|
Avtomatik qurilmalari sistemasining tasnifiBog'liq LJAA fani ma\'ruzalar11.2 Avtomatik qurilmalari sistemasining tasnifi.
Qurilmalarning tasnifi va ta`rifi turlicha bo`lishi mumkin. Ularni funktsional
vazifalariga ko`ra quyidagi funktsional guruhlarga ajratish mumkin.
1. Nazorat informatsiyalarini qabul kiluvchi qurilmalar. Bu guruhni elektrik va
noelektrik mikdorlarni o`lchovchi o`zgartkichlar tashqil qiladi.
2. Nazorat informatsiyalarini uzatuvchi qurilmalar. Bunga signallarni sath va
ko`rinishlarini o`zgartkich qurilma, modulyatorlar demodulyatorlar, shifratorlar,
deshifratorlar, aloqa chiziqlari va shu kabilar kiradi.
3. Boshqaruvchi signallarni ishlab chiqaruvchi va informatsiyani o`zgartiruvchi
qurilmalar. Bu guruh qurilmalari juda murakkab bo`lib, informatsiyani saqlash va
arifmetik – logik o`zgartirishlarni amalga oshiradi. Aynan shu guruh qurilmalari
dasturiy hisoblash texnikasi vositalarini qo`llanilishida, bir qancha eXMlardan iborat
sistemalar yoki boshqaruvchi hisoblash mashinalarigacha qo`llaniladi.
4. Buyruk informatsiyalarini uzatish qurilmalar. Ularning ko`pchiligi ikkinchi
guruhdagilar bilan umumiy, lekin bu erda energetik muammolar juda muhimdir.
5. Buyruq informatsiyalarni bajaruvchi qurilmalar. Bu guruhda turli dvigatellar,
elektromagnitlar, muftalar, kontaktorlar va shu kabilarni qo`zg‘atish uchun
qo`llaniladi.
1-rasmda muvofiq BT va BO larni birgalikdagi ishini qurilmaning ajratilgan
funktsional guruhlari bilan bog‘langan holda aniqlik kiritish mumkin.
(2-rasm). Qurilmalarning guruh raqami 2-rasmdagi 5 ta ajratilgan guruhlarga mos
keladi.
Qurilmani bitta umumiy funktsional o`zgartirish vazifasini bajaruvchi element
yig‘indisi kabi ta`riflash mumkin.
elementni bir o`zgartirish operatsiyasini bajaruvchi, konstruktiv umumiy
detallarning yig‘indisi deb tushunish mumkin.
Quyida hisoblash texnikasini elementlarga, qurilmalarga, sistemalarga bo`linishi,
avtomatika vositalari sistemalarini shartli bo`linishlarga e`tibor qaratiladi.
Integral texnologiyaning juda tez rivojlanishi keltirilgan tasnif chegaralarini
uzluksiz uzgartiradi.
|
| |