O’ zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi buxoro muhandislik- tеxnologiya instituti




Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/32
Sana21.01.2024
Hajmi1,02 Mb.
#142658
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
2.1 -jad val  
Paxtaning sinflar bo’yicha iflos aralashmalarning vazniy 
ulushi va namlikning vazniy nisbati me’yorlari, foiz, 
ko’pi bilan 
Paxta 
Sinflar 



iflos 
aralashma-
larning 
vazniy 
ulushi 
namlik-
ning 
vazniy 
nisbati 
iflos 
aralashma-
larning 
vazniy 
ulushi 
namlik-
ning 
vazniy 
nisbati 
iflos 
aralash-
malar-
ning 
vazniy 
namlik-
ning 
vazniy 
nisbati 

II 
III 
IV 
3,0 5,0 
8,0 
12,0 
9,0 
10,0 
11,0 
13,0 
10,0 
10,0 
12,0 
16,0 
12,0 
13,0 
15,0 
17,0 
16,0 
16,0 
18,0 
20,0 
10,0 
16,0 
18,0 
20,0 


1 va 2-sinflar uchun ifloslanganlik belgilangan me’yoridan 
yuqori bo’lgan taqdirda paxtani ifloslanganligi bo’yicha u to’g’ri 
kelgan sinfga o’tkaziladi, namlik miqdori oshgan taqdirda esa 
belgilangan tartibda narxini kamaytiradilar. 
I, II, III va IV navlarida 3-sinf uchun belgilangan ifloslanganligi 
yoki namligi me’yoridan oshiq bo’lsa, paxta topshiruvchiga qaytarib 
beriladi yoki past nav bo’yicha qabul qilinadi. 
Agar ifloslanganligi yoki namligi me’yori 22 foizdan oshib 
ketsa, paxta topshiruvchiga qaytarib yuboriladi yoki belgilangan 
tartibda narxi yoki vazniy miqdori kamaytirib qabul qilinadi. 
O’rta darajali bakterial zamburug’ bilan kasallangan paxta past 
navga o’tkaziladi. Kuchsiz darajali bakterial zamburug’ yoki shira 
bilan kasallangan paxtaning narxi esa kamaytiriladi. 
Paxtadagi shira moddalarni aniqlash qabul qilish vaqtida yoki 
terim 
oldidan 
daladan 
olingan 
dastlabki 
namunalar 
bo’yicha 
o’tkaziladi. Agar shira mavjud bo’lsa, paxta alohida qabul qilinadi va 
jamlanadi. Bu paxtaning navi paxta zavodida qayta ishlangandan keyin 
aniqlanadi. 
Paxta tupida tasma singari burilgan pallachalar mavjud bo’lsa, 
shuningdek, 
to’daning 
20 
foizidan 
ortig’i 
gommoz 
bilan 
kasallanganligi aniqlansa (sariq yoki qo’ng’ir yig’indilar mavjud 
pallachalarda yopishib kolgan, nihoyatda kam titilgan tolachalar bilan 
ta’riflanadi) paxta past navga qabul qilinadi. Paxta etishtiradigan 
xo’jaliklar chigitdagi pestitsid qoldiqlarining miqdori haqida hujjat 
(sertifikat) 
topshirishadi. 
Chigitdagi 
pestitsid 
O’zbekiston 
Respublikasining Sog’liqni
S
aqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan 
me’yordan ortiq bo’lmasligi kerak. 
Chigitda ruxsat etilgan me’yordan ortiq pestitsid mavjud bo’lsa, 
belgilangan tartibda paxtaning narxi kamaytiriladi. 
Paxta to’dasining jamlanishi, saqlanishi va qayta ishlanishi 


