oshmasligi kerak. Ikki namunani sinash natijalari orasidagi farqlar
nazorat tahlillarida paxta namligi 10,0% gacha bo’lganda 0,5% dan
oshmasligi va namligi 10% dan ko’proq bo’lganda 5,0% (nisb.) dan
oshmasligi lozim. Agar dastlabki va nazorat tahlillarining natijalari
orasidagi farqlar yuqorida ko’rsatilgan chegaralardan chiqmasa, unda
dastlabki tahlil to’g’ri hisoblanadi.
Namunalar tanlash to’g’riligini tekshirish, klassifikatorlar va
laboratoriya tomonidan qabul qilinadigan paxtaning navi, ifloslanishi
hamda namligini aniqlash uchun har kunlik laboratoriya tahlillari
belgilanadi. Shu maqsadda qabul qilishdan keyingi kun tayyorlov
punktida jamlanayotgan har bir to’dadan klassifikator ishtirokida bir
kunda qabul qilingan paxtadan birlashgan paxta namunalari tanlanadi.
Unga paxtaning selektsion va sanoat navlari, terim turi, namuna
olingan to’da yoki g’aram nomeri ko’rsatilgan yorliq tirkaladi.
Shundan so’ng mazkur namunalar bo’yicha laboratoriyada paxtaning
namligi, iflosligi va navi asboblar yordamida aniqlanadi. Tahlil
natijalari klassifikator uchun majburiydir. Ular bo’yicha klassifikator
paxtani to’g’ri qabul qilish va jamlashni ta’minlash yuzasidan
choralar ko’rishi shart. To’dani jamlash ma’lumotlari bo’yicha
iflosligi va namligi ko’rsatkichlari, qabul qilishdagi ma’lumotlarga
muvofiq kelishi kerak yoki yuqorida ko’rsatilgan ruxsat etiladigan
chegaralarda og’ishlarga ega bo’lishi mumkin.
Tayyorlov punktida qabul qilingan paxtaning sifatini baholash
maqsadida har bir jamlangan paxta to’dasiga respublika standarti
«Paxta. Namuna tanlash usullari» bo’yicha o’rta namuna tuziladi [6].