• Seminar uchun savollar
  • 6-bob. O’ZBEKISTON FUQAROSINING PSIXOLOGIK HIMOYASI VA O’Z-O’ZINI MUHOFAZA ETISHI
  • Takrorlash uchun savollar




    Download 1,7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet40/80
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,7 Mb.
    #229572
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   80
    Bog'liq
    F.Mo’minov, Sh.Barotov va boshq. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik. Darslik.

    Takrorlash uchun savollar 
    1. Globallashuv davrida davlatning mavqei o’zgarishi va uning yangi roli. 
    2. Axborot davrida shaxslararo, guruhlararo va ijtimoiy institutlararo axborot 
    almashuvining keskin ko’payishi. 
    3 Davlat mamlakatning axborot-psixologik xavfsizligini ta’minlovchi kuch sifatida. 
    4. Davlat, jamiyat va shaxsni axboriy-psixologik himoyalashning asosiy yo’nalishlari. 
    5. Axborot-psixologik xavfsizlikning ma’muriy-tashkiliy masalalari va huquqiy 
    asoslari. 
    6. Axborot-psixologik xavfsizlik sohasini kadrlar bilan ta’minlash. 
    7. Axborot-psixologik xavfsizlikning ilmiy va o’quv-uslubiy ta’minoti. 
    8. Milliy asli-nasliga o’xshashlik (identivlik) axborot-psixologik xavfsizlikning 
    yo’nalishi sifatida. 
    Seminar uchun savollar 
    1.
    Globallashuv davrida davlatning funktsiyalari o’zgarishi. 
    2.
    Davlat – mamlakatning axborot-psixologik xavfsizligini ta’minlovchi asosiy 
    kuch. 
    3.
    Davlat, jamiyat va shaxsning axborot-psixologik xavfsizligini ta’minlashning 
    asosiy yo’nalishlari. 
    4.
    Madaniyatlar divergentsiyasi va konvergentsiyasi. Milliy asli-nasliga 
    o’xshashlik axborot-psixologik himoya usuli sifatida. 
    6-bob. O’ZBEKISTON FUQAROSINING PSIXOLOGIK HIMOYASI VA 
    O’Z-O’ZINI MUHOFAZA ETISHI 


