17
I.Kirish.
I.
O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni
“Dinshunoslik” fani gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar blokiga kiritilgan
bo’lib, 1-kursda o’qitilishi maqsadga muvofiq. “Dinshunoslik” fani gumanitar
fanlar turkumiga kiradi va barcha dinshunoslik bo’lmagan ta’lim yo’nalishlarida
ham o’qitiladi. Mazkur fan dinshunoslikka oid
fanlarning asosiy mazmun-
mohiyatini o’zida mujassam etadi va yo’nalishdagi boshqa fanlar uchun zamin
bo’lib xizmat qiladi.
II.
O’quv fanining maqsadi va vazifasi
Fanni o’qitishdan maqsad - talabalarga milliy va diniy qadriyatlarning tarixan
mushtarakligi, ularning umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg’unligini tushuntirish,
ularda diniy bag’rikenglik
madaniyatini, dinga nisbatan to’g’ri yondashuvini
shakllantirish va jamiyat uchun yuksak ma’naviyatli kadlarni tarbiyalashdan iborat.
Fanning vazifasi – talabalarga hizirgi davrdagi dinlarning ma’lum xalq
hayotida
tutgan o’rni haqida umumiy nazariy tushunchalar berish, ularning davlat va din
munosabatlari, dinlararo bag’rikenglik g’oyasi va madaniyati to’g’risidagi
tasavvurlarini
boyitish; din va diniy qadriyatlarning talqin etilishi va bugungi
kundagi ahamiyatini o’rgatish; globallashuv jarayonida diniy sohada kechayotgan
tendentsiyalarni
yoritish, yoshlarda turli zararli diniy sekta va oqimlarning
buzg’unchi g’oyalarga qarshi immunitetini shakllantirish.
Fan bo’yicha talabaning bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar
qo’yiladi.
Talaba
:
-davlat va din
munosabati, Markaziy Osiyoda tarqalgan dinlar tarixi, ta’limoti,
muqaddas
manbalari, yo’nalishlari, jahonda mavjutsd bo’lgan dinlarning
mushtarak xususiyatlari, dinlardagi
oqimlar va mazhablar, dunyoning konfessional
xaritasi, din va qonun o’zaro
munosabatlari haqida