4. Individni oila, jamoa, ishlab chiqarish, jamiyat va davlat tomonidan
himoyalash shakllari
Individning axborot-psixologik himoyasi shu qadar murakkab ishki, bu borada
hammaning: oila, mahalla, ishlab chiqarish jamoasi, do’stlar davrasi, jamiyat va
davlatning kuch-g’ayratini birlashtirish zarur. Albatta, individning o’z-o’ziini himoya
qilishi ham katta rol o’ynashi lozim.
Axborotdan himoyaning ushbu har bir turida umumiy xususiyatlar, barcha
shakllarga to’g’ri keladigan jihatlar mavjud. Biroq muayyan bir tur uchun maxsus,
o’ziga xos xususiyatlar ham bor. Shuning uchun ham bu erda mazkur shakllarning biri
ikkinchisining to’liq o’rnini bosishi, o’zaro bir-birini almashtirishi mumkin emas.
Ushbu tizimda ularning har qaysi o’z o’rniga ega va o’zining mustaqil rolini o’ynaydi.
Oilada yot axborotdan o’zini himoya qilish nimani anglatadi? Bola tug’ilganidan
balog’at yoshiga etgunigacha oila sharoitida o’sib-ulg’ayadi. Bu ancha uzoq muddat
bo’lib, vaqti-vaqtida hovliga o’ynashga chiqishini hisobga olmaganda, bolalar
bog’chasiga borguniga qadar u doimo mazkur yagona axborot muhitida kun kechiradi.
83
Psixologlar bekorga bu davrni inson hayotining eng mas’uliyatli davri deb
hisoblamaydi. Hayotining dastlabki yillarida individ juda tez sur’atlarda bilim va
dunyoni bilish ko’nikmalarini egallab boradi. U ko’proq instinktiv darajada bo’lsa ham,
atrofdagi voqelikni o’rganadi. Biroq keyingi ilmiy yutuqlar, aniqrog’i Karl Yung ishlab
chiqqan arxetiplar ilmi nuqtai nazaridan qaraganda, bilishning qaysi darajasi, onglimi
yoki instinktiv daraja to’g’riroq va faolroq ekanligi hali noma’lum, deyish mumkin.
Oilada bola ilk qadamlarini qo’yadi, o’yinchoqlar o’ynay boshlaydi, dastlabki
teleko’rsatuvlarga tikiladi, qiziqarli rasmlarni tomosha qiladi, bo’yashga mo’ljallangan
albomlarga chizadi. Aynan shu tariqa u ilk bosqichda juda katta axborot hajmini o’ziga
singdirib, shaxs sifatida shakllanadi. Albatta, bunday shakllanish ommaviy axborot
vositasining ishtirokisiz yuz bermaydi, garchi bu hali Bi-bi-si yoki O’zbekiston
teleradiokompaniyalarning siyosiy eshittirish yoki ko’rsatuvlari bo’lmasa ham.
G’oyat muhim jihat shundan iboratki, individning umumiy ijtimoiy davraga
kirishish davri yakuniga etguniga qadar oila, bolalar bog’chasi, maktab va oliy o’quv
yurti bilan bir qatorda ko’cha ham unga etarlicha kuchli ta’sir ko’rsatadi, shuning uchun
u ommaviy axborot vositalarining bu muhitga oid ma’lumotlarini ham o’ziga, ayniqsa,
faollik bilan singdirib boradi. “Murakkab yosh” deb ataladigan davrda “ko’cha
axboroti” samaradorligi yuqori cho’qqisiga chiqadi.
Jamoa-qavm (mahalla) himoyasi ham individ uchun juda muhim hisoblanadi.
Jamoa boshqa sharoitlarda, masalan, o’rganish qiyin bo’lgan narsalarni – jamoachilik
tuyg’usini, o’zaro yordam va biri-birini qo’llab-quvvatlashni o’rgatadi. Bu hali hammasi
emas, boz ustiga – asosiysi ham emas. Individ mahallada oila sharoitida berilmaydigan
yoki berish imkoni bo’lmagan dastlabki bilimlarni, aniqroq aytganda – “hayot” deb
atalmish o’yinning xolis, ba’zida esa ayovsiz qoidalarini egallay boshlaydi. Ota-onalar
o’z farzandlarini ana shunday ayozli shamollar oqimidan asrashga intiladilar. Mahalla
va ko’cha individ o’zi uchun yangi, noma’lum dunyoni ocha borishiga yordam beradiki,
oilada o’qtirganlaridek, unda hamma narsa ham silliq va ko’ngildagidek emasligi ayon
bo’ladi. Shuning uchun mahalla va ko’cha ham insonning ustozlaridir.
Individning oila, bolalar bog’chasi, mahalla, maktab va oliy o’quv yurtidan keyingi
o’qituvchisi uning ishlab chiqarish jamoasidir. Maktab va oliy yurtidagi singari bu erda
ham rasmiy siyosat qo’shiladi, shaxsga nisbatan davlat va jamoatchilik nazorati, rag’bati
va jazosi namoyon bo’ladi. Inson ishlab chiqarish jamoasi bag’rida ancha uzoq davr,
butun etuk hayoti davomida, o’rta hisobda 20 yoshdan to pensiya yoshigacha,
ko’pincha hatto undan uzoqroq muddat bo’ladi. Mehnat jamoasi muhim va jiddiy
tarbiyachi hisoblanib, bu erda endi oilaga va mahallaga xos “kechirishlar” bo’lmaydi.
Bu erda o’zaro axborot almashuvi yuz beradi, individning olayotgan ma’lumotlarini
elakdan o’tkazadi. U hamkasblari tajribasida o’zi eshitgan xabarlarni, jumladan
ommaviy axborotni tanqidiy baholashni o’rganadi. Odatda, mehnat jamoasida barcha
yangiliklar qizg’in muhokama qilinib, ularga xolis baho beriladi, voqealarga qo’shib,
orttirib aytilgan, ishonchsiz, ochiqchasiga yolg’on jihatlar chiqitga chiqariladi. Jamoa
mavjud ommaviy axborotni tanqidiy baholagan holda, hamma narsani joy-joyiga
qo’yishga harakat qiladi.
Jamoaning beshinchi turi ijtimoiy himoya bo’lib, axborotlashuv davriga qadar u hal
qiluvchi ahamiyatga ega emasdi. Individning yot axborotdan davlat tomonidan
muhofaza qilinishi bosh masala edi. Lekin axborotlashgan zamon ustuvorliklarni keskin
o’zgartirib yubordi. Endilikda insonga yaqinroq bo’lgan va uni erkin dunyoga xos bosh
84
mezonlar – umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida himoya qila oladigan jamiyat,
jamoatchilik asosiy kuchga aylandi.
Axborotlashgan davr birinchi darajali bo’lmasa, o’z ahamiyatini saqlab qolmoqda.
Davlatsiz samarali himoya bo’lishi mumkin emas, chunki u jamiyatning birinchi
mudofaachisi hisoblanadi. Afsuski, ko’pgina mamlakatlarda salbiy ommaviy
axborotdan davlat muhofazasi - bu saytlarni taqiqlash, oliy o’quv yurtlari va
maktablarda nazorat qilish va o’z vatanigagina tegishli axborotni targ’ib etishdan iborat
bo’lib qolayotir. Davlatning tabiati unga fuqaro bilan so’zsiz ishonch qozongudek
masofada yaqinlashuvga doimiy, uzluksiz yo’l qo’ymaydi. Bunday masofaga erishish
har bir mamlakat uchun nihoyatda muhim vazifa deb hisoblaymiz. Bu masofani jamiyat
tashkillashtirishi mumkin. Modomiki davlat eng avvalo kuch sanalar ekan, bu erda
o’zaro ishonch bo’lishi lozim va muhimroqdir. Bu ishonchni esa jamiyat hosil qiladi.
Individni xorijiy ommaviy kommunikatsiya vositalaridan himoya qilishning o’ziga
xos xususiyatlari nimalardan iborat? Bu erda asosiy xususiyat shundaki, ular o’zlari
bilmagan holda bizning milliy qadriyatlarimizni unutishga harakat qilishadi.
O’zbekistonliklar milliy qadriyatlar ikkinchi darajali hisoblanib, mavjud bo’lmagan
ilmiy kommunizm va KPSS tarixi qadriyatlari ilgari surilgan sobiq Ittifoq davrida buni
boshdan o’tkazgan edilar. Xalqaro OAV beadablarcha, lekin mohirona ish qilishadi.
Kishilarga yot bo’lgan axborotni shu tarzda etkazadilarki, odamlar unga ishonib qo’ya
qoladilar.
Bu o’rinda bir necha omillar xalqaro ommaviy axborot vositalari foydasiga
ishlaydi.
|