|
Axborot asri mafkurasining asosiy jihatlariBog'liq F.Mo’minov, Sh.Barotov va boshq. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik. Darslik.2. Axborot asri mafkurasining asosiy jihatlari
Axborot sohasining tez sur’atlar bilan o’sishi, uni avtomatlashtirish usullarining
shiddat bilan rivojlantirilishi kompyuterlarning yaratilishiga va kishilik hayotining turli
sohalarini kompyuterlashtirishga olib keldi. Bu esa, o’z navbatida, bugungi kunda
g’oyatda tezkorlik bilan o’sib borayotgan “axborotlashgan jamiyat“ yoki “axborot
jamiyati” nazariyasini maydonga keltirdi.
Kompyuterlashtirilgan dunyo, yalpi axborotlashtirilgan global tizimning vujudga
kelishi millatlar, xalqlar va butun insoniyat taqdirini bir-biriga bog’lab qo’ydi. Shu bilan
birga axborot olish, uni ishlash, saqlash va tarqatish texnologiyasining tasavvur qilib
bo’lmaydigan darajadagi taraqqiyot sur’atlari jiddiy tashvishlar tug’dirmoqda. Chunki
hozirgi zamon kompyuterlari eng so’nggi avlodining har biri protsessorida 80-100
million tranzistor bo’lib, har soniyada ikki milliardgacha vazifani bajara oladi. Axborot
texnologiyasining ana shunday mo’’jizasi tufayli xohlagan kishi Er yuzining istalgan
nuqtasidagi odam bilan soniyalarda aloqa o’rnatishi, muammoni lahzalarda hal etishi
mumkin. Ana shu holatning o’zi inson faoliyatini, tafakkur tarzini, axloqiy me’yorlarini,
olamga munosabatlarini, yaxlit olganda esa yangi yuz yillikdagi insoniyat hayoti va
taqdirini ma’lum bir mafkura yordamida ifoda etadi. Boshqacha aytganda, XXI asr
tsivilizatsiyasi ma’lum darajada axborot xuruji, jumladan, axborot-psixologik urushi
qiyofasida namoyon etmoqda.
Insoniyatning kelajakdagi taqdiri va istiqboli xususida o’ylar ekanmiz, axborot
texnologiyasining mohiyati, taraqqiyoti, inson va insoniyat hayotiga ta’sir o’tkazishi
kabi omillarni hamda bugungi kun mafkurasini chuqur o’rganishimiz lozim bo’ladi. Bu
omillar quyidagilarda ko’rinadi:
Birinchidan
, inson faoliyatini maqsadga muvofiq tarzda amalga oshirish,
yo’naltirish, umumiy manfaat atrofida birlashtirish, jamoa va jamiyat ishiga daxldorlik
tuyg’usini shakllantirish, insoniyat hayotini saqlashda mas’ullik, unga taqdirdoshlik
hissini shakllantirish.
|
| |