metodik qo‘llanma
5-sinf darsligi bo‘yicha
128
Bajara olasiz: Dazmol bilan ishlash
instruksiyasiga amal qilgan
holda namlabisitish jarayonini bajarasiz.
Bosim ostida namlabisitib ishlov berish jarayoniga dazmollash
deyiladi. Dazmollash kiyimni tikishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Dazmollash jarayonidan qancha tо‘g‘ri
foydalanilsa, ish sifati shun cha
lik yaxshi bо‘ladi. Namlab isitish jarayoni uch bosqichdan iborat bо‘ladi:
1.
Tolalarni namlik va issiqlik bilan yumshatish;
2. Bosim bilan ma’lum shakl berish;
3. Issiqlik va bosim yordamida namlikni ketkazish va buyumni shaklini
mustahkamlash. Namlab-isitish jarayonini
kiyimni tikishning barcha
bosqichlarida (bichishdan oldin gazlamani dazmollash,
mashina
chokini berishdan oldin, mashina chokidan keyin, yakuniy pardozlash
jarayonida) ishlatiladi. Namlabisitish orqali kiyimning detallari tekis
lanadi, burchaklar hosil qilinadi, kiyimning
etak qismlariga kerakli
forma beriladi. Zamonaviy namlabisitish vositalarida bug‘ berish, suv
purkash hamda xavfsizlikka moslashgan (avtomat о‘chirish)funksiyalari
о‘rnatilgan. Bu esa kiyimni sifatli dazmollanishiga yordam beradi.