    74 
    1. Individning axborot-psixologik himoyalanganlik tushunchasi. Inson - 
    ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma’naviy tizimning asosi va bosh 
    bo’g’ini 
    Inson har qanday ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy va madaniy-ma’naviy tizimning 
    bosh bo’g’ini hisoblanadi. U faqat asosiy ishlab chiqaruvchi kuch bo’lib qolmasdan, shu 
    bilan birga axloqiy qadriyatlarning, yoki, umumlashtirib aytganda, o’z millati, jamiyati, 
    madaniyati, butun insoniyat madaniy kodining birdan-bir sohibidir. Tarkibida fan, 
    ishlab chiqarish, siyosat, madaniyat va boshqa sohalarda chinakamiga kuchli shaxslar 
    bo’lgan
    taqdirdagina jamiyat qudratga to’ladi. Ularni jamuljam qila bilgan va ularning 
    ijodiy hamda jismoniy imkoniyatlaridan to’g’ri foydalana olgan har qanday jamiyat 
    rivojlanish bobida yuksak darajalarga erishadi. 
    Individ shaxs sifatida axborot-psixologik ta’sirga nishon bo’ladigan yagona 
    ob’ektdir. Hamma gap shundaki, faqat ugina ijtimoiy ongga ega bo’lib, ta’sir aynan shu 
    ongga qaratiladi. Shuning uchun ham biz individni uning psixologik sifatlari va unga 
    ko’rsatiladigan axborot ta’siri nuqtai nazaridan uchta asosiy mazmunda ko’rib chiqsak, 
    to’g’ri bo’ladi: birinchidan, u maqsadli yo’naltirilgan axborot-psixologik ta’sirga duchor 
    qilinadigan bosh ob’ekt hisoblanadi; ikkinchidan, ayni bir paytda u ijtimoiy axborot 
    bobida birdan-bir ishlab chiqaruvchidir; uchinchidan, u axborot tajovuzidan davlat va 
    jamiyat tomonidan himoya qilinishga muhtoj sub’ektdir. 
    Birinchi toifaga mansub odamlar (shunday ma’lumotlarning iste’molchilari) har bir 
    jamiyatda ko’pchilikni, ikkinchi toifa odamlar (ya’ni ommaviy axborotni ishlab 
    chiqaruvchilar) esa kamchilikni tashkil qiladi. Ushbu muammoni ravshanroq tassavvur 
    qilishimiz uchun shu ikki toifaga doir qisqacha tushuntirish berib, ularni ajratib 
    ko’rsatish zarur bo’ladi. 
    Ommaviy axborotni ishlab chiqaruvchilar sirasiga o’z mamlakati va xorijiy 
    mamlakatlar jamoatchiligini ommaviy axborot bilan ta’minlab turuvchilar: muayyan 
    jamiyatning rahbar doiralari, deputatlar, jurnalistlar, o’qituvchilar va boshqalar kiradi. 
    Qolgan barcha odamlar ommaviy axborotni qabul qiluvchilar hisoblanadi.
    Bu hali gapning hammasi emas. Shuni ham ta’kidlash lozimki, ommaviy axborotni 
    o’z auditoriyasiga etkazish bilan kasbiy jihatdan shug’ullanadiganlarning kattagina 
    qismi (jurnalistlar, o’qituvchilar) o’zlari axborotni turli manbalardan olib, qayta ishlab, 
    shundan keyingina boshqalarga yoyadilar. Hech kimga qaram bo’lmay, faqat bevosita 
    ishlab chiqaruvchigagina bog’liq bo’lgan, professional jihatdan yuksak darajadagi 
    dastlabki axborotni tayyorlash bilan har bir jamiyatda kamsonli kishilar davrasi 
    shug’ullanadi. Bunday insonlarga o’zga axborot bilan ta’sir ko’rsatish qiyin, chunki o’z 
    bilimlari, kasblari va egallab turgan lavozimlari tufayli ular kuchli ijtimoiy immunitetga 
    ega bo’lib, boshqa axborot manbalaridan keladigan ma’lumotlar ta’siriga deyarli 
    berilmaydilar. 
    Demakki, har qanday davlat fuqarolarining aksariyat ko’pchiligi asosan axborotni 
    iste’mol qiluvchilardir. Shu tariqa uchinchi va asosiy muammo – individni 
    axborot-psixologik muhofaza qilish zaruriyati kelib chiqadi. Birorta jamiyat o’z 
    a’zolariga ommaviy axborot manbalarining, buning ustiga nafaqat xorijiy, balki o’z 
    vatani axborot vositalarining ta’sirini e’tibordan chetda qoldira olmaydi. Shu bois 
    davlat faqat axborot-psixologik ta’sir ko’rsatiladigan ob’ekt bo’libgina qolmasdan, ayni 
    bir paytda o’z fuqarolarini ularga yot axboriy ta’sirdan himoyalash tashkilotchisi 
    hamdir. 


    75 
    Insonning psixologik holati uning dunyoqarashiga, g’oyalari, dini, e’tiqodi, 
    jamoaviy va javobgarlik tuyg’usi, moddiy ahvoli, ehtiyojlarini qondirishi va boshqa 
    jihatlarga bevosita bog’liq. U qanchalik bilimdon bo’lsa, ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot 
    qonuniyatlarini shunchalik yaxshi tushunadi va har qanday tasodifiy, ishonchsiz 
    axborotlarga qarshi shunchalik puxta qurollangandir. Bilim inson dunyoqarashining va 
    ma’naviy-psixologik ahvolining asosi hisoblanadi. 
    Oilada va do’stlar davrasida, maktabda va oliy o’quv yurtida, mahalla va ishlab 
    chiqarish jamoasida olinadigan bilim negizida individda o’zi va yaqin odamlari inson 
    hurmati 
    joyiga 
    qo’yiladigan, fazilatlari munosib baholanadigan jamiyatda 
    yashayotganliklari to’g’risida muayyan g’oyalar, imon, e’tiqod tarbiya topadi. 
    Asta-sekin ular individ uchun g’oyat ahamiyatli qoidalarga aylanib, uning hayotiy 
    qadriyatlari tizimini shakllantiradi.
    Shaxs sifatida O’zbekistonda kamol topadigan yosh kishi bolaligidanoq jamoaviy 
    psixologiyani chuqur his qilib va xashar, birgalikda o’tkaziladigan boshqa har xil 
    tadbirlar, bayramlar hamda ommaviy marosimlarni yuksak qadrlaydigan bo’lib o’sadi. 
    Bunday tadbirlarda shaxsan ishtirok etish bilan u qilmishlari uchun o’zi yashayotgan 
    jamiyat, oila, mahalla yoki mehnat jamoasi oldidagi mas’uliyatini chuqur anglaydigan 
    bo’lib voyaga etadi. Bunday hayotiy kayfiyat, bunday psixologiya o’zbekistonliklarni 
    boshqa mamalakatlar aholisidan ma’lum darajada farqlab turuvchi tengsiz qadriyat 
    hisoblanadi. Shu boisdan bu xildagi an’analarni qo’llab-quvvatlash hamda rivojlantirish 
    jamiyatimiz va davlatimizning muhim vazifasidir.
    Axborotlashuv davri individining axborot-ma’naviy mustaqilligi xususida 
    quyidagilarni aytish mumkin. Har qaysi zamon turli mamlakatlar xalqlarining odatiy 
    hayotiga ma’lum o’zgartishlar kiritish davri bo’lib kelgan. Biroq ularning hech biri bu 
    borada axborotlashuv davridek katta yutuqqa erisha olmadi. Barcha davlatlar aholisi 
    boshiga turli-tuman axborot oqimlari yopirildiki, ularning ko’plari esankirab qoldilar va 
    hozir ham kimga va nimaga ishonishlarini bilolmay hayrondirlar. Shuning uchun turli 
    mamlakatlarning fuqarolari axborotni tanlash va baholashda mustaqillik saqlashga, 
    bunda aniq siyosiy ko’rsatmalardan va kimlarningdir taklifi bilan ish ko’ruvchi 
    ommaviy kommunikatsiya vositalaridan xoli bo’lishga intilmoqdalar. Axborot 
    texnologiyalariga va katta miqdorda turli-tuman axborotga ega bo’lish ularga bu borada 
    muvaffaqiyatli ish olib borishga imkon beradi. 
    Albatta, shaxs axborotni tanlash, qayta ishlash, iste’mol qilish va yoyishda 
    mustaqil bo’lmog’i lozimki, bu insonning tamal huquqlaridan biridir. Biroq uning 
    bunday erkinligi boshqalarga xalal bermasligi yoki zarar etkazmasligi kerak. Masalan, 
    biror xabarni Internetda joylashtirish manbaning birdaniga juda keng jamoatchilik 
    oldiga chiqishini bildiradi. Shuning uchun ham u qilayotgan ishini yaxshi anglashi, 
    boshqalarga etkazayotgan ma’lumotlari uchun javob berishi kerak. Davlat, undan ham 
    ko’proq darajada jamiyat har bir fuqaroda shunday mas’uliyatni tarbiyalashi darkor. 
    Axborotni ishlab chiqish va iste’mol qilish shaxs erkinligining muhim shartlaridan 
    biridir, lekin bu borada ham me’yor tuyg’usi, o’z ishlari uchun mas’uliyat hissi bo’lishi 
    lozim. Xullas, axborot asriga nisbatan shuni aytish kerakki, shaxsning axborot ishlab 
    chiqishdagi erkinligi bunga oid mas’uliyati bilan uyg’unlashgan bo’lishi juda muhimdir.
    Individning ommaviy axborot bilan ishlashidagi mustaqillik masalasida ham 
    to’xtalib o’tish to’g’ri bo’ladi. Ma’lumotlarni iste’mol qilish va yoyishni davom 
    ettirishda individlar erkin bo’lib qolganliklari shubhasizdir, chunki endilikda ular bu 
    borada davlatga qaram emasdirlar. Ilgari davlat o’z xususiyati va xolislik darajasidan 


