|
METALLARNING KRISTALLIK TUZILISHI INNOVATSION TA`LIM Pdf ko'rish
|
bet | 129/167 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 2,16 Mb. | | #140538 |
METALLARNING KRISTALLIK TUZILISHI INNOVATSION TA`LIM
TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA O`RGATISH
Nizamov Shokir Shukurovich
A.Qodiriy nomidagi JDPI, Texnologik ta’lim kafedrasi katta o’qituvchisi,
Jizzax, O’zbekiston.
e-mail: nizomov_sh@jspi.uz
Annotatsiya. Ushbu maqolada texnologik ta`lim fanlarini o’qitishda innovatsion ta`lim
texnologiyalardan foydalanish, jumladan Mahsulot va materiallarning tarkibiy asoslari fanidan
Metallarning kristallik tuzilishi va ularning allatropik shakl o`zgarishlari mavzusini o’qitishda
pedagogik texnologiyalardan foydalanishga oid tavsiyalar berilgan.
Kalit so’zlar: Metallarning kristallik tuzilishi, allatropik shakl o`zgarishlari, Blum
taksonomiyasi, nostandart test.
Innovatsion ta’lim texnologiyalari – ta’lim oluvchilarning bilim, ko’nikma,
malaka va axloqiy sifatlarni o’zlashtirish yo’lida birgalikda, o’zaro hamkorlikda
harakat qilishlarini ta’minlovchi metodlar hisoblanadi. Bu turdagi metodlarning
asosini interfaollik tashkil etadi. Interfaollik ta’lim jarayoni ishtirokchilarining
bilim, ko’nikma, malaka hamda muayyan axloqiy sifatlarni o’zlashtirish yo’lida
birgalikda, o’zaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etish layoqatiga ega
bo’lishlari demakdir.
Bu turdagi metodlar o’z mohiyatiga ko’ra ta’lim oluvchilarda o’quv-bilish
faolligini oshirish, ularni kichik guruh va jamoada ishlash, o’rganilayotgan mavzu,
muammolar bo’yicha shaxsiy qarashlarini dadil, erkin ifodalash, o’z fikrlarini
himoya qilish, dalillar bilan asoslash, tengdoshlarini tinglay olish, g’oyalarni
yanada boyitish, bildirilgan mavjud mulohazalar orasidan eng maqbul yechimni
tanlab olishga rag’batlantirish imkoniyatiga egaligi bilan alohida ahamiyat kasb
etadi. Ta’lim va tarbiya jarayonida o’qituvchi (pedagog)lar tomonidan interfaol
metodlarning o’rinli, maqsadli, samarali qo’llanilishi talabalarda muloqotga
kirishuvchanlik, jamoaviy faoliyat yuritish, mantiqiy fikrlash, mavjud g’oyalarni
sintezlash, tahlil qilish, turli qarashlar orasidagi mantiqiy bog’liqlikni topa olish
qobiliyatlarini tarbiyalash uchun keng imkoniyat yaratadi.
|
| |