«Paxta terish va tayyorlash bo’yicha yuriknoma»ga (3) binoan 
tolaning turiga va paxtaning sifat ko’rsatkichlariga qarab har bir 
xo’jalik bo’yicha alohida amalga oshiriladi. 
Har bir tayyorlov punktida paxtani ikki yoki uch mintaqaviy 
tizim bo’yicha qabul qilish tartibi paxta zavodi direktorining buyrug’i 
bilan belgilanadi. Paxta uch mintaqaviy tizimda qabul qilinganda 
tayyorlov punkti uch zonaga bo’linadi. Birinchi zonada tashib 
keltirilgan paxtaning sifati aniqlanadi. Ikkinchi zonada tarozida 
tortiladi. Uchinchi zonaga qabul qilingan paxtani tushirish va g’aram 
hamda omborga joylash amalga oshiriladi. Uchinchi zonaga quritish-
tozalash sexi kiradi. 
Birinchi zonada topshiriladigan paxtani tarozida tortishga kadar 
klassifikator taqqoslash yo’li bilan paxtaning navi, namligi va 
iflosligi, respublika standartlari me’yorlariga mosligini aniqlaydi, 
shuningdek, navi, namligi va ifloslanishini laboratoriyada aniqlash 
uchun paxtadan namunalar tanlaydi. 
Shubhali hollarda klassifikator laboratoriyaga paxta navini 
asboblar bilan baholashni so’rab murojaat qilishi kerak. Laboratoriya 
tahlilidan keyin paxta laboratoriya tomonidan aniqlangan navga qabul 
qilinadi. Keyin klassifikator xo’jalik xujjatidagi «qabul kilindi» 
ustunini to’ldirib, so’ngra nakladnoyni (ikki nusxa) topshiruvchiga 
beradi va paxtani tortish uchun ikkinchi zonaga jo’natadi. 
Ikkinchi nusxa o’ng yuqori burchagida «nusxa» degan bosma 
yozuv bo’lishi kerak, agar yo’q bo’lsa, katta klassifikator qo’lda siyox 
bilan "nusxasi" deb aniq yozib qo’yish kerak. 
Paxta topshiruvchilardan qabul qilganda uning sifati faqat 
tayyorlov punktining laboratoriyasi tomonidan aniqlanadi. Agar paxta 
namunalarini tanlash va sifatini tahlil qilish shu tayyorlov punktining 
laboratoriyalari tomonidan bajarilmagan bo’lsa, ular haqiqiy emas deb 
hisoblanadi. 


Paxtaning 
konditsion 
vazni 
katta 
klassifikatorga 
bo’ysunmaydigan laboratoriya belgilaydigan namligi va iflosligi 
ko’rsatkichlariga bog’liqligini hisobga olib, katta klassifikator paxtani 
laboratoriya tahlilidan o’tkazishda ishtirok etishi mumkin. 
Agar olingan laboratoriya natijalaridan rozi bo’linmasa, katta 
klassifikator paxtaning sifatini takror tahlil etilishini talab qilishga 
haqli. Bu haqda qabul paytida namunalar oluvchi katta klassifikator 
yoki klassifikator laboratoriya qayd daftariga yozib qo’yadi. Bunday 
holda laboratoriya klassifikator ishtirokida qayta tahlil o’tkazilib, 
uning natijasi jurnalda «takroriy» deb yoziladi. Agar takroriy tahlil 
natijasi dastlabki belgilangan chegaralarda bajarilgan bo’lsa, unda 
dastlabki aniqlangani to’g’ri hisoblanib, katta klassifikator bunga rozi 
yoki norozi bo’lishidan qat’iy nazar, topshiruvchi bilan hisob-kitob 
qilish uchun buxgalteriyaga beriladi. 
Tayyorlov 
punkti 
laboratoriyasi 
tahlillarining 
natijalari 
topshiruvchi hamda paxtani qabul kiluvchi klassifikator uchun 
majburiy ma’lumot hisoblanadi. 
Agar topshiruvchi klassifikator tomonidan aniqlangan paxtaning 
navi, namligi va iflosligiga rozi bulmasa, bahs tayyorlov punktining 
laboratoriyasi tomonidan xal etiladi, buning uchun ular ishtirokida 
tayyorlov punkti laboratoriyasining vakili paxta sifatini asboblar bilan 
sinash uchun o’rta namuna tanlaydi. 
Keltirilgan paxta sifati klassifikator tomonidan yoki bahsli 
hollarda laboratoriya tahlili orqali aniqlangandan keyin tortish uchun 
ikkinchi zonaga o’tkaziladi. Topshiruvchi (xo’jalik vakili) tayyorlov 
punktining laboratoriyasi o’tkazgan tahlil ma’lumotlariga rozi 
bulmasa, topshiruvchi ishtirokida takroriy tahlil o’tkazib, uning 
natijasi, topshiruvchi va tayyorlovchi uchun qat’iydir. 
5-XL shaklidagi chiqish ruxsatnomasisiz va xo’jalik naklad-
noyida katta klassifikatorning yozuvisiz transportning tayyorlov 


