118
ommani egallab olayapti. Bunday madaniyat mamlakatimiz yoshlariga ham sezilarli
salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov o’zining “Yuksak
ma’naviyat – engilmas kuch” kitobida o’zbekistonliklarning ma’naviy
namuna-mo’ljallariga doir ko’pgina holatlarni to’g’ri urg’ulab berdi. Ommaviy
madaniyatga munosabat bildirib, u shunday deydi: «Biz yurtimizda yangi hayot
asoslarini barpo etar ekanmiz, bir masalaga alohida e’tibor berishimiz lozim. Ya’ni,
kommunistik mafkura va uning axloq normalaridan voz kechilganidan so’ng jamiyatda
paydo bo’lgan g’oyaviy bo’shliqdan foydalanib, chetdan biz uchun mutlaqo yot
bo’lgan, ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlarini o’z ichiga olgan “ommaviy
madaniyat” yopirilib kirib kelishi mumkinligini unutmaslik kerak.
Tabiiyki, “ommaviy madaniyat” degan niqob ostida axloqiy buzuqlik va
zo’ravonlik, individualizm, egotsentrizm g’oyalarini tarqatish, kerak bo’lsa, shuning
hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlari,
turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo’porishga qaratilgan
xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo’ymaydi”
1
.
Mafkura – bu muayyan hayotiy amaliyotning nazariy ifodasidir. Har bir xalq o’z
hayotiy amaliyotiga ega. Har qaysi shaxs, oila, qavm, jamoa o’z qadriyatlari, ma’naviy
bilimlari, yo’l-yo’riqlari bilan yashaydi.
Jahondagi turli mamlakatlarda ma’naviyatsizlik jadal oshib borayotganligi axborot
davrining qonuniyatlaridan biriga aylanib qolmoqda. Rossiya fuqarolari milliy
ma’naviyatni boy berayotganliklarining sabablarini ko’rsatib bergan E.M.Brandman
shunday deydi: “Rossiya jamiyatining axborot xavfsizligini ta’minlashda mafkuraviy
omil nihoyatda muhim rol o’ynaydi. Rossiya ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun
rivojlanishning bozor mexanizmlariga yo’naltirilgan yangi madaniy paradigma
tanlanishi qisqa muddatda aholining, ayniqsa yosh avlodning ijtimoiy ongini o’zgartirib
yubordi, nafaqat ijtimoiy qadriyatlar va ideallarda, balki inson fe’l-atvorining me’yoriy
modellarida ham o’zgarish yasadi. Bunday tanlovning oqibati jamiyatning ma’naviyati
ancha pasayishidan va millat mentalitetining insonparvarlik mazmuni qabul
qilinmasligidan iborat bo’ldi”
2
.
Bozor munosabatlariga asoslangan taraqqiyot yoshlarni iste’molchi deb aytish joiz
bo’lmasa ham, lekin pragmatik qilib qo’yayotgani oydin ko’rinib turibdi. Biroq, afsuski,
yoshlar buni yo tushunishmaydi, yoki juda kech anglab etishadi. Avloddan–avlodga
vaziyat qiyinlashib, unda ham ancha jiddiy ravishda yomonlashib borishi mumkin.
Bu g’alati tuyulishi ehtimol, lekin axborot asrida rivojlangan mamlakatlardagi
ko’pgina jamiyatlarning ahvoli asta-sekin dramatik mazmun kasb etib borayotganligi
bor gap. Ma’naviyat amalda unutib yuborilayapti, u o’z o’rnini tezda ko’ngilochar
mavzularga bo’shatib berayotir. Ma’naviyatsizlik G’arb jamiyatlarining ustuvor
xususiyatlaridan biri bo’lib qolyapti. Haddan ziyod ratsionallashuv g’olib kelmoqda va,
buning dialektik natijasi o’laroq, gedonizm
1
kuch-quvvatga to’lib, keng quloch
yozmoqda.
Barcha xalqlarda fuqarolik jamiyati turlicha ekanligining sababi shundaki, jamiyat
millatning mentalitetiga ko’p jihatdan bog’liqdir. Mentalitet esa – urf-odatlar, an’analar,
ya’ni, pirovard natijada, ma’naviyat demakdir. Fuqarolik jamiyati ma’naviydir va
1
Каримов И.А. Юксак маънавият - енгилмас куч. – Т.: “Маънавият” , 2008. – Б. 179.
2
Брандман Э.М. Глобализация и информационная безопасность. – М.: ГБИП, 2007. – Б. 163-164.
1