• 2. Mashgulotning tarkibi 2.1. Nazariy qism MOXOV. TERI SILI. TERI LEYShMANIOZI.
  • Fanlararo va Fan ichidagi bogliklik




    Download 1.21 Mb.
    bet4/8
    Sana24.03.2017
    Hajmi1.21 Mb.
    #1899
    1   2   3   4   5   6   7   8
    1.Fanlararo va Fan ichidagi bogliklik

    Shu mavzuni ukitish talabalarning terini anatomiyasi, gistologiyasi, patogistologiya, normal va patologik fiziologiyasi buyicha olgan bilimlariga asoslanadi.

    Dars davomida olingan bilimlar teri tanosil kasallliklarni urganishda va boshka klinik yunalishlarda kerak buladi.
    2. Mashgulotning tarkibi

    2.1. Nazariy qism
    MOXOV. TERI SILI. TERI LEYShMANIOZI.
    Teri sili.

    Teri sili umumiy organizmdagi sil infekstiyasining bir ko’ri-ni-shi bo’lib, odatda bor ichki a’zolarni tuberkulyoz jaroҳatidan, aksa-riyat ichki superinfekstiyalanish natijasida teriga tarqalib vujudga keladi. Tekshirganda, umumiy tuberkulyozga xos bemorning tashqi ko’rinishi va ichki a’zolar yalliglanishining obektiv belgilariga qo’shimcha, terida o’ziga xos toshmalar, ya’ni do’mboqchalar borligi aniqlanadi. Teri sili bugungi kunda juda kam uchraydi. Lekin keyingi yillar ko’p davlatlarda ijtimoiy kasalliklarini epidemik ҳolatda oshib ketishi va ular ichida sil kasallikning ҳam ko’payishi albatta ertaga terining spestifik yalliglanishini, ya’ni teri sili oshib ketishiga keltiradi.

    Etiologiyasi. Mycobacterium tuberculosis (Kox ,1882 y.) spirt va kislota ta’siriga juda chidamli tayoqcha bo’lib, bemorning ajralmasida ko’p miqdorda topiladi. Lekin sil kam yuqumli, surunkali, sekin rivojlanib kechadigan kasalliklar guruҳiga kiradi.

    Teri silining klinik ko’rinishlari xilma xil bo’lib, ko’proq mikobakteriyaning virulentligi va uning turi, organizmning immuniteti va kurash qobiliyati, bemorning meҳnat va turmush sharoitlari, ovqatlanish sifati bilan bogliq bo’ladi.

    Teri silini ikki guruҳga ajratadilar:

    1. Chegaralangan (sil yugirigi, ya’ni oddiy volchanka, skrofuloderma, so’galsimon, yarali, sil shankr) teri sili.

    2. Tarqalgan (papulo-nekrotik, Bazen indurativ eritemasi, lixensimon, milliar tarqalgan volchanka, o’tkir tarqalgan milliar) teri sili.

    Amaliyotda, umumiy amaliyot shifokori, bemordagi belgilarga (do’mboqcha) asoslanib sil kasalligini aniqlab yoki borligidan shub-ҳa-lanib, mutaxassisga yuborsa, u katta yordam bergan bo’lardi. Chunki teri silining turlarini bir-biridan ajratish va davolash ko’proq ftiziatr yoki dermatovenerolog mutaxassislarning vazifasidir.

    SIL YuGIRIGI (sil volchankasi)

    Sil yugirigi – teri silining eng ko’p uchraydigan turi bo’lib, asosan, yoshlikdan boshlanib, ko’proq bemorning yuzidagi terisini ja-roҳatlaydi. Ko’p xalqlar, qolaversa olimlar eski davrdan, bu teridagi xunuk jaroҳat o’choglarini bo’ri gajigan inson terisiga o’xshatib, kasallikka “volchanka” deb nom berganlar. Shunday qilib, asosiy jaroҳatlar bemorning yuzida bo’lsa, ayrim bemorlarda qo’l-oyoqlarda yoki tanada joylashishi mumkin. Toshmalar odatda avval terida yoki burunning shilliq pardalarda paydo bo’lib, keyinchalik atrofga tarqalib ketishi mumkin.

