|
Очиқ ахборот тизимларида ахборот психологик хавфсизликBog'liq F.Mo’minov, Sh.Barotov va boshq. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik. Darslik.Birinchidan,
jamoatchilik fikrini o’zgartirayotgan, chalg’itayotgan vayronkor
axborotlar tashqaridan, o’ziga xos himoya qalqoniga ega bo’lgan makonlardan
kelayotganligini nazarda tutib, axborot tarqatish borasidagi mojarolarga yo’l quymay,
ularga yuksak siyosiy va kasbiy madaniyat orqali yondashish. Befarqlik, sukut saqlash
kayfiyatiga barham berib, milliy oriyat, milliy nafsoniyat bilan bog’liq holdagi
targ’ibotchilik imkoniyatimizni namoyon etish yo’lidan borish.
Ikkinchidan,
shuni nazarda tutish kerakki, har qanday hujumkor va buzg’unchi
g’oyaga qarshi o’z vaqtida, mo’ljalni aniq olib munosabat bildirishda ehtiroslarga
berilmasdan, ortiqcha shov-shuvlarga yo’l quymasdan, siyosiy vazminlik va bosiqlik
bilan, ayni paytda kuchli ta’sir o’tkazish usullarini o’zlashtirmoq lozim.
Axborot sohasidagi xurujlar qizg’in avj olgan bir paytda ularning mohiyatini,
manbalari, rivojlanish omillarini, ya’ni konfliktogen jihatlarini chuqur o’rganish lozim.
Buzg’unchi va hujumkor axborotlar maqsadi, iddaosi, ular tagida yashiringan
manfaatlar qanchalik to’g’ri va to’liq o’rganilsa, ularga shunchalik mutanosib va
ishonchli zarba berish mumkin bo’ladi.
XXI asr tsvilizatsiyasi oqibatida insoniyat o’z hayotiga axborot-psixologik tahdid
kuchayayotgan jarayonni boshdan kechirmoqda. Bu, ayniqsa, rivojlanish yo’liga chiqib
olgan O’zbekistonday yosh mustaqil davlatlarga kuchli salbiy ta’sir o’tkazishi mumkin.
Chunki har qanday asossiz, buzg’unchi g’oya o’tish davriga xos bo’lgan juz’iy
kamchiliklar va o’tkinchi ijtimoiy-iqtisodiy nuqsonlarni bo’rttirib ko’rsatib,
jamoatchilik fikrini chalg’itishi, uning istiqbolga ishonchini susaytirib yuborishi
mumkin.
Millatlarni yo’qqa chaqarish, ularning ildizini qirqib tashlash, milliy xususiyatlari,
an’analari va urf-odatlarini barbod etish yo’li bilan mamlakatlarni zabt etish odatiy
jarayonga aylandi. Bunday maqsadni amalga oshirishda axborot tizimidan foydalanish
keng avj olib bormoqda. Mustaqil O’zbekiston esa ana shu jarayonda o’zining
yangidan-yangi imkoniyatlarini, aqliy salohiyatini, o’z-o’ziini himoya qilish va har
qanday tajovuzlarga qarshi tura olish iqtidorini namoyon etmoqda. Biroq bu etarli emas.
Aniq natijalarga erishish uchun quyidagilarga mafkuraviy xususiyatlarga e’tibor berish
lozim, deb o’ylaymiz:
- insonni shaxs va fuqaro sifatida shakllantirish, uning imkoniyatlarini ruyobga
chiqarish;
- insonning o’zini-o’zi himoya qila olish instinktini, o’zini-o’zi boshqarish
salohiyatini shakllantirish;
-
alohida
odamlar,
guruhlar,
qatlamlararo
munosabatlarni
yana
ham
barqarorlashtirish;
- jamoalar birligini, umumiy xonadon – yaxlit mamlakat taqdiri uchun javobgarlik
hissini kuchaytirish;
- millatidan va diniy e’tiqodidan qat’i nazar, O’zbekiston fuqarosi bo’lgan har bir
shaxsning kelajak uchun mas’ulligini ta’minlash;
- kelib chiqishi mumkin bo’lgan mojarolar, kelishmovchiliklarning asoslari,
yo’nalishlari, rivojlanish omillari va dinamikasini doimiy, uzluksiz ravishda o’rganib
borish va ularni oldini olish.
100
Ana shu tarzda, albatta, axborot sohasida xavfsizlikni ta’minlashning O’zbekiston
tajribasi takomillashib boradi. Bu bevosita axborot xuruji avj olayotgan, axborot
tarqatish texnologiyalari tobora takomillashib, uning usul va uslublari yangilanib
borayotgan bir paytda mamlakatimiz ayni ana shu madaniy jarayonning eng samarali,
insonparvar usullaridan yanada kengroq foydalanish imkoniyatlarini qidirayotganligini
ko’rsatadi.
|
| |