92
yo’lga qo’yish, kichik davlatlar suverenitetini hurmat qilish kabi huquqiy, iqtisodiy,
siyosiy, ma’naviy, axloqiy kamolotni taqozo etadi.
Ikkinchidan, madaniyatlarning o’zaro ta’siri kishilik jamiyati mohiyatini ham
birmuncha o’zgartirmoqda. Rivojlangan davlatlar
zamonaviy ishlab chiqarish
texnologiyalarining taraqqiyot yo’liga chiqib olayotgan davlatlarga kirib kelayotgani
faqatgina ijtimoiy-iqtisodiy hodisa emas. Bu ayni paytda odamlar tasavvuri va
tafakkurini o’zgartirib yuboradigan, yangicha qarashlarni keltirib chiqaradigan voqelik
bo’lib, yalpi jahon ishlab chiqarish maydonining vujudga kelayotganidan, hamma uchun
umumiy bo’lgan ulkan “xonadon” shakllanayotganidan dalolat beradi. Shu bilan birga
milliy madaniyat bilan jahon madaniyati uyg’unlashib borayotganini ham ko’rsatadi.
Demak, hayotimizga ilg’or texnologiyalar bilan birga yangicha qarashlar va o’ziga xos
madaniyat ham kirib keladiki, ular ta’sirida milliy madaniyatlar ma’lum darajada o’z
qiyofasi va mazmunini o’zgartirishi mumkin.
Ijtimoiy sohada.
Davlatlararo hamkorlik, rivojlanayotgan
mamlakatlarga
beriladigan yordam eng avvalo beg’arazlik mohiyatini yorqin namoyon etmog’i lozim.
Turli qo’poruvchilik harakatlari, manfaatlar ustuvorligi, ijtimoiy yordam niqobidagi
buzg’unchilik kayfiyatlaridan xoli bo’lgan chinakam do’stlik va sog’lom
manfaatdorlikka asoslangan hamkorlik yo’lga qo’yilmog’i kerak.
Madaniyatlararo integratsiya eng avvalo ma’naviy-axloqiy va ma’rifiy mezonlar,
umuminsoniy qadriyatlar o’lchovlari va tan olingan me’yorlar asosida qurilmog’i lozim.
Aks holda katta xalqlar ruhiyatida milliy xudbinlik, milliy kalondimog’lik, milliy
manmanlik va asta-sekinlik bilan dunyo madaniyatiga egalik qilish
illatlari xuruj qilib
qolishi mumkin. Bu ayni paytda o’zining ayrim salbiy jihatlarini namoyon etmoqda.
Xususan, hozirgi zamon tsivilizatsiyasi nuqtai nazaridan kichik xalqlar va davlatlarni
urush, qon to’kish yo’li bilan emas, asta-sekinlik bilan, bosqichma-bosqich milliy
o’zligidan ayirish, milliy an’analariga va urf-odatlariga zarba berib, ularning tarixiy
ildizlarini qirqish tendentsiyasi ustuvorlik qilayotir. Bunga jahon axborot bozori tobora
kengayishda davom etayotganligi, xususan Internet tizimi rivojlanib borayotganligi, bir
jihatdan, hozirgi zamon tsivilizatsiyasining nodir va mo’’jizakor yutug’i bo’lsa-da,
ikkinchi
tomondan, buzg’unchi g’oyalar, tajovuzkor mafkuralar osonlik bilan kirib
kelishiga yo’l ochib berayotgan, o’z tarixi va madaniyatiga ega bo’lgan xalqlar va
millatlar fikrini chalg’itayotgan qudratli vositaga aylanib bormoqda.
Ayrim mamlakatlarda faoliyat ko’rsatayotgan nodavlat tashkilotlar o’z nizom va
dasturi doirasidan chiqib ketib, jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan ishlar
bilan shug’ullanayotgani, fuqarolar fikrini chalg’itib, barqaror
turmush tarziga raxna
solayotgani ma’lum bo’lib qolayapti. Bunday g’oyaviy qo’poruvchiliklarning oldini
olish uchun vaziyat mahalliy jamoat tashkilotlari, siyosiy partiyalar va harakatlar
faoliyatini jiddiy ravishda kuchaytirishni taqozo etmoqda. Ayni paytda O’zbekistonda
to’rtta siyosiy partiya, besh mingdan ortiq jamoat tashkiloti, “Kamolot” yoshlar
ijtimoiy harakati samarali faoliyat ko’rsatayotgani tufayli
mamlakatimizda bunday
salbiy oqibatlarga chek quyilayotir. Ular o’z nizomi va dasturida belgilangan
vazifalarini bajarishda mavjud tajribalarni boyitib, jamiyatda yakdillik va hamjihatlikni
ta’minlashda ishtirok etishayapti.
Mafkuralar qarama-qarshiligi xususida gapirar ekanmiz, turli madaniyatlar, urf-
odatlar, xususan, kiyinish, o’zaro muomala madaniyati va, ayniqsa, qo’shiqchilik
san’atining odamlar hissiyotiga tez ta’sir o’tkazish imkoniyatlarini jiddiy nazarda tutish
va nazorat qilish lozim. Chunki inson tabiatan qanchalik axloqli, tarbiyali bo’lmasin, u
93
engiltaklikka, engil yashashga, rohat-farog’atga moyil jonzot.
Chunki xuddi ana shu
moyillik fazilatlar rivojlanishidan ko’ra illatlar avj olishini engillashtiradi. O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov “Aslida, mening nazarimda, odamning qalbida
ikkita kuch - bunyodkorlik va vayronkorlik hamisha o’zaro kurashadi. Afsus bilan
ta’kidlash lozim: tarix tajribasi shundan dalolat beradiki, inson tabiatidagi insoniylikdan
ko’ra vahshiylik, ur-yiqit instinktlari, ya’ni xatti-harakatlarini qo’zg’atib yuborish
osonroq”
1
,
- deganida, jumladan, inson fenomenidagi ana shu illatlarini ham nazarda
tutgan edi. Demak, ushbu haqiqatdan kelib chiqib aytish mumkinki, Forobiy, Beruniy,
Shekspir, Navoiy, Gyote, Pushkin va Boburlarni tarbiyalab etkazishdan ko’ra Ben
Laden, Shomil Basaev va Tohir Yo’ldoshlarni etishtirish osonroq. Inson qonidagi
xudbinlik, manfaatparastlik, engil yashashga ishtiyoqmandlik, jonini koyitmasdan
farovon yashashga
ehtiyojning kattaligi, qanday g’oya va maqsad yo’lida bo’lmasin,
tekin keladigan boylikka tez sotilish imkonini beradi. Insonning ana shu fojiaviy
qismatidan kelib chiqib aytish mumkinki, har qanday erkin, demokratik jamiyatda inson
qanchalik ozod va hur yashamasin, u ma’naviy-axloqiy me’yorlar, qonun belgilab
bergan chegara doirasidagina ozod va daxlsiz bo’lishi mumkin. Bu bugungi dunyo
ma’rifatini, madaniyatini belgilaydigan ulkan qadriyatdir.