    Klinikasi. Tuberkulez do’mboqchalari (lyupomalar) chuqur joylashib, boshlanishda sariqsimon-qizil rangli, mayda 2–5 mm kattalikdagi, aniq chegarali dog bo’lib ko’rinadi.

    Bir necha oylar o’tib, yalliglanish kuchayadi va do’mboqchalar teri satҳidan aniq ko’tarilib ko’zga tashlanib turadigan bo’ladilar. Do’mboqchalarni paypaslaganda yumshoq konsistenstiyaligi aniqlanib ular odatda ogriqsiz kechadi. Vaqt o’tib ular kattalashib bir-biri bilan qo’shilib ketishi mumkin. Do’mboqchani buyum oynasi bilan bosilsa (diaskopiya usuli), yalliglangan o’choqdagi qon tomirlar qisqarib qonsizlangani oqibatida toshmalar rangi o’zgaradi va sariq-si-mon-qizil rangli do’mboqchalar ko’proq oqish-sariq ko’rinishga ega bo’ladi va olma jelesini eslatadi (olma jelesi simptomi). Ikkinchi tuberkulyozga xos bo’lgan simptom yoki Pospelov A. siptomini (zond tushib ketishi simptomi) aniqlash uchun, o’tmas zond bilan do’mboqcha ustidan bosiladi. Bemor terisida kollagen va elastik tolalari kasallik oqibatida parchalangan bo’lgani uchun ular, epidermisdan o’tgandan keyin, qarshilik ko’rsatmasdan bosilgan zond teriga engil kirib ketishiga asos bo’ladi.

    Tashxisi.

    1. Bemorning tashqi ko’rinishi.

    2. Ichki a’zolar tuberkulezi.

    3. Teridagi do’mboqchalardan iborat toshmalar va klinik belgilar (olma jelesi va zond tushib ketish simptomlari).

    4. Teri biopsiyasi (granulema, kazeoz nekrozi).

    5. Sil mikobakteriyalarni izlash.

    Differenstial tashxisi:

    1. Lepra.

    2. Syphilis terciaria tuberculosa.

    3. Leishmaniosis cutis.

    SKROFULODERMA (Scrofuloderma)

    Skrofuloderma yoki kollikvativ teri sili tez uchrab turadigan va ko’proq yosh bolalar orasida tarqalgan. Kasallik ko’proq o’pka va boshqa ichki a’zolardagi sil o’choqlaridan teriga ikkilamchi tarqalib, ko’pda limfatik tomirlar bilan bogliq bo’ladi.

    Klinikasi. Skrofulodermada sharsimon, diametri 1–3 sm lik, teri osti yog kletchatkasida va ko’proq limfatik tomirlar yo’nalishi bo’yicha joylashgan tugunlar aniqlanadi. Ularning soni bittadan bir nechagacha etishi mumkin. Ular qattiq konsistenstiyalik, ҳarakatchan bir-biri bilan bogliqsiz va ogriqsiz bo’ladi. Ustidagi teri o’zgar-magan. Keyinchalik tugunlar kattalashib atrofidagi to’qimalar va teri bilan qo’shilib ҳarakatchanligini yo’qotadi, ustidagi teri ko’kimtir-binafsha rangga kiradi. Vaqt o’tgach tugunlar yumshab, ustidagi teri yupqalashib flyuktuastiya rivojlanadi va bir yoki bir nechta joydan yorilib (svish) ko’p teshikli yaralar paydo bo’ladi. Yaralarning qirralari chuqur va yumshoq, notekis, osilib turgan bo’ladi va tezda qon qo’shilib ko’p miqdorli yiring ajratishi xarakterlidir. Keyinchalik yaralarda sariqsimon granulyastiyalar paydo bo’lib ustida cho’ntakchalar vujudga keladi va ularning to’qimalari engil parchalanib, uzilib turadi. Yaralar yaxshi bo’lib ustida turli xil o’siqlari bor, notekis xarakterli chandiqlar ҳosil qiladi. Ayrim sabablarga ko’ra kasallik qayta rivojlansa, chandiq ustida yangi toshmalar vujudga kelishi mumkin. Bemorning umumiy aҳvoli deyarli buzilmaydi.

