88
7-bob. AXBOROT ASRINING MAFKURASI. MILLIY MUSTAQILLIK
G’OYASI – O’ZBEKISTONDA AXBOROT–PSIXOLOGIK XAVFSIZLIKNING
ASOSI
1. Mafkura tushunchasiga talqinlar. Globallashuv davrida mafkuraning o’rni
va roli
Axborot sohasida kurash asosan mafkuraviy
shaklda amalga oshiriladi, chunki
axborot-psixologik xavfsizlikning markazida mafkura masalasi turadi. Shuning uchun
yangi
zamonda mafkuraning mazmuni, o’rni va ahamiyatini aniqlamasdan, axborot-
psixologik xavfsizlikni ta’minlab bo’lmasligini anglab olish o’rinli bo’lardi.
Ayrim olimlar axborot asrida mafkura tugaydi deb ta’kidlaganining o’zi bir
mafkuradir. Masalan, postindustrial jamiyati nazariyasining asoschisi Deniel Bell 1960
yilda “Mafkuraning intihosi” deb nomlangan kitobini chop etdi. Lekin turli mamlakatlar
xalqlari, umuman kishilik jamiyati ongli inson paydo bo’lganidan
beri mafkurasiz
yashamagan va yasholmaydi. Xamma gap mafkura so’ziga qanday ma’no bag’ishlashda
va undan qanday foydalanishda.
Mafkura tushunchasi atrofida mulohazalar ko’p. Turli davrlarda turli
donishmandlar, mutafakkirlar mafkura tushunchasini turlicha qabul qilgan va unga har
xil ta’rif berishgan. Ularni umumlashtirilgan holda quyidagicha tasniflash mumkin:
- ijtimoiy hayotda qadriyatlar, milliy xususiyatlar va tafakkur tarzining shakllanish
jarayoni;
- konkret ijtimoiy guruh yoki sinf uchun muhim bo’lgan g’oyalar tizimi;
- hukmron hokimiyat tizimini legitimlashtiradigan g’oyaviy qurol;
- ijtimoiy manfaatlarni o’zida ifoda etgan tafakkur shakli;
- ijtimoiy zaruriyat darajasidagi illyuziya;
- e’tiqodlar tizimini muvofiqlashtiruvchi g’oyaviy faoliyat va boshqalar.
Demak, mafkura mazmun-mohiyatiga ko’ra jamiyatda ma’lum bir maqsadni
ko’zlagan, jamoatchilikni
unga ishontiradigan, yo’naltiradigan, safarbar etadigan
g’oyalar tizimidir. Mafkura odamlar ongiga yo’naltirilgan so’zlar, ya’ni axborot uzatish
yordamida amalga oshiriladi. Ana shu maqsaddan kelib chiqib,
mafkura bir qator
jamoaviy vazifalarni bajaradi. Jumladan:
-
kognitativlik
(anglash) vazifasi. Bunda mafkura ijtimoiy guruhlar yoki ma’lum
bir aholi qatlami ongiga ta’sir etish yo’li bilan ilgari surilayotgan g’oya mazmunini,
mohiyatini va maqsadini anglashga da’vat etadi;
-