2. O’zbekiston ommaviy axborot vositalari rivojlanish yo’lida
Endilikda axborot sohasida havfsizlikni ta’minlash milliy va halqaro xavfsizlik
mazmunini belgilaydigan bo’lib qoldi.
Shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari
jamiyatimiz axborot-psixologik xavfsizligini ta’minlashning bir qator vazifalarini hal
qilishga da’vat etilgan. Ularning hozirgi texnik-texnologik va son jihatdan rivojlanishi
mamlakatimiz axborot maydonini o’z mahsulotlarimiz bilan to’ldirish imkonini beradi.
1994 yilda O’zbekistonda 445ta ommaviy axborot vositasi faoliyat ko’rsatgan
bo’lsa, 1999 yilda ular soni 652 taga, 2004 yilda 880 taga etdi. 2008 yilda esa ular
1100tani tashkil qilib, 289 tasi gazeta, 222 tasi jurnal, 50dan ortig’i byulleten,
axborotnoma, almanax, radio, televidenie, axborot agentliklari va Internetdan iborat
bo’ldi. 2012 yilda esa ularning umumiy soni 1250dan oshib ketdi. Jamoatchilik
tashkilotlari, yuridik va jismoniy shaxslar ularning ta’sischilaridirlar.
Xavfsizlikni ta’minlashning asosiy yo’llaridan biri – OAV bozorini
monopollashtirishga yo’l qo’ymaslik. O’zbekiston Respublikasining 2007 yil 15
yanvardagi O’RQ-78 son bilan tasdiqlangan “Ommaviy axborot vositalari to’g’risida
(yangi tahriri)” Qonunining 30-moddasida shunday deyilgan: “Bironta ham yuridik yoki
jismoniy shaxs ommaviy axborot vositalarining tegishli markaziy yoki mahalliy
bozoriga chiqariladigan ommaviy axborot vositalarining yigirma bez foizidan ortig’iga
muassis (hammuassis) bo’lishga va (yoki) ularni shuncha miqdorda o’z mulkida,
egaligida, foydalanishida, tasarrufida, yurituvida yoxud boshqaruvida (bevosita yoki
affillangan shaxslar orqali) saqlashga haqli emas”
1
.
1
Засурский Я.Н. Информационная безопасность России и средства массовой информации. http: //emag. iis ru / arc/
infosoc/ imag. nsf /BPA/ 5b 9c 943f 52706569 c3256 c 4e 00495e 6a.
1
1
“Оммавий ахборот воситалари тўғрисида” Ўзбекистон Республикасининг Қонуни (янги таҳрири). 15.01.2007. №
ЎРҚ-78. // Оммавий ахборот воситалари фаолияти соҳасидаги меъёрий-ҳуқуқий ҳужжатлар тўплами. – Т.: “Ishonch
Markas Servis”, 2009. – Б. 15.
104
Nashr turiga ko’ra gazetalar tonggi va kechki; kundalik va haftalik; maqomiga
ko’ra respublika, viloyat, tuman, shahar; ixtisoslashuvi bo’yicha ijtimoiy-siyosiy,
partiyaviy, sohaviy, diniy-ma’rifiy, axborot-ko’ngilochar, axboriy-ma’rifiy, reklama va
ba’zi boshqa gazetalarga ajraladi. Davriyligini istisno etganda, mazkur tasnif
jurnallarga ham hosdir. Ularni chiqish muddatiga qarab haftalik, oylik, uch oylik, yarim
yillikka ajratish mumkin.
Mamlakatimiz televideniesi bugungi kunda aholining 97-98 % ini qamrab olgan
va 60dan ortiq kanalga ega.
O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (O’zMTRK) sun’iy yo’ldosh orqali
“O’zbekiston” telekanalining kecha-kunduzlik ko’rsatuvlarini yo’lga qo’ygan. Uning
tarkibiga “Yoshlar”, “Toshkent”, “Sport” kanallari ham kiradi. Bundan tashqari
respublikada davlat tasarrufida bo’lmagan 30ta telekompaniya efirga ko’rsatuvlar
uzatadi, shuningdek kabel televideniesining 28ta stantsiyasi ishlab turibdi, ular
O’zbekiston elektron OAV Milliy assotsiatsiyasi (O’zEOAVMA) tarkibiga kiradi.
O’zEOAVMA va 18ta mintaqaviy teleradiokompaniya muassisligida 2004 yil 4
noyabrda yagona efir tarmog’i – O’zNTT yaratildi. Uning kundalik eshittirish va
ko’rsatuvlari 6 soatdan ko’p.
O’zMTRK tarkibida 4ta radiostantsiya – “O’zbekiston”, “Yoshlar”, “Mash’al”,
“Toshkent”lar faoliyat ko’rsatishayapti. Birinchi uchtasi o’z eshittirishlari bilan
mamlakatimiz hududini deyarli to’liq qamrab olgan.
Hozirgi paytda xususiy va tarmoq radiokanallar sonining oshib borishi
kuzatilmoqda. Masalan, Toshkent shahrida davlat tasarrufida bo’lmagan 15ta FM –
radiostantsiya ishlab turibdi.
Keyingi bir necha yil ichida O’zbekiston Internet jurnalistikasi jadal rivojlanib
borayapti. 2000 yilga nisbatan 2008 yilda Internetga kirish manzillarining soni 30
baravar ko’paydi, undan foydalanuvchilar soni 15 baravar oshdi, umumjahon tarmoqqa
ulangan davlat boshqaruv organlari 7 marta ko’paydi, UZ zonasida yangi veb-saytlar
soni 10 marta oshdi. Shu bilan birga global tarmoqqa ulanish narxi arzonlashdi.
Keyingi bir necha yilda Internetga kirish narxi 1 soat uchun 5 barobardan ko’proq
pasaydi.
Yuqoridagi
vaziyatlar
Internet-kontent
va
O’zbekistondagi
Internet-jurnalistika rivojiga keng imkoniyatlar beradi.
Xususiy yangiliklar Internet portali – UZ Peport.com O’zbekistonda to’ng’ich
hisolanadi. U 1999 yilda ochilgan bo’lib, hozir 3 tilda (o’zbek, ingliz, rus) faoliyat olib
boradi va respublika hayotining turli sohalariga – jamiyat hayoti, siyosat, biznes,
moliya, sug’urta, birja, qimmatbaho qog’ozlar bozori, madaniyat va sportga oid
xabarlarni o’zida jamlaydi. Bu saytda har kuni 100 ga yaqin axboriy material
joylashtiriladi, shuningdek turli press-relizlar va birinchi manbadan olingan boshqa
matnlar ham kiritiladi. Bugunga kelib sayt 100dan ortiq mamlakatdan minglab
kiruvchilarga xizmat ko’rsatadi.
Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini
qo’llab-quvvatlash hamda rivojlantirish jamoatchilik jamg’armasi granti bo’yicha
asosan mintaqada nashr etiladigan gazeta va jurnallarning tahririyatlari uchun 65 veb–
sayt barpo etildi. Hozir an’anaviy OAVning 87 veb–sayti mavjud, ular Internet
tarmog’ida o’z vakolatxonasiga ega .
O’zbekistonda O’zA, “Jahon”, “Turkiston-press” axborot agentliklari faoliyat
ko’rsatayapti. Respublikamizda va undan tashqarida ommaviy axborotni yig’ish va
OAV tahririyatlari, davlat idoralari, jamoatchilik birlashmalari va yakka shaxslarga
105
tarqatish O’zAning bosh vazifasi hisoblanadi. Agentlik o’z faoliyatini siyosiy va
ijtimoiy tashkilotlardan mustaqil ravishda olib boradi, ishidagi tashkiliy masalalarni
tasarrufidagi vositalar yordamida o’zi hal etadi. O’zA axborot ayrboshlash haqida bir
qator xorijiy axborot agentliklari bilan ikki tomonlama shartnoma tuzgan.
“Jahon” axborot agentligi 1995 yilda O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar
vazirligi huzurida tashkil etilgan. Xorijiy mamlakatlarni O’zbekistonning siyosiy,
ijtimoiy-iqtisodiy hayoti haqidagi axborot bilan tezkor ta’minlash, chet ellarda axborot
byulletenlari, ma’lumotnomalar, kataloglar, gazetalar, jurnallar va boshqa bosma,
kompyuter, foto, audiovideo mahsulotlarni nashr qilish, tarqatish uchun milliy axborot
agentliklari va halqaro axborot tarmoqlari bilan doimiy aloqani ta’minlab turish uning
asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Mazkur materiallar O’zbekistonning halqaro
hamkorlik imkoniyatlari haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Bundan tashqari
agentlik
halqaro
tashkilotlar
uchun
respublika
ichida
iqtisodiy
faoliyat
shart-sharoitlariga oid ma’lumotlarni to’playdi va tarqatadi.
Tijoriy asosda faoliyat ko’rsatuvchi “Turkiston-press” nodavlat axborot agentligi
ommaviy axborot vositalari tahririyatlari uchun jurnalistika materiallari tayyorlashga
ixtisoslashgan.
OAVning bu keng tarmoqli tizimi mustaqillik yillarida deyarli yangidan tashkil
etildi. Ushbu tizim jamiyatdagi turli guruhlar va tabaqalarni nazarda tutgan holda
faoliyat olib boradi. U hukmron mafkuradan, davlatning yalpi hukmronligidan xoli.