    Differenstial tashxisi:

    Syphilis gummosa.

    Ectima vulgaris.

    Gidroadenitis.

    Teri silini davolashda va profilaktikasidagi ҳarakatlar:

    1. Umumiy sil jaroҳatlarini izlab butun organizmni davolash (PASK, streptomistin, rifampistin, ftivazid, tubazid);

    2. Organizmning umumiy quvvatini oshiradigan ҳarakat (sifatli ovqatlanish);

    3. Atrof muҳitdagi negativ ijtimoiy-iqtisodiy omillar aҳamiyatini bartaraf etishga qaratilishi lozim.

    TERI LEYShMANIOZI.

    BOROVSKIY KASALLIGI (Leishmaniosis cutis)

    Teri leyshmaniozi – endemik, parazitar, yuqumli transmissiv kasallik. Kasallik vujudga kelishi uchun albatta infekstiya rezervuaridan (bemor odam yoki ҳayvon) moskit (infekstiya tashuvchi) qon bilan birga kasallik qo’zgatuvchisini (Leishmania tropica) yutib olishi kerak va keyinchalik bu moskit sog odamni chaqib unga yuqtirishi mumkin.

    Epidemiologiyasi. Leyshmaniozga qarshi kurashdagi yutuqlarning asosiy qismi ҳududimizda xizmat qilgan olimlar va mutaxassislar nomlari bilan bogliq. Vissteral va teri leyshmaniozining shaҳar turlari to’liq yo’qotilgan bo’lsa, teri leyshmaniozining qishloq turi respublikamizda bugungi kunda faqat manbai bor joyda, ya’ni kemiruvchilar yashaydigan cho’l, qumlik voҳalarida uchraydi. Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpo-giston respublikasining ayrim cho’l voҳalarida, asosiy infekstiya-ning saqlovchilari ichidan ko’proq qizil dumli qumsichqoni va nozik oyoqli yumronqoziq tanildi. Ulardan odamga, qon so’rib olish vaqtida infekstiyani yuqtiradigan, kasallikni tashuvchi bo’lib chivin (moskit) Phlebo-to-mus papatachi topildi. Oldingi yillarda ko’p tarqalgan teri leysh-maniozining bugun kam uchrashining asosiy sababi bo’lib keltiril-gan kasallikni epidemiologik zanjirini aniqlab, uning uzishga qara-tilgan ҳarakatlar bo’ldi.

    Klassifikastiyasi. Teri leyshmaniozining shaҳar turi (sinonimlari birinchi tip, kech yaralanadigan, ashxabadka, kokandka, yil yarasi), qishloq turi (ikkinchi tip, o’tkir nekrozlanadigan, pendinka, murgab yarasi) va uchinchi tip yoki tuberkuloid leyshmaniozini ajratadilar.

    Klinikasi. Moskitning qon so’rib terini jaroҳatlagan joyida keyinchalik, inkubastion davri o’tib kasallikka mos toshmalar, ya’ni leyshmaniomalar paydo bo’ladi. Odatda, moskit bir o’tirganda, sak-rab-sakrab terining bir necha joyida qon so’rar ekan va ҳar chaqqan joyida keyinchalik leyshmanioma paydo bo’lib, bemorning terisida bittadan bir necha yuz leyshmaniomalargacha bo’lishi mumkin. Leyshmaniomalar soniga qarab epidemiologik ҳolatga baҳo berish mumkin.

