Misol:
Salomin gulga elt, ey tong nasimi,
Kim erur oy guli, axtar nadimi.
Salomekim ко ‘rtgul jonona aysa,
Yorur ко ‘zlar savodidin bitisa.
Salomimni tegur ul dilsitong ‘a,
Rahmsiz bevafo jo n i jahong ‘a.
Salomimni tegur ul xushliqog 'a,
Qamug ‘ boshdin - oyoq obi baqog ‘a.
(«Muhabbatnoma» 2-nomadan).
Biror asar to ‘qimasidagi nomalar katta asarlarda uchraydi.
Bunday nomalar o ‘sha asarlar qahramonlari nomidan bir-birlariga
yozilgan bo ‘ladi. Ularda ham qahramonning
ruhiy kechinmalari,
orzu-intilishlari ifodalanadi.
Bunday nom alaming xususiyati shundan iboratki, ular qaysi asar
to ‘qimasida bo‘Jsa-da, o ‘sha asar vazni
va qofiyalanishi usulida
bitiladi. Bunday nom alaming eng go‘zal namunalarini Navoiyning
«Farhod va Shirin», «Layli va Majnun» dostonlarida uchratamiz.
Misol:
«... Nedur ahvoling, ey zori g'aribim,
Visolim davlatidan benasibim?