metodik qo‘llanma
5-sinf darsligi bo‘yicha
40
Qo‘llaniladigan resurslar
Tarqatma
vazifalar
Taqdimot
Videodars
Internet-
resurs
11–12mavzu. pptx 11–12mavzu. avi http: //www.dr.rtm.uz
Yangi mavzu bayoni. (50 daqiqa)
Yangi mavzu bo‘yicha taqdimot namoyish qilinadi. Diqqat bilan
taqdimotni kuzating va beriladigan topshiriqlarga javob bering.
Daftarga yozib oling!
Yog‘ochga ishlov berish mashg‘ulotlari maktabning duradgor
lik ustaxonasida o‘tkaziladi. Unda har bir o‘quvchiga doimiy ish o‘rni,
ya’ni xonaning dastgoh o‘rnatilgan muayyan qismi ajratiladi.
Uskuna va moslamalar — duradgorlik dastgohi, suriluvchi quti,
shkaf, asbobuskuna uchun javon, himoya ko‘zoynagi, chizmalar,
texnik rasmlar, mexanizmlar, asbobuskunalar to‘plami.
Siz texnologiya fani mashg‘ulotlariga maxsus ish kiyimlarida
kelishingiz kerak: bosh kiyimi bo‘lgan xalat yoki fartuk.
Yangi mavzuni mustahkamlash. (15 daqiqa)
O‘quvchilar duradgorlik o‘quv ustaxonasi to‘g‘risidagi ma’lu
motlarni daftarga ko‘chirib oladilar.
Uyga vazifa berish. (5 daqiqa)
Darslikdagi 15–16betlar: 6§ ni o‘qish va mustahkamlash uchun
berilgan savollarga javoblarni tayyorlash.
13–14-dars. YOG‘OCHGA ISHLOV BERISHDA ISH O‘RNINI
TASHKIL ETISH VA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI
1-amaliy mashg‘ulot.
DURADGORLIK DASTGOHIGA ISH QISMLARINI
MAHKAMLASH USULLARINI O‘RGANISH. (2 soat)
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: yog‘ochga ishlov berishda ish o‘rnini tashkil etish va
xavfsizlik texnikasi qoidalari haqidagi bilimlarni o‘rgatish.
Tarbiyaviy: yog‘ochga ishlov berishda ish o‘rnini tashkil etish va
xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilish madaniyatini rivojlan tirish.