    Leyshmaniozning qishloq turi qisqa 2–3 ҳaftalik inkubastion davrdan keyin, terida birinchi kundan, o’tkir yalliglanish belgilari bilan kechadigan furunkulsimon tugun yoki shaҳar leyshmaniozidagidek do’mboqchalar bilan boshlanishi mumkin. Bu leyshmaniomaning markazidan 1–2 ҳafta o’tgach nekroz ҳosil bo’lib, bu erda notekis, chuqur chegarali yara vujudga keladi. Yaraning shakli noto’gri oval bo’lib, notekis tubi sargish-kulrang nekrotik parda bilan qoplangan bo’lishi mumkin. Paypaslaganda yaraning tagida va yaqin atrofida xamirsimon bo’sh infiltrat aniqlanadi. Ayrim ҳolatlarda, qo’shimcha jaroҳat oqibatida bemor ogriqqa shikoyat qilishi mumkin. Leyshmaniomadan bir necha santimetr uzoqlikda, mayda ikkilamchi leyshmaniomalar, ya’ni tugunchalar (“bugorki obsemeneniya”) paydo bo’lib, yaralanib va keyinchalik bir-biriga qo’shilib ketishi mumkin. Leyshmaniozning ikki turiga ҳam ogriqsiz regionar limfa tomirlarning yalliglanishi xarakterlidir va bu tomirlarning ustki qismi notekis-ligi bilan tasbeҳni eslatib turadi (“tasbeҳ simptomi”).

    Leyshmaniozning qishloq turida yaralar tezda (2–3 oy) 4–6 sm va undan kattaroq bo’lib, atrofida ko’tarilib turgan valiksimon infiltrat (ҳalqa) bilan ajralib turadi. Keyinchalik yara nekrozlardan tozalanib, ustida baliqning qizil tuxumlarini eslatadigan granulyastiyalar rivojlanadi va yuqoriga o’sib ketadi. Bemorda “baliqning qizil ikrasi” simptomiga xos ko’rinish rivojlangani – yaralar tezda yaxshi bo’lib ketishining belgisi bo’ladi.

    Yaraning o’rnida paydo bo’lgan chandiq, ko’p yillardan keyin ҳam bemorning leyshmanioz bilan kasallanganini ko’rsatib turadi. Bu atrofik chandiq shtamp qo’yilgandek aniq chegarali, usti tekis va yaltiroq, chegara qirrasi notekis festonsimon, atrofida vaqtinchalik giperpigmentastiya ҳam bo’lishi mumkin. Shunday qilib o’tkir nekrozlanadigan qishloq leyshmaniozida birinchi toshmalar vujudga kelgandan to yaralar bitgungacha 2–3 oydan 5–6 oy o’tishi mumkin. Shaҳar leyshmaniozida bu davr o’rtacha 1 yilga teng bo’ladi va oldindan, ko’p xalqlar bu kasallikga “yil yarasi” deb nom berishlariga asos bo’lgan.

    Immunitet paydo bo’lishi Shaҳar xili bilan kasallangan bemor qishloq xili bilan yana kasallanishi mumkin Qishloq xili bilan kasallangan bemor boshqa kasallanmaydi

    Profilaktikasi. Kasallanish faqat yilning issiq, chivinlar ko’p uchadigan oylarda, ya’ni may – noyabrda uchraydi. Kasallikning oldini olishga qaratilgan turli ҳarakatlar maqsadi faqat keltirilgan epidemiologik zanjirlarni buzishga qaratilishi lozim. Ya’ni, qishloq leyshmaniozida bu ҳarakatlar infekstiya rezervuari bo’lmish kemiruvchilarni yo’q qilmoq zarur yoki infekstiya tashuvchisi moskit-larni yo’qotish kerak yoki sog odamlarni bu chivindan ҳimoya qilish lozim. Mutaxassis bor imkoniyatlarini va ҳududdagi epidemiologik ҳolatni ko’zda tutib ҳarakat qilishi zarur.

    .

