Bog'liq F.Mo’minov, Sh.Barotov va boshq. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik. Darslik.
Ommaviy axborot vositalari ijtimoiy hayot va tarixiy jarayon mohiyatini keskin
o’zgartirib yuborayapti. Bu borada, ayniqsa, “sariq matbuot” deb ataladigan xususiy
nashrlar bugun alohida mavqe egallamoqda. Mayda, ikir-chikir, g’iybatnamo xabarlar
bilan to’lib-toshgan bu nashrlar vositasida odamlarni fikrlashdan, mushohada
yuritishdan to’xtatib qo’yib, ular ongini engil-elpi ma’lumotlar bilan band etish jarayoni
tobora chuqurlashib borayapti. Qaysidir mashhur xonandaning oilaviy mojarolari,
boyliklari va yashash tarzi, boshqa bir ashulachining qanday kliplar yaratayotganiyu
ularni qay tarzda namoyish etishi haqidagi xabarlar gazetxonlarni mayda fikrlaydigan
ojiz kishiga aylantirib qo’yishi mumkinligi bilan birga yaxlit jamiyatni ommaviy
savodsizlikka da’vat etishdek g’oyat xatarli vazifani bajarmoqda.
Biz demokratik tamoyillarni tobora chuqurlashtirib borish, uning keng
imkoniyatlaridan unumli foydalanish zarurligi xususida gapiramiz. Bu hozirgi zamon
jahon tamadduni talabidir. Erkin jamiyat, ozod va hur inson turmush tarzini vujudga
keltirish – strategik maqsadlarimiz. So’z va fikr erkinligi hamisha biz uchun ehtiyoj
bo’lib kelgan. Ana shu ehtiyoj da’vati bilan matbuotni erkinlashtirishga, so’z va fikr
erkinligini ta’minlashga intilamiz.
Albatta, so’z va fikr erkinligi turmush tarzimizga aylanib borayapti. Bu –
jamiyatimiz ma’naviy qiyofasini, insonning ijtimoiy hodisa sifatidagi qadriyat
ekanligini ko’rsatadigan buyuk voqelik. Biroq ana shu erkinlik uchun, aytilayotgan so’z,
bildirilayotgan fikr, ilgari surilayotgan g’oya uchun javobgarlik kimning zimmasida?
Bu so’zlar, fikrlar jamiyat taraqqiyotiga qay daraja daxldor? Umummilliy manfaatlarga
xizmat qiladimi? Millatni jaholatga, yalpi savodsizlikka, xurofotga da’vat etish
demokratiyaning buyuk qadriyat sifatidagi mohiyatini tushirib yubormaydimi?
Tabiiy ravishda kelib chiqadigan bunday savollarni ba’zan unutib qo’yamiz.
Vaholanki, erkinlikni his qilish, ozodlikni tushunish hamda demokratiyani anglashdan
oldin unga qay darajada ma’naviy-axloqiy jihatdan tayyor ekanligimizni hisobga
1
Каримов И.А. Миллий истиқлол мафкураси – ҳаёт эътиқоди ва буюк келажакка ишончдир. “Фидокор” газетаси
мухбири саволларига жавоблар. // «Фидокор”. 2000. 4 июнь.
94
olmaymiz. Natijada ozodlik va demokratiya milliy madaniyat ravnaqiga to’siqlik qilishi
mumkin bo’lgan g’oyatda xavfli hodisaga aylanadi.