|
O‘. O. Tohirov, D. S. Mirahmedova, Z. S. Shamsiyeva texnologiya metodik qo‘llanma umumiy o‘rta ta’lim maktablariningBog'liq 5-sinf Texnologiya METODIKA metodik qo‘llanma
5-sinf darsligi bo‘yicha
44
Yangi mavzuni mustahkamlash. (15 daqiqa)
Daraxt qismlaridan olinadigan mahsulot nomlarini quyidagi jad-
valga yozib chiqing.
Shoxlar
Po‘stloq
Tana
Ildiz
Karton,
yog‘och
plitalari
(DVP, DSP),
yoqilg‘i va
boshqalar
Yoqilg‘i,
kimyoviy
moddalar va
boshqalar
Yog‘och, ustun,
selluloza, yoqilg‘i,
qog‘oz, faner, mebel,
gugurt, qalam,
sport anjomlari,
musiqa asboblari va
boshqalar
Kamfora moyi,
skipidar, kanifol,
selluloza,
yog‘och plitalari
(DVP, DSP) va
boshqalar
Uyga vazifa berish. (5 daqiqa)
Darslikdagi 19–29betlar: 8–9§ ni o‘qish va 23, 29betlarda beril
gan mustahkamlash uchun savollarga javoblarni daftarga yozib kelish.
17–18-dars. YOG‘OCHGA ISHLOV BERISH STANOKLARI VA
ULARNING TURLARI. YOG‘OCH MATERIALLARIDAN BUYUM YASASH
BOSQICHLARI. (2 soat)
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: STD–120 tipidagi yog‘ochga ishlov beruvchi tokarlik
stanogi tuzilishi va yog‘och materiallaridan buyum yasash bos qichlari
haqidagi bilimlarni o‘rgatish.
Tarbiyaviy: yog‘ochga ishlov beruvchi tokarlik stanogida yo g‘och
materiallaridan buyum yasash bosqichlari bo‘yicha ishlarni tashkil
qilishda o‘zaro hurmat hissini shakllantirish va xavfsizlik texnikasi
qoidalariga amal qilish.
Rivojlantiruvchi: yog‘ochga ishlov beruvchi tokarlik stanogida
ishlarni tashkil qilish, buyum yasash bosqichlari asosida yog‘ochga
ishlov beruvchi tokarlik stanogida ishlashni o‘rganish.
Kasbga yo‘naltiruvchi maqsad: yog‘ochga ishlov berish soha siga
oid kasblarga yo‘llash.
Darsning texnologik xaritasi
I. Tashkiliy qism
(10 daqiqa)
Salomlashish, davomatni aniqlash,
navbatchini tayinlash, o‘quvchilarning darsga
tayyorgarlik darajasini nazorat qilish, uy
vazifasini tekshirish
Darsning shakli
nazariy
|
| |