    Davolash. Teri leyshmaniozining bugungi kundagi davolash natijalari qoniqarli emas. Buning asosiy sababi, monomistin amaliyotdan olingandan keyin (toksik ta’sir borligi uchun), boshqa talab-larga javob beradigan spestifik preparat topilmadi. Bemor davolanmasa ҳam, vaqti kelib kasallik o’z-o’zidan o’tib ketishini ko’zda tutganda, shifokorning asosiy vazifasi bo’lib, bemorga – ogriq bezovta qilsa analgetiklar berish va yaralarni ikkilamchi infekstiyadan ҳimoya qilib antibakterial va antiseptik malҳamlar bilan birga, yaralarni tez berkilib ketishiga qaratilgan vositalar beriladi.



    MOXOV (LEPRA)

    Moxov – ogir, yuqumli, aniqlanmagan uzoq inkubastion davr, turli boy klinik belgilar va ko’p ichki a’zolar va sistemalar jaro-ҳat-lari bilan kechadigan odamga xos kasallikdir. Kasallik eski zamondan keng tarqalgan bo’lib odamzodga ko’p qiyinchiliklar keltir-gan. XII–XIII asrlarda Evropa davlatlarida endemiya va pandemiya ҳolatida kechgan va birinchi kurash ҳarakati bo’lib, kasallik belgilari bo’lgan kimsalar shaҳar-qishloqlardan chiqarib yuborilgan va moxovxona yoki moxov qishloqlari vujudga kelgan. Ayrim davlatlarda bemorlarga bo’lgan munosabat undan ҳam daҳshatli bo’lgan. Bugungi kunda ro’yxatga olingan bemorlarning soni 12 mln bo’lib, ularning asosiy qismi Afrika, janubiy-sharqiy Osiyo va Osiyo davlatlarida yashaydi. Kasallik, asosan, bu erdagi aҳolining ijtimoiy va iqtisodiy aҳvoli, madaniy saviyasi past bo’lgan qismida uchraydi.

    Etiologiyasi. Moxov qo’zgatuvchisi 1871 yil Hansen tomonidan aniqlangan va 1931 yil unga Mycobacterium leprae hominis nomi berildi. Ular tuberkulyoz mikobakteriyasini eslatadigan, spirt va kis-lota ta’siriga juda chidamli, uzunligi 1,5–6 mikron va kengligi 0,2–0,5 mikronga teng tayoqchalar bo’lib, ko’pincha parallel sigarasimon yoki sharsimon bo’lib joylashadilar. Bugungi kungacha uning sof undirma (kultura)si olinmadi va faqat keyingi yillarda ҳayvonlar--da (bronenosest) eksperimental chaqirish imkoniyati topildi. Bemor, ayniqsa yangi toshmalari bo’lsa juda ko’p miqdorda lepraning qo’zga-tuv-chisiga ega bo’lib, ularni doimo ajratib turishga munosib bo’ladi. Mikobakteriyalar ko’p miqdorda insonning deyarli ҳamma suyuqliklar va ajramalarida topiladi. Misol burunning shilliq qavati suyuqligidan bemor bir aksirganda yoki tinch 3–4 minut gapirganda bir necha yuz ming bastillalar atrofga ajralib ketadi. Bastilla tanaga faqat teri yoki shilliq qavatlar butunligi buzilgan joyidan kirishi mumkin va insonning ҳimoya kuchlari juda kamayib ketgan ҳolda kasallik rivojlanishi mumkin. Bugungi kunda moxov kasalligini kam yuqumli deb tanidilar va uning yuqtirilishi mumkin bo’lgan davrlari bu, asosan, go’dak, kichik yoshdagi bolalik davri deb biladilar.

    Klinikasi. Kasallikning inkubastion davri 1–2 yildan to 15–20 yillar va undan ko’proq ҳam bo’lishi mumkin. Ayrim olimlar, moxovning birinchi klinik toshmalardan oldin prodromal davri borligi va unda revmatoid ogriqlar, paresteziya va gipersteziyalar mum-kinligini eslatadilar.

    Moxovning lepromatoz, tuberkuloid va differenstiyalanmagan turlari ajratiladi.

