Mavzu: Elektron biznes va elektron tijoratda axborot xavfsizligi.
Reja:
1. Elektron tijoratda axborot xavfsizligi
2.Elektron biznes va uning xavfsizligi muammolari.
3. Kompyuter tarmoqlarida axborot xafvsizligini ta’minlash texnologiyasi.
Elektron biznes xaridor va sotuvchi orasidagi
aloqani tashkil etish, buyurtmani
ifodalash, muxokama qilish, o‘zgartirish, tovarlarni va xizmatlarni sotish usullarini
hamda
to‘lovni
amalga
oshirish
jarayonlarini
o‘zgartirish uchun yangi
texnologiyalardan foydalanadi. Hozirda elektron tijorat
va biznesning aksariyat-
muammolari axborot xavfsizligi bilan bog‘liq, ya’ni xavfsizlik muammolari electron
tijorat va biznes rivojidagi jiddiy to‘siq hisoblanadi. Har qanday tijorat
kompaniyasining boshqa kompaniyalar bilan yoki ushbu kompaniyaning bo‘limlari
orasida aloqa o‘rnatilishi zarur. Hozirda global Internet tarmog‘i o‘zining uzellari
o‘rtasida ishonchli va arzon axborot almashinuvini ta’minlaydi. Ochiq global Internet
tarmog‘i kanallaridan faol foydalanuvchi electron biznesning ishlashi jarayonida
ko‘pgina xavf-xatarlar paydo bo‘ladi. Internetdan foydalanish kanallari kompaniyaning
axborot resurslaridan chetdan foydalanishga imkon berishi mumkin. Kommunikatsion,
xususan HTTP - protocol asosidagi dasturlardan extiyotsizlik
bilan foydalanish
axborot tizimining ishga layoqatligini buzuvchi va yoki axborot tizimi ma’lumotlarini
buzuvchi maxsus dastur-"Troyan otlarining" kirishiga olib kelishi mumkin. Bu xil
dasturlarning ichida viruslar eng tarqalgan.O‘ziga xos malakali mutaxassislar
korporativ axborot tarmoqlariga bilinmasdan kirish uchun ko‘pincha umummaqsad
tarmoqlardan foydalanadilar. Elektron qutisining tez-tez ishlatilishi niyati buzuq
odamlarga elektron biznes bilan shug‘ullanuvchi tashkilot foydalananuvchilari
nomlarini
obro‘sizlantirishga
yordam
berishi
mumkin.
Foydalanuvchilar
ma’lumotlarini (ismlar, parollar, PIN- kodlar va h.) saqlovchi tizimining zaif joylarini
qidirishdan tarmoqda keng ishlatiluvchi maxsus dasturlardan foydalanish mumkin.
Internet konfidentsial axborotni dunyoning istalgan
nuqtasiga yuborishi mumkin,
ammo agar u yetarlicha himoyalanmagan bo‘lsa, ushlab qolinishi, usxalashtirilishi,
o‘zgartirilishi hamda har qanday chetdagi foydalanuvchilar -niyati buzuq odamlar,
raqiblar va oddiy qiziquvchilar tomonidan o‘qilishi mumkin. Masalan, yetarlicha
himoyalanmagan to‘lov topshirig‘i yoki kredit kartochka nomerini jo‘natayotganda
esda tutish lozimki, jo‘natish xususiy/shaxsiy tarmoq orqali amalga oshirilmayapti va
chetdagi foydalanuvchilar xabaringizni manipulyatsiya qilish imkoniyatiga ega.
Internet tarmog‘i mahsus paket, tamomila qonuniy paketlar, sonining xaddan tashqari
ko‘pilgi
uzatishdagi buzilishlar, tarmoq komponentlarining nosozligi tufayli ishga
layoqat bo‘lmasligi mumkin. Bunday xollar-xizmat qilishdan voz kechish‖ deb ataladi
va elektron tijorat uchun eng jiddiy tahdid hisoblanadi. Axborot xavfsizligi elektron
biznes tizimining eng muhim elementlaridan biri xisoblanadi va usullar va
vositalarning butun bir to‘plami yordamida ta’minlanishi shart.Elektron tijorat
sohasidagi savdo ko‘lami Internet xavfsizligi masalalaridan tashvishlangan xaridorlar,
sotuvchilar va moliya insitutlarining boshidan kechiruvchi qo‘rquvlari bilan
chegaralanadi. Bu qo‘rquvlar, hususan, quyidagilarga asoslanadi: -konfidentsiallikka
kafolatning yo‘qligi-kimdir ma’lumotlaringizni uzatilayotganida ushlab qolishi va
qiymatli axborotni (masalan, kredit kartochkangizning nomerini, tovar yetqazib berish
sanasi va adres) topishga urinishi mumkin; -amalda ishtirok etuvchilarni tekshirish
darajasining
yetarli
emasligi-
tranzaktsiya
qatnashchilari
tekshirilmaganida
tomonlarning biri-maskarad
uyushtirishi mumkinki, uning oqibati ikkinchi tomonga
ancha qimmatga tushadi.Masalan, xaridor saytga kirib undagi kompaniyaning
haqiqiyligiga shubha qiladi, shunday hol ham ro‘y berishi-mumkinki,
xaridor kredit
kartochkasining nomerini yetarlicha vakolatga ega bo‘lmagan shaxsga beradi; -
sotuvchida buyurtma bergan xaridor kredit kartochkasining qonuniy egasi
ekanliginining tekshirish imkoni yo‘q; -kredit kartochkasining bank-emitenti to‘lovni
bajarishga talab qo‘ygan sotuvchini tekshirishni istab qolishi mumkin; -ma’lumotlar
yaxlitligiga kafolat yo‘q-xatto ma’lumotlarni jo‘natuvchi indentifikatsiyalangan
bo‘lsada, uchinchi tomon ma’lumotlarni,
ular uzatilishi vaqtida, o‘zgartirish
imkoniyatiga ega. Axborot xavfsizligini ta’minlash nuqtai nazaridan elektron
tijoratning namunaviy qo‘llanilishini-Internet orqali maxsulotga va xizmatlarga ega
bo‘lishni ko‘raylik.