punkti hududidan chiqib ketish ta’qiqlanadi [3]. 
Paxta avtomobil tarozilarda tortilib, brutto vazni 14-XL shak-
lidagi jurnalga yozilgandan keyin klassifikator yoki klassifikator 
tarozibon ikki nusxadagi nakladnoyning «brutto vazni» qatorini 
to’ldiradi, bir nusxasini olib qoladi va birinchi nusxasini g’aramlash 
joyni ko’rsatib transport xaydovchisiga topshiradi va paxtani uchinchi 
zonaga jo’natadi. 
Uchinchi zona klassifikatori paxta jamlanadigan joyda tushirish 
paytida qabul qilingan paxtani ko’rib chiqadi va biron-bir begona 
narsa aralashgani hamda paxtaning namligi va iflosligi chegaralangan 
me’yordan ortiqligini payqab qolsa uni ikkinchi zonaga qaytarib, 
nakladnoyning «g’aramlash» bo’limida qaytarilgan paxtani dastlab 
belgilangan miqdordan chiqarish uchun tegishli belgi qo’yadi. 
Uchinchi zona klassifikatori tomonidan qabul qilingan paxta 
g’aramga joylanadi. Ayni paytda klassifikator xo’jalik nakladnoyida 
«g’aramlash» bandini to’ldiradi va unga imzo chekadi. Shundan keyin 
transport xaydovchisiga transport vositasini tortish va qabul qilingan 
hujjatlarni rasmiylashtirish uchun ikkinchi zonaga jo’naydi. 
Katta klassifikator (ikkinchi zona) transport vositalari, tarani 
tortib, 
qabul 
qilingan 
paxtaning 
netto 
vaznini 
transport 
nakladnoyining «qabul kilindi» bandi va qabul qilish kvitantsiyasi 
PK-17 shakliga yozib ko’yadi. Transport nakladnoyisiz yoki ustunlari 
to’ldirilmagan nakladnoylar bilan jo’natilgan paxtani qabul qilish va 
paxtaga qabul qilish kvitantsiyasini yozish man qilinadi. 
Katta klassifikator (ikkinchi zona) va birinchi hamda uchinchi 
zonalar 
klassifikatorlari 
tomonidan 
imzolangan 
nakladnoyning 
birinchi nusxasi qabul qilish kvitantsiyasiga tirkaladi va tayyorlov 
punkti buxgalteriyasiga xo’jalik hisob-kitob qilish uchun beriladi, 
ikkinchi zona klassifikatori tomonidan imzolangan nakladnoy nusxasi 
esa topshiruvchiga beriladi. 


Transport xaydovchisi paxtani topshirgandan keyin tayyorlov 
punkti hududidan chiqish 5-XL shaklidagi ruxsatnomasi bilan chiqib 
ketadi. 5-XL chiqib ketish ruxsatnomasi navbatchi soqchida qoladi va 
u kun oxirida bu ruxsatnomalarini ro’yxatga tirkagan holda tayyorlov 
punkti buxgalteriyasiga imzo chektirib topshiradi. 
Ikki zonani qabul qilishda qabul qilinadigan paxtaning sifatini 
aniqlash va tortish birinchi zonada amalga oshiriladi. Paxtani 
tushirganda 
va 
g’aram 
omborlarga 
joylaganda 
uning sifatini 
qo’shimcha tekshirish ikkinchi zona klassifikatori tomonidan uch 
zonali tizimda uchinchi zona klassifikatori tomonidan amalga 
oshiriladi. 
Katta klassifikator uch zonali va ikki zonali tizimlarda paxtani 
qabul qilish, jamlash, saqlash, tashish, ortish va tushirish bo’yicha 
barcha ishlarni moddiy javobgar shaxs sifatida tashkil etadi. 
Birinchi zona klassifikatori uch zonali va ikki zonali tizimlarda 
qabul 
qilinadigan 
paxtaning 
navi, 
namligi 
va 
ifloslanishini 
organaleptik usulda aniqlashning to’g’riligi va namunalarini tanlash 
to’g’riligi uchun bevosita javob beradi. 
Uchinchi zona klassifikatori uch zonali yoki ikkinchi zona 
klassifikatori ikki zonali tizimda paxtani to’dalarga jamlash hamda uni 
g’aram va omborlarga joylashning to’g’riligiga, qabul kilingan 
paxtaning saqlanishiga, uni paxta tozalash zavodiga jo’natish va 
transportning me’yordan ortiq bekor turishiga yo’l qo’ymaslik, 
shuningdek, 
ushbu 
zonada 
bajariladigan 
ishlarda 
xavfsizlik 
texnikasiga rioya kilinishi va ortish, tushirish ishlarida mavjud 
mexanizatsiya vositalaridan to’g’ri foydalanishi uchun bevosita javob 
beradi. 
Zonalarning 
klassifikatorlari 
katta 
klassifikatorga 
bo’ysunishadi. 
Paxtani xo’jalikdan qabul qilib olishda katta klassifikator yoki 
klassifikator tarozibon shaxsan uch nusxada PK-17 shaklidagi qabul 


