|
Очиқ ахборот тизимларида ахборот психологик хавфсизликBog'liq F.Mo’minov, Sh.Barotov va boshq. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik. Darslik.sotsiologik yo’nalish
. Bunda axborot olish va tarqatish jarayonida
jamiyat taraqqiyotida axborotning ijtimoiy voqelik sifatidagi rolidan kelib chiqib,
jamiyatda shakllanayotgan ijtimoiy ong yo’nalishlari, ijtimoiy tafakkur darajasi va
oqimlarini o’rganishni yo’lga quyish, aholi turli qatlamlarining qarashlari, kasbiy va
boshqa ijtimoiy holatlari asosidagi fikrlash tarzini aniqlab borish zarur.
Ikkinchidan,
statistik yo’nalish
. Ko’pmillatli mamlakatda, xususan, 130 dan ortiq
millat va elat yashayotgan, 20 ga yaqin diniy konfessiyalar faoliyat ko’rsatayotgan
O’zbekistonda millatlararo va dinlararo mojarolarni, turli siyosiy manfaatlar va
buzg’unchi g’oyalar ta’sirida kelib chiqishi mumkin bo’lgan siyosiy nizolarni o’rganib
borish. Bu borada aniq hisob-kitoblarga, tahliliy echimlarga ega bo’lishi darkor.
Uchinchidan,
siyosiy konfliktologiya va siyosiy psixologiya
. Axborot-psixologik
xavf avj olayotgan bir paytda, turli buzg’unchi g’oyalar inson ongi va tafakkuriga o’z
ta’sirini o’tkazayotgan bir sharoitda siyosiy mojarolar kelib chiqishi ehtimol bo’lgan
manbalarni o’rganish, omillarni aniqlash hamda buning natijasida jamiyatda
shakllanishi mumkin bo’lgan jamoatchilik fikri, siyosiy qarashlar, ruhiyat – ijtimoiy-
siyosiy psixologiya izchil ravishda o’rganib borilmog’i lozim.
To’rtinchidan,
mantiqiy-tizimiy va funktsional tahlil
. Axborot tizimi, xususan,
axborot-psixologik ta’sir axborot siyosati tizimi va vositasining muhim qismi sifatida
baholanishi lozim. Voqelikka ana shu tarzda yondashib, ilmiy-tahliliy, nazariy va
amaliy xulosalar chiqarish kerak. Tig’iz axborotlashgan jamiyatda axborot oqimi
ta’sirida shakllanayotgan ijtimoiy fikrni fan nuqtai nazaridan izchil o’rganish, uning
predmeti va metodologiyasini ishlab chiqish muhim bo’lib qoldi.
Beshinchidan,
axborot tizimida milliy istiqlol g’oyasining ustuvorligi.
Har
qanday fuqaro axborot bozoridan “mahsulot“ tanlash jarayonida uning qalbida,
ruhiyati, kayfiyati, fe’l-atvorida, bularning barchasining oqibati sifatidagi xatti-harakati
va munosabatida mafkuraviy immunitet ustuvorligini ta’minlash lozim.
Albatta, O’zbekistonda mustaqillikning o’tgan yillari mobaynida ommaviy axborot
kommunikatsiyasi sohasida jiddiy o’zgarishlar yuz berdi. Eng avvalo, har bir
fuqaroning so’z va fikr erkinligi, axborot olish va tarqatish huquqi Konstitutsiya va
tegishli qonunlar bilan kafolatlandi. Ommaviy axborot vositalari to’g’risida bir qator
qonunlar yaratildi va amalda qo’llanilmoqda. Mustaqil nashrlar soni keskin ko’paydi.
Bularning hammasi mamlakat ichki hayotida milliy axborot tizimining o’ziga xos
taraqqiyotidan dalolat beradi.
Shu bilan birga O’zbekiston jahon axborot tizimidan foydalanishning eng
zamonaviy va tezkor texnologiyasini joriy etmoqda. Bu nafaqat davlat va
hokimiyatning, rasmiy idoralarning, balki nodavlat-notijorat tashkilotlar, hatto alohida
fuqarolarning dunyo axborot bozoriga emin-erkin kirishi va undan bemalol
foydalanishiga imkon beradi.
99
Hozirgi zamon axborot tizimida shunday hodisalar mavjudki, unga qarshi chiqish u
yoqda tursin, uni boshqarish, tartibga solish ham mumkin bo’lmay qolmoqda. Demak,
bunday sharoitda eng maqbul va samarali usullarni ishlab chiqish zarur. Jumladan:
|
| |