|
O‘. O. Tohirov, D. S. Mirahmedova, Z. S. Shamsiyeva texnologiya metodik qo‘llanma umumiy o‘rta ta’lim maktablariningBog'liq 5-sinf Texnologiya METODIKA Taqdimot
Videodars
Internet-
resurs
41–42mavzu. pptx 41–42mavzu. avi http: //www.dr.rtm.uz
Amaliy mashg‘ulot. (70 daqiqa)
Polimer loyidan kitobcha shaklidagi brelok yasash haqida ma’lu-
mot beriladi.
Polimer loyidan kitobcha shaklidagi brelok yasash ishlari indi-
vidual ravishda tashkil qilinadi. Har bir bosqich bo‘yicha ishni bajarish
tartibi va xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishtiriladi.
Yangi mavzu bo‘yicha plakatlar, taqdimot va ish jarayoniga oid
videoroliklar namoyish qilinadi.
Yangi mavzuni mustahkamlash. (5 daqiqa)
Amaliy mashg‘ulot mavzusiga oid qisqa savoljavob bahsmuno
zara ko‘rinishida tashkil qilinadi va o‘quvchilarning ba jargan ishlari
tahlil qilinib baholanadi.
Uyga vazifa berish. (5 daqiqa)
Polimer loyidan kitobcha shaklidagi brelok yasash ishlarini baja-
rishni o‘rganish uy-ro‘zg‘orda qanday ishlarni bajarishda foyda lanish
mumkinligini o‘rganish.
43–44-dars. 3D RUCHKADA HAR XIL
UCH O‘LCHAMLI OBYEKTLAR YASASH
10-amaliy mashg‘ulot.
3D RUCHKADAN FOYDALANIB TURLI GEOMETRIK
SHAKLLAR YASASH. (2 soat)
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: 3D ruchkada har xil uch o‘lchamli obyektlar, turli geo
metrik shakllar yasash haqidagi bilimlarni o‘rgatish.
Tarbiyaviy: ish o‘rnini to‘g‘ri tashkil qilish madaniyatini shakl-
lantirish.
Rivojlantiruvchi: 3D ruchkada har xil uch o‘lchamli obyektlar, turli
geometrik shakllar yasashning eng samarali usullaridan foyda lanish
ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Kasbga yo‘naltiruvchi maqsad: polimer materiallarini ishlab chi-
qarish va qayta ishlash hamda informatika va axborot texnolo giyalari
sohasiga oid kasblarga yo‘llash.
|
| |