qilish kvitantsiyasini to’ldiradi, unda hamma ko’rsatkichlar aniq 
yozilishi kerak. Qabul qilish kvitantsiyasini yuqorida ko’rsatilgan 
shaxslardan boshqa kishining yozishi man qilinadi. 
Xo’jalikdan qabul qilingan bir selektsion nav va sinf paxtasi bir 
qabul qilish kvitantsiyasi bilan rasmiylashtirilib, u buxgalteriyaga 
hisob-kitob qilish uchun beriladi. 
Keyingi kun buxgalteriya hisob-kitobdan so’ng qabul qilish 
kvitantsiyasining birinchi nusxasini paxta topshiruvchiga topshiradi, 
ikkinchisini Makroiktisodiyot va statistika vazirligining tuman 
inspektsiyasiga jo’natadi, uchinchisi—tayyorlov punktida qoladi. 
Katta klassifikator qabul qilish kvitantsiyalari PK-17 shaklida 
ko’rsatilgan ma’lumotlarning (paxtaning konditsion vazndagi miqdori, 
selektsion, sanoat navlari, sinflari va jamlash o’rinlari) to’g’riligi, 
tayyorlov punktining mudiri va katta buxgalter, konditsion vazn va 
qabul qilingan paxta uchun pul hisob-kitoblarining to’g’riligi 
(qo’shish va kamaytirishni hisobga olib) uchun (PK-17 shaklining 
orqa tomoni) shaxsan javob beradi. 
PK-17 shaklidagi qabul qilish kvitantsiyalari asosida Davlat 
statistika organlari tomonidan paxta tayyorlash to’g’risida har kuni 
hisobot tuziladi. Har qanday boshqa hujjatlar paxta tayyorlash 
to’g’risida hisobotlar tuzishga asos bo’la olmaydi. 
Xarid hisobotida qabul qilish kvitantsiyalari asosida har bir 
xo’jalik 
tomonidan 
topshirilgan 
paxtaning 
konditsion 
vazni 
hisoblanadi. 
Xo’jaliklardan paxtani tilxat bo’yicha saqlash uchun qabul 
qilishga ruxsat etilmaydi. Tartib butun paxtaga, shuningdek, tanlab 
terilgan urug’lik oilaviy va tajriba namunalariga xam taalluqlidir. 
Tayyorlov 
punkti 
laboratoriyasining 
to’dalar 
bo’yicha 
(xo’jaliklar, bo’linmalar, brigadalar) paxtaning ifloslanishi va namligi 
uchun tahlillar natijalari uning konditsion vaznini hisoblash uchun 


qat’iydir. 
Qabul kilinib, to’dalab jamlangan paxtadan olingan namunalar 
bo’yicha o’tkazilgan nav, namlik va ifloslanish natijalari xo’jalik, 
bo’linma, brigada bo’yicha qabul qilishda aniqlangan va qabul 
qilingan kunda belgilangan paxtaning konditsion vazni bo’yicha 
paxtaning sifatini o’zgartirish uchun asos bo’la olmaydi. Shunga 
muvofiq ravishda xo’jaliklar bilan pul hisob-kitoblari va paxta 
xaridlarini hisoblash u qabul kilayotgan har bir kun uchun belgilangan 
konditsion vazn bo’yicha olib boriladi. 
Paxta ifloslanishi (iflos aralashmalarning vazniy ulushi) va namlik 
(namlikning vazniy nisbati) yagona hisob me’yorlariga hamma sanoat 
navlari uchun keltirilgan konditsion vazn bo’yicha qabul qilinadi va 
hisobga olinadi [6]. 

Download 1,02 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’ zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi buxoro muhandislik- tеxnologiya instituti

Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish