metodik qo‘llanma
5-sinf darsligi bo‘yicha
42
Amaliy mashg‘ulot. (40 daqiqa)
Duradgorlik dastgohiga ish qismlarini mahkamlash usullarini
o‘rganish ishlariga rahbarlikni amalga oshiradi
hamda amaliy mash-
g‘ulotga oid plakatlar, taqdimot va videoro liklarni namoyish qiladi.
Amaliy mashg‘ulotni ishni bajarish
tartibi asosida jihozlardan
xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilgan holda foydalanib tash kil
qiladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash. (5 daqiqa)
Mavzuga oid savoljavob va “Step by Step — qadambaqadam”
musobaqa usulidan foydalanib amaliy mashg‘ulotni mustahkamlash.
Uyga vazifa berish. (5 daqiqa)
Darslikdagi 17–18betlar: 7§ ni o‘qish va xavfsizlik texnikasi
qoidalari daftarga yozib kelish.
15–16-dars. YOG‘OCH KONSTRUKSION MATERIAL SIFATIDA.
ASBOB-USKUNA VA MOSLAMA TURLARI. (2 soat)
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: yog‘ochdan
olinadigan mahsulotlar, daraxtning tuzi
lishi, yillik halqalari, yog‘och teksturasi, nuqsonlari, asbobuskuna va
moslama turlari haqidagi bilimlarni o‘rgatish.
Tarbiyaviy: yog‘ochning tuzilishi,
turlari va undan olinadigan
mahsulotlarni isrof qilmasdan asbobuskuna va moslama yorda mi da
buyumlar tayyorlash.
Rivojlantiruvchi: yog‘och materiallaridan va asbobuskuna va
moslamalardan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Kasbga yo‘naltiruvchi maqsad: o‘quvchilarni yog‘ochga
ishlov
berish sohasiga oid kasblarga yo‘llash.
Darsning texnologik xaritasi
I. Tashkiliy qism
(10 daqiqa)
Salomlashish, davomatni
aniqlash,
navbatchini tayinlash, o‘quvchilarning
darsga
tayyorgarlik darajasini nazorat qilish, uy
vazifasini
tekshirish
Darsning shakli
nazariy
O‘qitishning usul
va
texnologiyalari
suhbat, savoljavob, “O‘yla, izla, top!”,
“Tushunchalar tahlili” usullari
O‘qitish shakllari
individual, frontal, jamoa
bilan ishlash