Agar boshqarish sistemasi bitta fizik parametr (yoki shu kabi kichik sonli) bilan
amalga oshirilsa, u oddiy boshqarish sistemasi deyiladi.
Oddiy sistemalar quyidagi turlarga bo`linadi:
1. Informatsion – o`lchovchi sistemalar. Ularning asosiy vazifalari o`lchash va
informatsiyani insonga, eXMga, qayd qilishga uzatish. Bunday sistemalarning
murakkabligi o`lchanayotgan parametrlardan kelib chiqib, juda murakkab
harakteristika olish lozim bo`lganda o`sadi, masalan, majmua apparaturalari holatini
bashorat qiluvchi davriy avtomatik nazorat sistemalarida.
2. Teleo`lchov (uzoqlikni o`lchash) sistemalari. Birinchi turdagi sistemalardan
informatsiyani masofaga uzatish bilan farq qiladi, masalan, energetik tarmoqning turli
qismlaridagi chastotalarni o`lchash sistemasiga uzatish.
3. Informatsiyalarni o`zgartirish sistemalari (masalan, telegrafli).
4. Informatsiyani o`zgartirish sistemalari (masalan, tekshirilayotgan tasodifiy
mikdorlarni harakteristikalarini aniqlash sistemasi).
5. Boshqarish sistemalari (masalan, pechdagi haroratni qo`lda boshqarish ).
6. Dasturiy boshqarish sistemalari (masalan, andoza – nusxa – detal‘ sistemasi).
7. Teleboshqaruv sistemalari.
8. Rostlash sistemalari. Bu tipdagi sistemalarga boshqarish ob`ekti uchun
parametrning haqiqiy va talab qilingan qiymati bo`yicha boshqaruvchi ta`sir ishlab
chiqaruvchilar kiradi, ya`ni yopiq strukturali sistemalar, masalan, generator
chastotalarini rostlash yoki sel‘sinlardagi o`zgartkichli pozitsion kuzatish sistemalari.
9. Telerostlash sistemalari.
Ba`zida sistemalarning turli ko`rinishlar aro chegara o`tkazish mushkul bo`ladi.
Bunday hollarda sistemalar texnik topshiriqning echilishiga muvofiq, asosiy
vazifadan kelib chiqib, u yoki bu turga kiritiladi.