Kriptografiya
– axborot mazmunini undan ruxsat etilmagan
tarzda foydalanishdan
muhofaza qilish, uni buzib ko‘rsatish imkoniyatining oldini olish maqsadida axborotni
o‘zgartirish prinsiplari, vostilari va usullarini o‘rganadigan ilmiy fan.
Axborotni himoya qilishning kriptografik usullari – bu shifrlashning maxsus usuli
bo‘lib, ma’lumotni kodlash orqali kalitsiz ochib bo‘lmaydigan holga keltirishdir.
Kriptografik
himoya usuli, bevosita eng ishonchli himoya usuli xisoblanibgina qolmay
balki, axborotni o‘zini o‘zi himoyalanishi, axborotga kirish imkoni yo‘qligidir (masalan,
ma’lumot tashuvchi qurilma o‘g‘irlanganida ham undagi shifrlangan faylni o‘qib
bo‘lmasligi). Himoyaning bunday usuli dasturlar yoki dasturiy paketlar ko‘rinishida
amalga oshiriladi.
Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, kriptografiyaning eng sodda usuli bu kodlash
hisoblanadi.
Tarixdan bizga ayon, qadimda insoniyat kodlashning “Sezar”, “o‘rin
almashtirish” va boshqa usullardan foydalanishgan. Lekin hozirgi zamonaviy
kriptografiya avvalgisidan tubdan farq qiladi.
Zamonaviy kriptografiya quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi.
Simmetrik kriptotizimlar va assimetrik kriptotizimlar.
1. Simmetrik kriptotizimlar. Simmetrik kriptotizimlarda shifrlash va deshifrlash uchun
bitta kalitdan foydalaniladi. (Shifrlash – ochiq matn deb ataluvchi dastlabki matnni
shifrlangan matn holatiga o‘tkazish. Deshifrlash – shifrlashga teskari bo‘lgan jarayon yani
kalit yordamida shifrlangan matnni dastlabki matn holatiga yetkazish). Demak,
shifrlash
kalitidan foydalanish huqukiga ega bo‘lgan odamgina axborotni deshifrlashi mumkin. Shu
sababli, simmetrik kriptotizimlar mahfiy kalitli kriptotizimlar deb yuritiladi. Ya’ni
shifrlash kalitidan faqat axborot atalgan odamgina foydalana olishi mumkin.
2. Asimmetrik kriptotizimlar. Assimetrik kriptotizimlarda bir-biriga matematik usullar
bilan bog‘langan ochiq va maxfiy kalitlardan foydalaniladi. Axborot ochiq kalit
yordamida shifrlanadi, ochiq kalit barchaga oshkor qilingan bo‘ladi,
shifrni ochish esa
faqat maxfiy kalit yordamida amalga oshiriladi, maxfiy kalit faqat qabul qiluvchigagina
ma’lum va uni ruhsatsiz foydalanishdan ishonchli himoyalashi zarur.
Asimmetrik
kriptotizimda axborotni himoyalash axborot qabul qiluvchi kalitining mahfiyligiga
asoslangan.
Kriptografik metodlardan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari – aloqa kanallari orqali
maxfiy axborotni uzatish (masalan, elektron pochta), uzatiladigan xabarlarni aslligini
o‘rnatish, ma’lumotlarni (hujjatlar, ma’lumotlar bazalari) ko‘chma
tashuvchi xotiralarda
shifrlangan shaklda saqlash.
Bugungi kunda deyarli barcha ma’lumotlar almashinish axborot texnologiya vositalari
orqali amalga oshirilmoqda. Bu esa o‘z navbatida, ushbu ma’lumotlarni boshqa begona
shaxslar tomonidan noqonuniy tarzda ko‘rish, o‘zgartirish va qayta yuborishga bo‘lgan
xatti-harakatlarni oldini olish va axborot xavfsizligini ta’minlashga bo‘lgan
ehtiyojni
yanada ortishiga olib keldi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, yurtimizda ma’lumotlarning axborot
xavfsizligini ta’minlashda kriptografik usullardan samarali foydalanish yuzasidan qabul
qilingan Hukumat qarorlari va davlat standartlari talablarini o‘z
vaqtida va sifatli
bajarilayotganligini ko‘rsatib o‘tish mumkin.