I B O ’LIM. OCHIQ KON ISHLARI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT.
l.l.tV o c h iq kon ishlarining mohiyah va asosiy tushunchalar.
Bevosita yyer yuzasida turib ochiq коп lahimlarida (transheya yoki yarim
transheyalarda) amalga oshiriladigan kon ishlari, ochiq kon ishlari nomi bilan
ataladi. Ochiq kon ishlarining asosiy maqsadi, foydali qazilma konlarini qazib
olish hisoblanadi. Ochiq kon ishlarini qo’llash orqali foydali qazilma konlarini
qazib olish usuli ochiq usulda qazib olish deyiladi. Foydali qazilmalami ochiq
usulda qazib oluvchi kon korxonasi karyer deb ataladi. Ko’mir va sochma
konlarni ochiq usulda qazib olish amaliyotida “karyer” termini o’rniga “razrez"
yoki “priisk” atamasi qo’llaniladi.
Ochiq kon ishlarini olib borish jarayonida konning yuza qismi buziladi va
yuzada sun’iy hosil qilingan yuza bilan chegaralovchi qazib olingan maydon
hosil bo’ladi. Kon lahimlari jamlanmasi bilan ifodalangan bu qazib olinean
maydon “karyer” nomi bilan ataladi. Shu tariqa, “karyer” tushunchasi xo’jalik
va texnik mazmunlarda qo’llanilishi mumkin. Qazib olingan maydonning
ahamiyatli o ’lchamlarida (hozirgi zamon karyerlarida qazib olingan maydon
yuzlab million metr kub hajmga ega va bir necha yuz metr chuqurlikka yetadi)
karyer atroflni o ’rab turgan tog’ jinsi massivining tabiiy muvozanati buziladi.
Bu esa, karyeming yon yuzasini deformastiyasiga (o’pirilishi va qulashi ), kon
ishlarini normal olib borilishini buzilishi va avariyaga olib keladi. Bunday
oqibatlarga y o ’l qo’ymaslik uchun karyeming yon yuzasiga ularning
turg’unligini oshirish uchun m a’lum bir qiyalik hosil qilinadi. Shunga bog’liq
holda, ochuvchi va qoplovchi deb ataluvchi, foydali qazilmani qoplab va unga
aralashib turgan tog’ jinsining ancha hajmini olib tashlash zarurati paydo
bo’ladi. Hozirgi zamon karyerlarida tashiladigan qoplovchi jinslaming yillik
hajmi o ’nlab million metr kubni tashkil etadi va odatda, qazib olinadigan foydali
qazilma hajmidan ko’p marotaba oshadi. Foydali qazilma, qoplovchi tog’ jinsi
karyerdan yyer yuzasiga chiqariladi. Foydali qazilma qulay joylashgan
sharoitlarda massivdan ajratib olingan qoplovchi tog’ jinsi karyerdan tashqariga
S
chiqarilmasligi ham mumkin, balkim, uni qazib olingan maydonga joylashtirish
mumkin.
Karyer chegarasida tog’ jinsi m assivini (qoplovchi tog’ jinsi va foydali
qazilm a) qazib olish gorizontal yoki uncha qiya bo ’lmagan qatlamlar bilan
am alga oshiriladi. Qatlamlar odatda m aydondagi ishlardan va quyida joylashgan
qatlam dan vaqt b o ’yicha kechikkan holatda parallel ravishda olib boriladi. Shu
tariqa, karyeming yon yuzasi pog’ona shaklini egallaydi. Qazib olinadigan to g ’
jinsi massivini qatlamlarga b o ’linish zarurati quyidagi faktorlar bilan aniqlanadi:
• chegaralangan qatlam chegarasidagi to g ’ jinsini olish (qazib olish)ni
am alga oshiruvchi kon m ashinalarining chegaralangan o ’lchamlari bilan:
■ qazib olinayotgan massivda turli fizik-texnik va sifat xarakteristikalariga
ega b o ’lgan qatlamlarning m avjudligi bilan;
■ ancha baland bo’lgan ochilib qolgan to g ’ jinsi massivining o ’pirilish
xavfining yuqoriligi bilan.
Planda ochiq kon lahimlarining aham iyatli o ’lchamlari va balandligi
b o ’yicha chegaralanishning mavjud em asligi ochiq kon ishlarida yuqori texnik-
iqtisodiy ko ’rsatkichlar bilan ta’m inlovchi quvvatli kon transport uskunalarini
q o ’llash uchun qulay sharoit yaratadi. Kon ishlab chiqarishning barcha zvenolari
aniq tashkil etilganda va yuqori m alakali kadrlar mavjud bo ’lgandagina
uskunalam i samarali qo ’llash mumkin.
Q o’llaniladigan uskunalarning turlari bo ’yicha ochiq kon ishlarini ishlab
chiqarishning ekskavatorli va gidravlik usullari farqlanadi. Ekskavatorli usulda.
turli
uskunalar - burg’ulash stanoklari, yumshatgichlar, ekskavatorlar,
yuklagichlar, skreperlar, buldozerlar, g ’ildirakli va konveyer transportlari
ishlatiladi.
Gidravlik
usulda
esa,
asosiy
ishlab
chiqarish jarayonlari
harakatlanuvchi suvning energiyasi orqali am alga oshiriladi. Ushbu maqsadda
m axsus uskunalar - gidromonitorlar, zem l^soslar va b. Qazib olishning gidravlik
usuli, faqatgina qulay kon-geologik va iqlim sharoitlarida qo’llaniladi (asosan,
etarlicha suv miqdori va gidroag’darm alarga joylashtirish uchun maydonlar
mavjud b o ’lganda yumshoq tog’ jinslarini qazib olishda qo’llaniladi). Ushbu
dars iikda qazib olishning e k j j u ^ ^ r l i usuli ifoda etilgan.
|