirish darkor. Ana shu fikrlarning isboti sifatida umumta’lim muassasalarining 2-3-sinflari uchun 2022-yilda nashrdan chiqqan “Ona tili va o’qish savodxonligi” darsligini keltirish mumkin. Avvalo, mazkur darsliklar hozirgi zamon bola psixologiyasiga mos ravishda tuzilgan: mashqlardan qonuniyat yaratilishiga e’tibor qaratilgan. O‘quvchi matn bilan tanishgach, o‘z fikr-mulohazalari asosida xulosaga olib kelingan va nazariy matn berilgan. Mavzularni kundalik hayotga yaqinlashtirish barobarida muomala madaniyati, odob-axloq me’yorlari, milliy qadriyatlarni ulug‘lovchi o‘zbekona dunyoqarash bilan uyg‘un matnlar berilgan. Masalan, 2-sinf darsligidagi “Oshxonamiz ramzi” audiomatni (6-bet). Ushbu audiomatndan so’ng o’quvchilarning fikrlashga, o’ylashga undovchi topshiriq berilgan.
Sizningcha, muallifning ushbu audiomatnni yaratish- dan maqsadi nima?
Download 19,73 Kb.
1   2




Download 19,73 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Nutqiy kompetensiyaning turlari, mazmun-mohiyati va elementlari

Download 19,73 Kb.