Yaqin o’tmishda - sobiq sho’rolar tuzumi davrida barcha ommaviy axborot
vositalari davlat tomonidan mablag’ bilan ta’minlanar va shunga yarasha partiya-
hukumat qarorlariga so’zsiz itoat qilar edi. Tabiiyki, bunday sharoitda hech bir nashr
kommunistik mafkura tizimiga to’g’ri kelmaydigan yo’lni tutishni tasavvur ham qila
olmasdi. Bugunga kelib mustaqillik sharofati ila mafkuraviy tazyiq barham topdi,
endilikda matbuotni avvalgidek boshqarish mumkin bo’lmay qoldi. Jamiyatning milliy
manfaatlari, davlat manfaatlari, fikrlar va nuqtai nazarlar xilma-xilligi mavjud vaziyatda
ijtimoiy rivojlanishning hayotiy muhim masalalari yuzasidan o’zaro murosaga erishish
zarurdir. Ayonki, jamotchilikning totuvligisiz bunga erishib bo’lmaydi. Totuvlikni qaror
toptirishga esa ham “yuqoridagilar”, ham “quyidagilar” birdek intilishlari kerak.
Mazkur ishda ommaviy axborot vositalari asosiy vosita, qurol hisoblanadi. Bu
o’rinda gap ommaviy axborot vositalariaro yoki ular ichidagi yakdillik haqida emas,
balki ularning jamiyat manfaatlari, millatning ahilligi, istiqboli, jamiyat va davlatning
gullab-yashnashi uchun xizmat qilishi to’g’risida bormoqda. Mamlakatda barqarorlik
saqlanishi ham bunga sabab bo’ladi. Shuning uchun matbuot, bir tomondan, davlat va
jamiyat, ikkinchi tomondan, shaxs manfaatlarini mutanosiblashtirishda muhim rol
o’ynamog’i kerak. O’z g’oya va manfaatlarini yoqlagan holda, faoliyat bobida
konstitutsiyaviy tuzum va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilish
zaruriyatidan kelib chiqib ish ko’rishi lozim. Bu esa jamiyat manfaatlarini
ta’minlashning muhim shartidir.
Jurnalistlar, media-biznes va hokimiyat tuzilmalarining milliy manfaatlarni
ifodalashdagi hamfikrligi jamiyatda totuvlikni saqlashda o’ta muhim hisoblanadi. Biroq
o’zaro murosaga erishish yo’lidagi intilishni aslo murosasozlik deb tushunmaslik kerak.
Ya’ni ommaviy axborot vositalari tinchlik va barqarorlikka erishish bahonasida
demokratik qadriyatlardan yuz o’girmasliklari lozim. Ular insonlarni va jamiyatni
bezovta qilayotgan keskin, dolzarb masalalarni jamoatchilik e’tiboriga etkazishlari,
muhim mavzularga qo’l urishlari kerak.
106
Lekin bu holda jurnalistdan butunlay boshqacha, yuqori darajasi kasbiy
madaniyat talab etiladi. Ommaviy axborot vositalari hammani qiziqtiradigan, fikrlashga
majbur etadigan masalalarni ko’tarish va ularni hal qilish yo’llarini taklif etish bilan
birga o’zlari tayanadigan tamoyilni – jamiyatda tinchlik-totuvlikka erishish tamoyilini
unutib qo’ymasliklari kerak. O’z navbatida, bu borada jamiyatdan ham, amaldorlardan
ham o’zgacha, yuksak darajadagi madaniyat talab etiladi. Ular o’rinli tanqidni jazavaga
tushmasdan, ortiqcha his-hayajonga berilmasdan, og’ir-vazminlik bilan qabul qilishga
o’rganishlari darkor. Asosli tanqidning yoki kamchiliklar fosh etilishining, ular qaerda
bo’lmasin, olg’a intilish va shunga qo’shilgan hissa deb qabul qilinishi barcha uchun
manfaatlidir. Ommaviy axborot vositalarining tanqidiy chiqishlari aslo u yoki bu
jurnalistni yoki OAV kanalini dushman sifatida qarashga sabab bo’lmasligi kerak.
Tomonlar asrlar davomida shakllanib kelgan an’analar, ezgu niyatlar, intilishlar
va maqsadlarga, bugun jamiyat oldida turgan ulug’vor vazifalarga asoslanib ish
ko’rishlari lozim. Ommaviy axborot vositalari axborot-psixologik xavfsizlik haqida
qayg’urishlari bilan birga butun xalqni buyuk maqsadlarni amalga oshirishga da’vat
etishlari darkor.
O’sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik, o’z xalqiga sadoqat ruhida
tarbiyalashga, unga insonparvarlik, inson qadrini ulug’lash g’oyalarini singdirishga
alohida e’tibor berish lozim. Shularga ko’ra jurnalistikamiz uchun xalqning an’anaviy
turmush tarzi va mentalitetini hisobga olishdek yana bir o’ziga xos muhim vazifa kelib
chiqadi.
O’zbekiston ommaviy axborot vositalari o’z faoliyatida yangi ijtimoiy-siyosiy
tizim kontseptsiyasidan kelib chiqqan holda, xalqning tarixiy xotirasini ham esdan
chiqarmasliklari kerak.
|