    76 
    kelib chiqib hamda me’yor va joizlik chegarasiga rioya qilgan holda, axborotni o’zi 
    ishlab chiqar va taqsimlar edi. “Erkinlik texnologiyalari” deb nomlangan axborot 
    texnologiyalari milliy davlat imkoniyatlaridan ustun chiqqaniga qadar shunday davom 
    etib keldi.
    Insonlarning axborot iste’mol qilish va ishlab chiqish bobidagi mustaqilligi keskin 
    oshdi. Bu esa ko’plarning boshini aylantirib qo’ydi. Hamma o’zini Internetga urdi. 
    Pornografiya, jinoyatchilik, odobsizlik, latifalar, mish-mishlardan iborat keraksiz, 
    zararli axborotga ega juda ko’plab saytlar paydo bo’ldi. Bunday ma’lumotlarning asosiy 
    qismi “sariq“ axborotga kiradi. Biroq ommaviy auditoriya uni, ayniqsa, qiziqib o’qiydi. 
    Bunday engil-elpi, sharmandali “yangiliklar” jamiyatni bosib ketmasligi uchun davlat 
    va jamiyat zarur chora-tadbirlarni ko’rishi lozim. 
    Axborotni tanlash va u bilan ishlash salbiy yoki ijobiy oqibatlarga olib kelishi 
    mumkin bo’lgan jarayondir. Bir tomondan, individ mustaqil bo’lishi lozim. Lekin, 
    ikkinchi tomondan, u o’zining ma’naviy negizlariga putur etkazisha oladigan yot 
    ta’sirdan himoyalanish dasturiga ega bo’lishi darkor. Individ axborotning soxtaligini o’z 
    vaqtida payqamasligi ehtimol, sababiki bunday axborot, odatda, “yaltiroq qog’ozga 
    yaxshilab o’ralgan” bo’ladi. Oqibatda insonning axborotdan foydalanishdagi erkinligi 
    aks samara beradiki, bu individning o’zini ham bunday mustaqillikdan muhofaza qilish 
    zarurligini ko’rsatadi. Oddiy fuqaro, odatda, axborotni iste’mol qilishga tayyorlanmagan 
    bo’lib, yoppasiga hamma narsaga, shu jumladan, yolg’on-yashiq va bo’hton gaplarga 
    ham ishonaveradi. Hech kimga sir emaski, bugungi kunda axborot bobida 
    aldam-qaldam texnologiyalari g’oyatda ko’p bo’lib, ular yuksak darajada 
    mukammallashtirilgandir. Davlatning muayyan axborot siyosatidan mustaqil bo’lish 
    xorijiy ommaviy axborot kommunikatsiyalarining axborot ta’siri o’tkazish bobidagi 
    ustamon siyosatiga qullikka o’sib o’tmasligi kerak. 
    Uch jildlik “Axborot asri” asarining muallifi, Janubiy Karolina universiteti 
    professori Manuel Kastels shunday yozadi: “Bugungi kunda er yuzida Internetdan 
    foydalanuvchilar bir milliarddan ko’proqni tashkil qiladi va ikki milliardga yaqin mobil 
    telefon mavjud. Joriy (2006) yilning may oyigacha holatda 37 million blog bo’lib, 
    dunyoda har sekundda yana yangi bir blog, ya’ni yiliga 30 million blog yaratiladi... 
    Shunday qilib, kommunikatsiyaning yangi, ommaviy bo’lsa ham bir kishi tomonidan 
    ishlab chiqariladigan, olinadigan va qabul qilinadigan ijtimoiy shakli vujudga keldi”
    1

    Shundan ko’rinib turibdiki, keyingi yillarda shaxsiy saytlar soni mislsiz darajada 
    oshdi. Bugungi kunda xohlagan har bir kishi o’z saytini ocha oladi. Bu jarayonni 
    to’xtatib bo’lmaydi. Hozirgi paytda “bloggerlar Internetni to’ldirib yuborishdi” degan 
    gapni tez-tez eshitish mumkin. 
    Ayni bir paytda shaxsiy saytlarda ijodiy mas’uliyatsizlik chegarasidagi “o’ta erkin” 
    axborot aks etganligiga shubha yo’q. Aslida, bu foydalanuvchilarning keng davrasiga 
    qiziqarli bo’lmagan shaxsiy mazmundagi axborotdan iborat. Ular, albatta, ko’p jihatdan 
    tekshirilmagan va ishonchsiz ekanligi to’g’risida gapirmasak ham bo’ladi. Bugungi 
    kunda ko’pchilik ko’ngliga kelgan narsani yozish va global tarmoqda joylashtirish bilan 
    ovora.
    An’anaviy jurnalistika sohalari bo’lgan gazeta va jurnallarga, televidenie va radio 
    efiriga yo’l topish, shubhasiz, mushkulroq. Bu erda axborot mazmuni tez-tez tekshirilib 
    yoki hech bo’lmaganda yo’naltirib turiladi. Bundan tashqari Internetda axborot 
    1
    Кастелс М. Новые индивидуальные масс-медиа // “Свободная мысль”. 2006. №35. – Б. 62. 


    77 
    joylashtirish bilan kishi birdaniga jahon maydoniga chiqadi. Tabiiyki, bu odamlarni 
    yo’ldan uradi. Ko’pgina kishilar o’zlarini vatandoshlarimizga va hatto jahon 
    jamoatchiligining keng davrasiga aytadigan gapimiz bor, deb hisoblaydilar. Biroq 
    Internetdan foydalanuvchilarga faqat aniq va ishonchli faktlarni taqdim etish naqadar 
    murakkab va mas’uliyatli ish ekanligi tushunarlidir. 

    Download 1,7 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   80




    Download 1,7 Mb.
    Pdf ko'rish