(3-ilova)
Kichik guruhlarda ishlash texnologiyasi
O‘qituvchi o‘quvchilar bilan kichik guruhlarda
ishlashni tashkil etish
uchun faoliyat yo‘nalishi aniqlanadi. Muammodan bir-biriga bog‘liq bo‘lgan
masalalar belgilanadi. Mavzuning kerakli asosi yaratiladi.
Mavzuni
o‘rganishdan oldin o‘quvchilar mazkur muammo
haqida tushunchaga ega
bo‘lishlari lozim. Keyin guruh o‘quvchilari kichik guruhlarga, ya’ni 3-5 kishidan
bo‘linishlari kerak. O‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarga aniq ko‘rsatmalar
beriladi. Berilgan muammoni yechishda o‘qituvchi o‘quvchilarni qo‘llab-
quvvatlab va yo‘naltirib turadi. Mavzu so‘ngida muhokama qilinadi.
O‘quvchi
kichik guruhlarda ishlaganida,
darsda faol ishtirok etish
huquqiga, boshlovchi rolida bo‘lishga, bir-biridan o‘rganishga
va turli nuqtai-
nazarlarni qadrlash imkoniga ega bo‘ladi.