    Bulardan eng ogir va yuqumlisi lepromatoz moxov, yaxshi fe’lli tuberkuloid va ular o’rtasida turgan differenstiyalanmagan turi-dir. Oxirgisi, bemorning ichki ҳimoya kuchlarining rivojlanishiga qarab o’zgarib turadi. Ya’ni, qarshilik kuchaysa, kasallik – tuberkuloid turiga, pasaysa – yomon fe’lli lepromatoz turiga o’tishi mumkin.

    Moxov kasalligida eritematoz, yaltiroq, turli kattalikda bo’l-gan ovalsimon doglar paydo bo’ladi. Tezda ular zang rangli bo’lib, infiltrastiya oqibatida zichlashib boradi va ichida asta-sekin kattalashib boradigan tugunlar ko’zga tashlanib qoladi. Bu moxovning asosiy klinik toshmasi bo’lib leproma deyiladi.

    Moxovda, kasallik boshlanish davridan terida sezguvchanlik yo’qoladi. Tekshirilsa bemorda issiq-sovuqni, ogriqni, bosimni sezish yo’qolgani engil aniqlanadi.

    Vaqt o’tib, bemorning qosh, sochlari lateral tomondan tushib ketadi va yaltirab turgan terida rivojlangan infiltratlar orasidagi katta tugunlar bir-biri bilan qo’shilib, usti notekis bo’lib, o’z ogirligidan osilib qoladi. Bu moxov bemorning yuzi juda xarakterli bo’lib, «sher aftini» eslatadigan ko’rinish berib turadi.

    Ayniqsa, moxovning lepromatoz turida burun, ogiz, ko’z shilliq pardalari jaroҳatlanishi ko’p uchrab turadi. Bu erda seroz suyuqliklar ajralishi kamayib to’xtab qoladi va oqibatda burunning togay qismi jaroҳatlanib ko’tarilib qoladi, ko’zlarni esa butunlay ko’r qilib qo’yadi.

    Moxovning tuberkuloid turiga ko’proq asab sistemasining jaroҳatlanishi va terida yumshoq do’mboqchalar, gipopigment doglar, soch to’kilishi ko’rinishi va bemorda terlash xususiyati yo’qolib ketishi xarakterlidir.

    Differenstiyalanmagan moxovda ko’proq eritematoz, gipopigment-li yoki giperpigmentli doglar bilan, asab tolalarni simmetrik jaro-ҳatlanishi, bemorda paralichlar, kontrakturalar va chuqur atrofik yaralar vujudga keladi.

    Moxov kasalligiga tez-tez o’tkirlashib turish xarakterlidir. Asablanish, ichki kasalliklar yoki ikkilamchi infekstiya qo’shilishi, faslga mos o’zgarishlar bunga sabab bo’ladi.

    Tashxis. Albatta mutaxassis tomondan to’liq tekshirilgandan keyin tashxis qo’yiladi.

    1. Terining sezgirlik qobiliyatini aniqlash.

    2. Bakterioskopiya – burun shilliq qavatidan, limfatugun punkstiyasi.

    3. Gistamin sinamasi – qizarish bo’lmaydi.

    4. Minor sinamasi –10% yod surtib, ustidan kraxmal, keyin aktiv ҳarakat. Terlash oqibatida yod terini qora-binafsha rangga bo’yaydi. Moxovda terlash bo’lmaydi.

    5. UFOga sinama – giperpigmentastiya bo’lmaydi.

    6. Lepromin sinamasi (tuberkulin sinamasiga o’xshash).

    Davolash.

    1. Sulfon preparatlari – DDS (diamindifenilsulfon), sulfetron, leprosan, promin, diazon.

    2. Bemorning oila a’zolarini va boshqa yaqin muloqotda bo’lganlarni tekshirib, kerak bo’lsa profilaktik davo olib borish kerak.




    Download 1.21 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 1.21 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fanlararo va Fan ichidagi bogliklik

    Download 1.21 Mb.