metodik qo‘llanma
5-sinf darsligi bo‘yicha
108
Afzallik — Qо‘l yuritmali tikuv mashinasi
bilan elektr yuritmali
tikuv mashinasini afzallik tomonlarini qiyoslash.
Fazilat — Zamonaviy tikuv mashinasining ijobiy sifatlari.
Nuqson — Qо‘l yuritmali tikuv mashinasi bilan elektr yuritmali
tikuv mashinasini nuqsonlarini qiyoslash.
Xulosa — muayyan bir fikrga, mantiqiy qoidalar bо‘yicha dalildan
natijaga kelish.
Guruhlar xulosalaridan sо‘ng olingan
bilimlar tartibga solinadi,
mashg‘ulot yakunlanadi.
V. Darsni yakunlash. (5 daqiqa)
Dars jarayonida faol ishtirok etgan о‘quvchilar bilimi baholanadi.
Darslikda keltirilgan savollarga javob yozib keladilar.
Quyidagi jadvalni ham tо‘ldirib kelish.
Tikuv mashinasi va ularning tuzilishi haqida fikringiz.
Bilar edim
Bilib oldim
Bilishni
xohlayman
Keyingi darsga amaliy mashg‘ulot uchun kerakli bо‘lgan mate
riallarni olib kelish topshirig‘i beriladi.
21–22-dars. 7-amaliy mashg‘ulot.
TIKUV MASHINASINI ISHGA TAYYORLASH VA IPSIZ
TIKISH. (2 soat)
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: Tikuv mashinasini ishga tayyorlash va ipsiz tikishni о‘r
gatish.
Tarbiyaviy: Gazlamani ipsiz tikishga tayyorlashda, estetik, iqtisidoy
va gigiyenik talablarga rioya qilishni о‘rgatish.
Rivojlantiruvchi: Tikuv mashinasida о‘tirish
va tikish jarayonida
moslashuvni shakllantirish.